Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
texnologiyasini yaratish
Ma’lumki, paxta tolasi o’rtacha 95 % sellyuloza va 5 % turli tabiiy yo’ldosh moddalaridan tashkil topgan, undan tashqari matoni tayyorlash davomida mexanik texnologiya jarayonlarini osonlashtirish maqsadida iplarni yigirishda moylovchi moddalar bilan ishlov beriladi va mato to’qishdan oldin tanda iplari oxorlanadi. Shunday qilib, qaynatishdan maqsad matoni chiqindilardan tozalash va unga kapillyarlik berishdir. Aralashma matolarga pardoz berish texnologiyasini yaratish sharoitini tanlashda kimyoviy moddalarga eng ta’sirchan tashkil etuvchi xossalari nazarda tutiladi. Paxta va ipak aralashma matodagi ipak iplari ishqoriy ishlovlarga chidamsiz bo’lganligi sababli bunday agent sifatida natriy karbonat tanladik. Tajribalarda bo’yash va gul bosishga tayyorlash eritmasidagi soda konstentratsiyasini matoning kapillyarligiga ta’siri o’rganildi. Natriy karbonat miqdori quyidagicha tanlandi, g/l: 2, 6, 10, 14; SAM miqdori o’zgarmas 2 g/l, T =95 0 C, qaynatish vaqti 60 min tashkil etdi. Olingan natijalar 3.1-rasmda keltirildi. Kapillyarlik matoning tanda iplari yo’nalishida o’lchandi.
51
Izоh: b.m. –C= Na 2 CO 3 – 3g/l, 3.1– rаsm. Aralash tolalar kapilyarligining Na 2 CO3 konsentratsiyasiga bog’liqligi 1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron.
Olingan natijalarni tahlili asosida qaynatish eritmasidagi soda miqdorini 5 g/l qilib tanladik, chunki bunda o’rganilgan SAM li eritmalari ta’sirida yetarli darajadan ortiq kapillyarlikka erishildi. Keyingi tajribalarda o’zgarmas 5 g/l li soda olib, SAM (metaupon, sulfonol) konstentrastiyasini mato oqligiga ta’siri o’rganildi.
3.2-rasm. Namunalarning оqlik dаrаjаsining Na 2 CO 3 konsentratsiyasiga bog’liqligi 1 – pаxtа + nitrоn; 2 – Pаxtа; 3 – Pаxtа + ipak, 4- ipak+nitron. SAM konstentrastiyasi ortishi bilan mato kapillyarligi ham ortib bormoqda, lekin kapillyarlik me’yorini (h =130mm/soat) inobatga olib, hamda iqtisodiy nuqtai nazaridan ham SAM konstentrastiyasini oqlik darajasiga ta’siri bo’yicha ko’rinib turibdiki 79,8 % ni tashkil etdi.
52 Oq holatda yoki gul bosilgan holatda ishlab chiqariladigan aralashma matolarning oqlik darajasini oshirish tanlangan qaynatish eritmasi tarkibiga vodorod peroksid qo’shishni taklif etdik. Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, qaynatish eritmasidagi peroksid matoning kapillyarligi va oqligiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Vodorod peroksid konstentrastiyasini SAM eritma uchun 1,5 g/l deb tanladik, bunda matoning oqlik darajasi 83 % gacha ko’tarildi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling