2.5. Sovun eritmasi ta`siriga rang mustahkamligini tekshirish
Katta bo`lgan aralash tolali matolar rangini sovun eritmasiga
chidamliligini tekshirish uchun, bo`yalgan yoki gul bosilgan mato
namunasini bir tarafiga shu matoni tashkil etuvchi, lekin oq holatdagi
namuna va ikkinchi tarafiga ishlatilgan bo`yovchi modda bilan bo`yalishi
mumkin bo`lgan boshqa mato namunasi tikiladi[44].
Rangning sovunga mustahkamlikni tekshirish vannasi moduli 50 ga
teng. Rangni sovunga mustahkamligini aniqlash uchun tarkibida 5 g/l
sovun bo`lgan eritma 40°C haroratgacha qizdiriladi. Shu vannada oldindan
tayyorlangan namunaga 30 minut davomida ishlov beriladi. Ishlovdan
so`ng namuna sovuq suvda chayilib quritiladi. Ishlov berilgan hamda
quritilgan namuna ranglari etalon bo`yicha baholanadi. Baho uch raqamdan
48
iborat bo`lib, ulardan birinchisi namuna rangini o`zgarganini, ikkinchi
namunaning o`ng tarafiga tikilgan oq matoning va uchinchisi namunaning
teskari tarafiga tikilgan oq namunaning bo`yalganlik darajasini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |