2.4. Paxta-modifikatsiyalangan nitron asosidagi matoni aktiv
bo`yovchi moddalar bilan bo’yash
Aktiv bo`yovchi moddalar bilan sellyulozali tolalarni bo`yash uchun
1-2 g og`irlikdagi oqartirilgan mato namunasi 30°C haroratda 1,5% li aktiv
bo`yovchi moddaning neytral eritmasiga shimdiriladi, 3-5 minut
shimdirilgach, siqiladi va 80°C haroratda quritish shkafida quritiladi.
So`ngra mato 2 qismga bo`linadi va birinchi namuna quyidagi tarkibli
eritmada 3-5 minut shimdiriladi va siqiladi: natriy karbonat — 2,0 g/l,
natriy xlorid — 30,0 g/l. Har ikki mato 15-20 minut davomida laboratoriya
bug`latgichida bug` bilan ishlanadi, iliq suv bilan yuviladi. So`ng
namunalar alohida-alohida stakanga solinib, 30 minut davomida sirt aktiv
moddaning 2 g/l li eritmasida qaynatiladi. Namunalar issiq va sovuq suv
bilan yuviladi va quritiladi. Tajribadan so`ng qaysi namuna yaxshi
bo`yalganligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |