Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Yakunlovchi pardozlash jarayonining bosqichlari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
3.4. Yakunlovchi pardozlash jarayonining bosqichlari
Tayyor mahsulotning uzoq muddat xizmat qilishi, ko’rkam va bejirim bo’lishi, o’z shaklini uzoq muddat saqlay olishi kabi sifatlarini ishlatiladigan to’qimachilik materiallarining xossalari belgilaydi, o’z navbatida to’qimachilik materiallarining sifati, tashqi ko’rinishi va xossalarini yakunlovchi pardozlash belgilaydi. Oxirgi pardozlash shunday texnologik jarayonlar yig’indisidan iboratki, unda to`qimachilik mahsulotlarning, sifatini yaxshilash uchun tashqi chiroyli tovar ko`rinishi berish, standartga mos en berish, istemolchini didini ta`minlash va boshqa ba`zi xususiyat berish kabi jarayonlar bajariladi. To`qimachilik mahsulotlari kerakli texnologik bosqichlardan o`tgandan keyin, oxirgi pardozlash jarayoniga o`tadi. Bu yerda to`qimachilik mahsulotlarini tayyorlash tugatilib rasmiylashtiriladi. Oxirgi pardozlash jarayonida matoga turli xususiyat (ipakdek tovlanish, yaltillash, yumshoq vors berish va h.k) berib, yaxshi fazilatlarga ega
bo`ladi.
Sellyuloza tolasidan tayyorlangan matoga kam
g’ijimlanadigan va suvga kirishmaydigan xususiyat beriladi. Sintetik
69 tolalarda tayyorlangan matolarni antistatik mahsulotlar bilan ishlov beriladi. To`qimachilik matolariga
oxirgi pardozlashda beriladigan xususiyatlarning ko`pligi sababli bajariladigan jarayonlar ikki guruhga bo`linadi: fizika-mexanikaviy va kimyoviy. Fizika-mexanikaviy jarayonga qirqish, pat berish, enni kengaytirish, dazmollash, presslash va boshqalar kiradi. Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlarni barchasini ikki xilga bo`lish mumkin: 1. Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari 2. Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga quyidagilar kiradi: 1. G’ijimlanishga qarshi pardoz 2. Kirishishga qarshi pardoz. 3. Olovga chidamlilik uchun pardoz 4. Suvni itaruvchi pardoz 5. Ifloslanishga qarshi pardoz va boshqalar. Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi appret deyiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling