Gul bosib quritilgach, termoishlov (130
0
C dan yuqorida, 5 min)
paytida emulsion quyultiruvchining tashkil etuvchilari uchib ketadi. Shu
sababli yuvishga hojat qolmaydi. Benzinsiz pigmentli gul bosish usuli
yaratilgan, bunda uch komponentli akril kislota hosilalarining sopolimerlari
ishlatiladi. Bu moddalar ham bo’yoq tarkibidagi polifunksional moddalar
va sellyuloza makromolekulalari bilan kimyoviy o’zaro ta’sirga kirishadi.
Pigmentlar yordamida ajoyib rangdor oltin va kumushsimon gullar
hosil qilish mumkin. Pigmentlarning kamchiligi: quruq va namli
ishqalanishga ranglar, ayniqsa, to’q ranglarda mustahkam emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |