Tadqiqot ob’yekti va predmetining belgilanishi: Ishning tadqiq obyekti tabiiy
va sintertik tola asosidagi aralash mato, bo’yovchi moddalar, quyultiruvchilar,
sirt faol moddalar hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsad. Nitron bilan paxta va nitron bilan ipak tolasidan
tayyorlangan aralash tolali matolarni bo`yash, gul bosish va yakunlovchi
pardozlash jarayonini o`rganish va takomillashtirishdаn ibоrаt.
Asosiy masalalar. Ishda quyidagi masalalar hal qilinadi:
- paxta va ipak chiqindilari bilan modifikatsiyalangan nitron tolasidan
tayyorlangan aralash tolali matolarni bo’yash jarayonlarini o’rganish va
takomillashtirish;
- aralash matolarni pardozlash jarayonida quyultiruvchilar ta’sirini o’rganish;
- nitron bilan paxta tolasi asosida aralash tolali matolarga gul bosish va
bo’yovchi moddalar ta’sirini oshirish;
- aralash matolarga gul bosish texnologiyasini tadqiq etish;
- yakunlovchi pardozlash texnologiyasini ishlab chiqarishga tadbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |