Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш


  Materiallarga gul  bosishning umumiy masalalari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/45
Sana08.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#240308
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)

 

1.1.  Materiallarga gul  bosishning umumiy masalalari 

1.1.1. Matolarga gul bosish jarayoni 

Gul bosishning bo`yashdan farqi shuki, bo’yashda bo`yovchi modda 

mato  yuzasining  ayrim  qismlariga  gul  sifatida  tushiriladi.  Gul  bosish 

jihozlari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda tarkibi  murakkabroq bo’lsa 

ham, lekin fizik- kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo`yashdagidek o`tadi. 

Matoga  gul  tushiruvchi  aralashma  bo`yoq  deb  ataladi  va  bo`yash 

eritmasidan  o`zining  quyuqligi  bilan  farq  qiladi.  Gul  bosish  bo`yog’i 

tarkibiga:  bo`yovchi  modda,  quyultiruvchi  va  yordamchi  moddalar  kiradi. 

Bo`yovchi  moddalar  to`qima  materiallar  yuzasida  ravshan  va  mustahkam 

rang  berishi  lozim,  bu  talablarga  quyidagi  sinf  bo`yovchi  moddalari  javob 

beradi: 

sellyulozali  mahsulotlarga  gul  bosilganda  –  aktiv,  kub,  suvda 



erimaydigan azobo`yovchi moddalar va pigmentlar; 

oqsil  tolali  mahsulotlar  uchun  -    aktiv,  kub,  xromli,  kislotali, 



metallkompleks bo`yovchilar va pigmentlar; 

atsetat  va  sintetik  tolalar  uchun  –  asosan  dispers  bo`yovchi 



moddalar va pigmentlar.   

 

Bo’yash  jarayonida  sodir  bo’ladigan  bo’yovchi  modda  va  tolali 



materiallar  holati,  hamda  ularning  ta’sirini  belgilovchi  asosiy  fizik-

kimyoviy  qonuniyatlar  gul  bosish  jarayonida  ham  saqlanib  qoladi,  lekin 

bo’yashda  farqli  o’laroq  matolarga  gul  bosishda  bo’yovchi  moddalarning 

eritmadagi  diffuziyasi  va  ularning  tola  yuzasiga  shimilishi  o’z  ma’nosini 

yo’qotadi.  Mato  yuzasiga  gul  shaklida  tushirilgan  bo’yovchi  modda 

quritish 

mashinasidan  chiqqach,  quyultiruvchi  molekulalari  bilan 

molekulalararo 

bog’lanishlar 

yordamida 

mustahkam 

ushlanib, 

quyultiruvchi plyonkasida qotib qoladi va tola ichiga diffuziyasi to’xtaydi. 



 

 

 



15 

Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan va uzluksiz boradigan fizik kimyoviy 

bosqichlar  ketma-ketligi buziladi. Quyultiruvchi plyonkasida qotib qolgan 

bo’yovchi  moddaning  tola  ichki  qatlamlari  tomon  harakatlanishi  uchun 

bo’yovchi moddani o’z  ichiga qamrab olgan  plyonkani yumshatish  lozim. 

Shu  maqsadda  gul  bosib  quritilgan  mato  bug’lanadi  yoki  qizdiriladi. 

Qaynoq  bug’  yoki  havo  ta’sirida  plyonkani  yumshatishni  osonlashtirish 

maqsadida  gul  bosish  bo’yog’i  tarkibiga  yuqori  harorat  ta’sirida  tola 

g’ovaklarida suyulib, bo’yovchi modda diffuziyasini tezlashtiruvchi muhit 

hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va 

quyultiruvchi orasidagi o’zaro ta’sir kuchsiz bo’lgani sababli  gul bosishda 

bo’yovchi moddaning tola ichiga diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sabali, 

turli  sinf  bo’yovchi  moddalari  bilan  gul  bosishda  ularning  o’ziga  xos 

bo’lgan  jadallashtirish  usullari  ma’lum.  Gul  bosish  jarayoni  quyidagi 

bosqichlardan  iborat:  matoni  gul  bosishga  tayyorlash

gul  bosish 



 

quritish 



 bo’yovchi moddani tola ichiga singdirish

yuvish


quritish. 

 

Gul  bosishda  paydo  bo’ladigan  nuqsonlar  ayrim  joylardagina 



uchraydigan  va  butun  gazlama  to’piga  tarqalgan  xillarga  bo’linadi.  Ba’zi 

gazlamalar maxsus pardozlanishi mumkin.  




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling