Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
1.2.2.Paxta va ipak tolali aralash matolarni bo’yash O`zbekiston ipak sanoatining rivojlanish yo`nalishi ipak matolarini, shu jumladan, xom ashyoning boshqa turlari qo`shilgan matolarni ishlab chiqishdir. Yangi mato arqoq ipi paxta ipidan, tandasi esa tabiiy ipak ipidan to`qilgan gazmoldir. Yangi gazmol o`z ichiga paxta tolasi va tabiiy ipakning ijobiy xususiyatlarini mujassamlashtirgan bo`lib, ko`rinishi shoyi xususiyatlariga ega va shu bilan birga shoyi to`qish texnologiyasini o`zgartirishni talab etmaydi.
33 Yangi mato tuzilishini loyihalashda unga gul tushirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki gul matoni to`qish jarayonida arqoqning bo`yalgan va bo`yalmagan qismlarini biri ustida ikkinchisini chiqarib to`qish yo`li bilan hosil qilinadi, shu bilan birga arqoq ipining bo`yalgan qismining rangi va uzunligi katta rol o`ynaydi. Arqoq ipida bo`yalgan qismlarning turlicha joylashganligi matoda turli – tuman rasmlar hosil qilish imkonini beradi, bunda xol – xol dog`chalardan boshlab to xonatlasni eslatadigan aniq gullar tushirish mumkin bo`ladi. Tushiriladigan gulni mo`ljallamoq uchun gul hosil bo`lish qonuniyatini, xususan, uning dastgohining zapravkalash o`lchamlari va arqoq ipi bo`yalgan qismlarining takrorlanish qadami kabi omillarni nazarda tutish zarur [11]. Matoning texnologik ko`rsatkichlarini va fizik
– mexanik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida paxta ipi bilan, ipak ipi birgalikda qo`llanilib, paxta – ipakli aralash to`qimalarining har xil namunalari olindi va bu namunalarning texnologik o`lchamlari, fizik – mexanik xususiyatlari tadqiqot qilindi. Olingan aralash Paxta-ipakli namunalari bir-biri bilan mashinaning tizimlarida eshilgan ipak ipi bilan Paxta iplarini taxlanishi bilan farqlanadi. Olingan natijalarni tahlilidan ma`lum bo`ldiki, ipak ipi bilan birgalikda qo`llanilishi, to`qima halqa iplarining uzunliklarini kamayishiga, gorizontal va vertikal zichliklarini oshishiga olib keladi. Gorizantal va vertikal zichliklarini oshishi matoning yuza zichliklarini kamayishiga sabab bo`ldi. Olingan to`qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini o`zaro
taqqoslab shuni ko`rish mumkinki, pishiqligi, cho`ziluvchanlikka bardoshliligi va yuza zichligi ko`rsatkichlari bilan to`qimalar bir-biridan farq qiladi. Olingan to`qimalardan tayyor mahsulot ishlab chiqarilganda uning havo o`tkazuvchanligi xususiyati ham katta ahamiyatga ega bo`ladi.
34 Olingan namunalarni uzilishga bo`lgan pishiqlik xususiyatlari AG-1 uzish mashinasida tadqiqotlandi. Matoning pishiq ekanligi ma`lum bo`ldi. Paxta-ipakli to`qimalarini ishlab chiqarishda tabiiy ipakdan foydalanish, to`qimaning texnologik o`lchamlarini yaxshilashga, fizik-mexanik xususiyatlarini oshishiga va matolarni qo`llanish xususiyatlarini yaxshilashga olib kelishi ma`lum bo`ldi. Shunday qilib, to’qimachilik mahsulotlarini tayyorlashda aralash tolalarni ishlatish ularning iste’mol sifatini yaxshilash bilan birga qator qiyinchiliklar kelib chiqishiga ham sabab bo’ladi. Chunki, turli sinfdagi tolalar kimyoviy reagentlar ta’siriga turlicha munosabatda bo’ladi, undan tashqari turli asosdagi tolalar har xil sinfga mansub bo’lgan bo’yovchi moddalar bilan bo’yaladi. Aralash tolali mahsulotlarni bir sinfga mansub bo’lgan bo’yovchi moddalar bilan bo’yash usullari ma’lum bo’lsada, aksariyat hollarda har ikkala tashkil etuvchilarda bir xil rang intensivligidagi ranglarni olish murakkab vazifa hisoblanadi. O’z navbatida, to’qimachilik mahsulotlarining sifati va eksplutatsion xossalarini ta’minlashda pardozlash jarayoni muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, pardozlash chog’ida paxta tolasi tarkibidagi sellyuloza o’z yo’ldoshlaridan xolis bo’ladi, kerakli oqlik yoki rang oladi. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan matolarni pardozlash jarayonida tolalarni olish jarayonida ishlatilgan yog’lovchi moddalardan, yigirish jarayonida foydalanilgan oxorlovchi moddalardan tozalanadi va bo’yaladi, yoki gul bosish natijasida rang-baranglikka erishadi. Ko’rib turganimizdek, pardozlash jarayonida har bir mato tarkibiga kiruvchi tola o’ziga xos ishlov oladi. Olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar asosida ip-gazlama tarkibiga kimyoviy tolalar qo’shib yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish orqali, paxta tolali mahsulotlar sifatini yaxshilash mumkin ekanligi isbotlangan. Aralash tolali mato komponentlaridan birini VVM dan tayyorlash orqali mahsulotning tashqi ko’rinishini, yumshoqligi va jilokorligini,
35 gigiyenik xossalarini yaxshilashga erishiladi. Aralash tolalarni ishlatishdan maqsad - ishlab chiqariladigan mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish, ular sifatini yaxshilash hamda tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga almashtirish muammolarini hal etish, ya’ni, tanqis bo’lmish tabiiy tolalar o’rnida kimyoviy tolalarni ishlatishdan iboratdir. Chunki, aralash tolalarni ishlatish bilan ko’pincha nafaqat qimmatbaho tabiiy tolali xom ashyo sarfini kamaytirishga erishiladi, balki ularning komfortli va amalda ishlatishning qulay bo’lishligiga erishiladi. Tolalarning turlari va ularning aralashmadagi nisbatiga ko’ra, har bir alohida olingan holat uchun turli xildagi tolalar arashmasi asosidagi gazlamalarni (polotno) tayyorlash usuli va sharoiti tanlanadi. Tayyorlash sharoiti shunday tanlanishi lozimki, bunda kimyoviy ishlov berganda so’ng aralashmadan yog’ va yog’lovchi birikmalar, ifloslantiruvchi moddalar va boshqalardan tolalarni shikastlantirmay va sifatini buzmay, maksimum tozalash imkoni berilsin. Odatda, aralash tolalar asosidagi mahsulotlarni tayyorlash uchun maxsus jihozlar ishlatilmaydi, balki shu assortiment mahsulotlari uchun qo’llaniladigan jihozlardan, ayrim hollarda birlashtirilgan texnik jarayonlardan foydalaniladi. Aralash tolali matolarni keng miqyosda ishlatilishi ularni pardozlashga tayyorlashning maxsus usullarnini ishlab chiqarishni taqozo etadi. Tabiiy va kimyoviy tolalar aralashmalaridan ip tayyorlab, undan gazlama, trikotaj matolarini va trikotaj tayyor mahsulotlarini olish mahsulot assortimentini kengaytirishni muhim yo’li hisoblanadi. Shu yo’l bilan mahalliy tolali xom-ashyodan foydalanib import o’rnini bosadigan mato va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati tug’iladi. Ayniqsa, bu aralashma bolalar trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda qo’l keladi, chunki o’zida paxtaning gigiyenik xossalarini saqlagan holda nitron tolasini yumshoqligi, issiqlikni kam o’tkazuvchanligi va ayniqsa mustahkamligi hisobiga bu
36 mahsulotlarning sifati yuqori va eksplutatsiya qilish davri toza paxtadan tayyorlangan shunday mahsulotdan 2-3 barovar uzun bo’ladi. Gazlama va trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda paxta tolasining PEF, viskoza, PA va PAN tolalari bilan aralashmasi; jun tolasining PA, PAN va paxta tolalari bilan aralashmasi; tabiiy ipakning PA, di- va triatsetat, PEF, paxta tolalar bilan aralashmasidan foydalanilishi ma’lum. Tolalar aralashmasidan mahsulot tayyorlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud: - har bir toladan ip alohida tayyorlanib tanda va arqoq ipi sifatida foydalaniladi; - turli tolalardan tayyorlangan lentalardan ip olinib, tanda va arqoq ipi sifatida foydalaniladi; - tolalarni kerakli nisbatdagi aralashmasidan ip olinib, tanda va arqoq iplari sifatida foydalaniladi. Alohida tolalar ipidan foydalanilganda, ularni bo’yalgan tolalardan olish mumkin (melanj effekt) yoki ularni pardozlash mumkin. Har bir tola uchun o’ziga xos pardozlash sharoiti ishlab chiqilgani uchun bunday usulda tayyor mahsulot olish qiyinchilik tug’dirmaydi. Ammo tolalar aralashmasidan olingan ipdan va alohida tolalar ipidan tayyorlangan mahsulotlarni pardozlash murakkab bo’lib, unda aralashmadagi tolalar xossalarini hisobga olgan holda pardozlash jarayonini ishlab chiqish talab etiladi. Keyingi paytlarda tolalar aralashmasidan mahsulot tayyorlash ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishning unumli usuliga aylanib qoldi [4]. Matolarni bo’yashga tayyorlovchi pardozlashni kimyoviy jarayonlariga oxirdan tozalash, qaynatish-bug’lash va oqartirish jarayonlari kiradi. Paxta tolasidan tayyorlangan matolarni bo’yashga va gul bosishga tayyorlashda oksidlovchi va qaytaruvchilardan keng foydalaniladi. Ularga misol qilib, vodorod peroksid (H 2 O
), gipoxlorit kislota (HClO) tuzlari, xlorit
kislotasi (HClO
2 ),
natriy bisulfit (NaHSO 3
rongalit (NaHCO
2 CH 2 O 2 H 2 O) va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Texnologiyada qabul qilingan ishlov berish sharoitida bu oksidlovchi va qaytaruvchilar
37 sellyulozaga aytarli ta’sir ko’rsatmaydilar. Ammo ishlov berish sharoiti buzilsa, ya’ni eritmalar kontsentratsiyasi oshsa, harorat yoki vaqt belgilangan me’yoridan oshib ketishiga yo’l qo’yilsa, sellyulozadagi chuqur o’zgarishlar uning destruktsiyaga uchrashiga olib keladi. Natijada mato mustahkamligi keskin pasayadi. [5].
Alohida tolalardan tayyorlangan matolarni tayyorlash jarayonlariga yetarlicha e’tibor berilgan [6-9]. Ammo, ishlab chiqilgan jarayon sharoitlarini aralash tolali materiallar pardoziga qo’llashni imkoni yo’q, chunki texnologiyadan nafaqat aralashmadagi tolalar tabiati, xususiyatlarini inobatga olishni, balki tolalar nisbatini ham hisobga olish talab qilinadi [10].
oson deformatsiyalanib, buklanish izlari mahkamlanib qolish xavfi borligi uchun bunday matolarni pardozlashda faqat yoyilgan holatda matoga ishlov beruvchi jihozlardan foydalanish zarur. Ip-gazlama matosini bo’yashga va gul bosishga tayyorlashda qaynatish eritmasi tarkibining ahamiyati katta. Sellyuloza yo’ldoshlarini erishini 20-30% ga oshirish uchun, masalan, mualliflar [11,12] qaynatish eritmasi tarkibiga mochevina va natriy bisulfit tuzini qo’shishni taklif etganlar. Bunday takliflar qatoriga sirt aktiv moddalar, qaytaruvchilar va kompleks hosil qiluvchilarni qo’shish ham kiradi [13]. Qaynatish eritmasiga kiritiladigan qo’shimchalarning vazifasi matoning ho’llanish darajasini oshirish, eritmaning emulsiya hosil qilish qobiliyatini oshirish va matoni hosil bo’lgan iflosliklardan yuvilishini tezlatishdan iborat. Paxta va nitron tolalari aralashmasidan tayyorlangan matolarni pardozlash jarayonlari ishqoriy, kislotali va oksidlovchili muhitlarda amalga oshirilishini hisobga olsak, nitron tolasiga bu muhitlar ta’sirini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqligi, muhim ekanligi o’z tasdig’ini topadi. PAN ishqor eritmasi ta’sirida gidrolizga uchraydi, bu jarayonni qanchalik chuqur bo’lganiga qarab hatto suvda butunlay erib ketadigan holatgacha erishish mumkin. Bu jarayon davomida polimer
38 (sopolimer) funksional guruhlarida kechayotgan o’zgarishlarni o’rganishga bir necha izlanishlar bag’ishlangan [40-42]. Gidroliz natijasida olingan mahsulotlar to’qimachilik sanoatida va ichimlik suvi izlanishlarida qo’llanilgan [43]. Professor K.Ergashev xodimlari bilan PAN ni gidrolizlanish jarayonidan, tola ishlab chiqarish chiqindilarini natriy rodanidining 51,5% li eritmasida erish qobiliyatini oshirishda foydalanganlar. Bu holatlar pardozlash texnologiyasi uchun o’ta muhimdir, chunki tola stukturasi uni bo’yash usulini tanlashga ta’sir ko’rsatadi
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling