Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш


 Gul bosish jarayoni texnologiyasi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/45
Sana08.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#240308
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)

1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi 

       Hozirgi  vaqtda  gul  bosishning  quyidagi  usullari  qo`llaniladi:  dastaki 

gul  bosish,  aerografiya  usuli,  to`rli  qoliplar  va  naqshband  metall  valli. 

Birinchi  usul  jun  sanoatida  ro`mollarga  gul  bosishda  qisman  ishlatiladi, 

aerografiya  usuli  yuqori  badiiy  bezakli  mahsulotlar  ishlab  chiqarishda 

qo`llaniladi. Amalda turli to`qima mahsulotlarga asosan naqshband valli va 

to`r qolipli mashinalarda gul bosiladi. To`r qolipli mashinalar o`z navbatida 

ikki turli bo`ladi: yassi va silindrik to`r qoliplar. Gul bosish va quritishdan 

keyin  bo`yoq    plyonka    ichiga    joylashib  mato  ustiga  o`tadi.    Bo`yoqning  

plyonkadan    tolaning    mag’ziga    o`tishini  osonlashtirish  uchun,    mato 

yuqori  haroratda  namli  muhitda  maxsus  uskunada  -    zrelnikda    ishlov 

beriladi.    Bu  mashinada  par  sovuq  mato  yuziga  o`tib  suyuq  nam  holatga 

kelib,  tolaning  shishishiga  imkon  beradi.    Tolaga  yutilgan  suv  gul  bosish 

bo’yog’i  tarkibiga  kiruvchi  bo`yoq  va  yordamchi  mahsulotlarini  eritadi. 

Qoida bo`yicha yordamchi mahsulotlar eriganda  issiqlik chiqadi va bunda 

quyilma  shishadi.    Bu  paytda  bo`yoq  tolaga  kirib  u  bilan  bog’  hosil  qilib 

birikadi.[51] 

      Bug’latishdan  keyin  mato  yaxshilab  yuviladi  va  ortiqcha  birikmagan 

bo`yoqlar matodan chetlashtiriladi. 

      Turli qo`shma tolalardan tayyorlangan matolarga gul bosish. 




 

 

 



39 

     Sellyuloza  tolalaridan    tayyorlangan  matolarga  gul  bosishda  quyidagi 

bo`yoqlar qo`llaniladi: 

     faol,  kubli,    kubozollar,  erimaydigan  azobo`yoqlar  oqsil  tolalaridan 

tayyorlangan matolarga gul bosishda faol, kislotali metall saqlovchi,  KMK  

1:2 bo`yoqlari katta ahamiyatga ega. Kubli bo`yoqlar bilan ham ba`zida gul 

bosiladi. 

     Sintetik  (PAN)  va  asetilsellyuloza  tolalaridan  tayyorlangan  matolarga 

asosan  dispers  bo`yoqlardan  tayyorlangan  gul    bosish    bo’yog’i    bilan  gul 

bosiladi.  Asetilsellyuloza  tolasidan  tayyorlangan  matolarga  gul    bosishda 

dispers faol bo`yoqlar ham qo`llaniladi. 

     Gul  bosish  usullaridan  biri  matolarni  yuqori  badiiy  -  kaloristik  bezash 

xususiyatiga  ega  bo`lgan  termik    ishlov  berish    asosida    murakkab 

tasvirlarni  o`tkazadigan  usul.    Bu  usul  ikki  bosqichdan  iborat  bo`lib,  

birinchisida  tasvir  qog’ozga  o`tkaziladi  va  ikkinchi  bosqichda  tasvirni  

qog’ozdan  matoga  o`tkaziladi.    Bu  uchun  tasvir  o`tkazilgan  qog’ozning 

yuza  tomoni  matoning  yuziga  yopishtirib    qo’yiladi  va  maxsus  uskunada 

yuqori haroratda bosim bilan bosiladi. Bunaqa sharoitda bo`yoq qog’ozdan 

matoga o`tadi. 

     Amalda  bu  usulga  katta  qiziqish  uyg’ondi,  chunki  bu  usulda  juda 

murakkab  tasvirlar  hosil  qilish  mumkin  va  juda  ko`p    tonli    ranglar  12 

minggacha  olish  mumkin.  Undan tashqari bu usul bilan gul bosish arzon 

bo`lib,    bo`yoq,    kimyoviy  yordamchi  mahsulotlarga  ehtiyoj  yo`q    va  gul 

bosish    jarayoni  qisqa  bo`lib,    murakkab  uskunalar  kerak  bo`lmaydi, 

bug’lash va yuvishga ham ehtiyoj yo`q. 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling