Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Paxta-nitron matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
3.2. Paxta-nitron matolarni bo’yash va gul bosishga tayyorlash
texnologiyasi Yangi assortimentlarni yaratish asosan tolalar aralashmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda kelib chiqishi, fizik-mexanikaviy va kimyoviy xossalari bo`yicha bir-biridan keskin farqlanadigan tolalardan aralashma mahsulot komponentlari sifatida foydalanish o`ta talabchan xaridorni ham qoniqtirishi mumkin, lekin bunday aralashmani pardozlash jarayoni murakkab hisoblanadi. Tarkibida tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmasi bo`lgan assortimentli mahsulotlar o`ziga xos pardozlash jarayonlarini talab etadi. Hozirgi kunda bunday aralashmani bo`yash va gul bosishga tayyorlashning optimal sharoitlarini yaratish muhim vazifa hisoblanadi. Dunyo tajribasida to`qimachilik mahsulotlarini aralash tolalardan tayyorlashda quyidagi tarkiblar keng qo`llaniladi: Paxta-lavsan, Paxta-viskoza, paxta-poliakrilonitril, jun-poliakrilonitril, Paxta-kapron, lavsan-zig`ir tola, jun-lavsan, jun-kapron, lavsan-paxta. Respublikamizda poliakrilonitril - nitron tolasini ishlab chiqarilishi, hamda undan ratsional foydalanish davlatimizning ustivor vazifalaridan biridir. Nitron tolasini ishlatilish sohasini kengaytirish maqsadida uni modifikatsiyalash va boshqa tolalar bilan aralashma mahsulotlarning komponenti sifatida foydalanish vazifani yechimi yo`llaridan biridir. O`zbekiston Paxta va tabiiy ipak tolalarini ishlab chiqaruvchi davlatlar qatorida turadi. Bu tolalardan olinadigan mahsulotlarning sifatlarini
53 yaxshilash, hamda xizmat qilish muddatini cho`zish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Tabiiy ipak chiqindilarini chet elga eksport qilishdan uni Respublika to`qimachilik sanoatida qo`llash orqali xaridorgirligini oshirishga, hamda undan foydalanish sohasini kengaytirishga erishiladi. Nitron tolasini tabiiy ipak chiqindilari eritmasi bilan modifikatsiyalash orqali tolaning gigroskopligi, elastikligi, sorbsion xossalari yaxshilanadi, elektrlanishi kamayadi. Tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasini nafaqat kation bo`yovchi moddalari bilan, balki bir qator anion bo`yovchi moddalar bilan bo`yash imkoniyati paydo bo`ladi. Bu esa o`z navbatida bunday toladan Paxta tolasi bilan birgalikda aralashma mahsulot ishlab chiqarishda qo`llash imkonini beradi[36]. Paxta-nitron tolalari aralashmasidan iborat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni bo`yash va gul bosishga tayyorlash, bo`yash hamda gul bosish jarayonlarini o`rganishga ko`pgina ishlar bag`ishlangan bo`lib, bu ishlarda aralashma mahsulotlarni bo`yash uchun bo`yovchi aralashmasi va bir sinfga mansub bo`yovchi modda taklif etilgan. Mazkur magistrlik ilmiy ishida nitron xususiyatini tabiiy tolanikiga yaqinlashtirish maqsadida tola tabiiy ipak chiqindisi eritmasi bilan modifikatsiyalandi va uning ishlatilish sohasini kengaytirish yo`lida modifikatsiyalangan nitron tolasi bilan paxta aralashmasidan yangi turdagi assortimentlar yaratilib, ularni pardozlash muammolari o`rganildi. Paxta tolasini bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchli ishqoriy sharoitda olib boriladi. Lekin bu sharoitda nitron tolasi destruktsiyaga uchraydi va uning modifikatori tabiiy ipak ham yuqori haroratda, ishqoriy sharoitda erib ketadi. Shunga ko`ra, Paxta va modifikatsiyalangan nitron tolalari aralashmasidan iborat yangi assortimentdagi mato namunalarini bo`yash va gul bosishga tayyorlash kuchsiz ishqoriy va kislotali muhitda olib borildi. Oqartirish jarayonida vodorod pereoksidning stablizatori sifatida arzon, ekologik toza, kam silikatli stablizator ishlatildi. Aralashma
54 tarkibidagi har bir komponentni kimyoviy reagentlarga bo`lgan ta`sirini o`rganish maqsadida tajribalarni birinchi bosqichi quyidagi kalavalar ustida olib borildi: - tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasi; - Paxta + modifikatsiyalangan nitron; - Paxta+nitron - ipak;
- Paxta; - nitron. Nitron tolasi modifikatori tabiiy ipakni, aralashmani bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayonidan so`ng, saqlanib qolganligini aniqlash maqsadida barcha kalava namunalari azot kislotasi eritmasiga solindi. Olingan natijalar 3.1- jadvalda keltirilgan. Jadval 3.1. Azot kislotasi eritmasini tola rang intensivligiga ta`siri Namunalar Rang intensivligi, K/S Modifikatsiyalangan nitron 2 Paxta / modifikatsiyalangan nitron 1,7 Paxta+nitron 0 Ipak
15 Paxta
0 Nitron
0
Jadvaldagi ma`lumotlardan ko`rinishicha nitron tolasi 0,5% li tabiiy ipak chiqindisi (TICH) eritmasi bilan modifikatsiyalanganda ham tolaning rang intensivligi o`zgarar ekan. Aralashma mahsulot tarkibida Paxta tolasini borligi hamda asosiy yog` va yog` birikmalari, azot moddalar, tabiiy rang pigmentlari Paxta tolasida bo`lishini inobatga olib aralashmani bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayonini ip-gazlamalarni shu jarayonlarga tayyorlash kabi olib
55 borish maqsadga muvofiq keladi. Shu bilan birga ma`lumki, ishqor eritmasida (3-5% li) tabiiy ipak erib ketadi. Modifikatsiyalangan nitron tolasi tarkibidagi tabiiy ipakni ishqor ta`sirida aralashma tarkibida saqlanib qolishini tekshirish maqsadida nitron, TICh bilan modifikatsiyalangan nitron, hamda tabiiy ipak tolalari 3 % li NaOH eritmasida qaynatildi va eritmaga qo`rg`oshin atsetat solindi. Bunda tabiiy ipak NaOH ta`sirida darhol erib ketdi va qo`rg`oshin atsetat solingach oq cho`kmalar hosil bo`ldi. Nitron tolasi sarg`ayib ketdi (K/S=18) va cho`kma hosil bo`lmadi. Modifikatsiyalangan nitron tolasining rangi yanada intensivroq (K/S=36) bo`lib, bunda qo`rg`oshin atsetat solingach eritmada cho`kma hosil bo`lmadi. Demak, bundan nitron tolasi TICh bilan modifikatsiyalanganda oqsil va nitron orasida mustahkam kimyoviy bog`lar vujudga kelishi mumkin degan xulosaga kelish mumkin. Ma`lumki yigirish jarayonida hamda mato va trikotaj polotnolarini tayyorlashda iplarga ohorlovchi moddalar surtiladi. Pardozlashda esa ohorsizlantirish jarayoni olib boriladi. Ohorsizlantirish jarayoni ishqoriy va kislotali muhitlarda olib borilishi mumkin. Ishqoriy muhitda nitron va modifikatsiyalangan nitron tolasini sarg`ayib ketishini inobatga olgan holda namunalar kislotali sharoitda ohorsizlantiriladi. To`qimachilik mahsulotlarini oqartirish uchun vodorod peroksiddan keng foydalaniladi. Vodorod pereoksid bilan ishqoriy va kislotali muhitlarda oqartirish jarayonni olib borish mumkin, yuqorida keltirilgan mulohazalar asosida oqartirish jarayoni kislotali muhitda olib borildi. Mahsulotlarni bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayoni uch yo`l bilan, ya`ni faqat ohorsizlantirish, faqat oqartirish, oldin ohorsizlantirish so`ng oqartirish ketma-ketligida olib borildi.[46] Qaynatish-oqartirish jarayonlari bir vannada olib boriladi. Ma`lumki, bo`yash va gul bosishga tayyorlash jarayonlarining sifati
kapillyarlik, oqlik
darajasi va
uzilishdagi mustahkamligi orqali baholanadi. Olingan natijalar natijalar shuni ko`rsatadiki, ya`ni to`qimachilik mahsulotlarini kislotali usullarda tajribalar
56 olib borilganda yetarli miqdordagi oqlik darajasiga erishildi. Yuqoridagi tajribalarning natijalari 3.2 — jadvalda keltirilgan.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling