Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyekti tabiiy va
sintertik tola asosidagi aralash mato, bo’yovchi moddalar, quyultiruvchilar,
sirt faol moddalar hisoblanadi.
Tadqiqot uslubiyoti va uslublari. Reologiya, kolorimetriya,
spektrofotometriya, tegishli Davlat standartlari bo’yicha matolarning
intensivligi, mustahkamlik va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash kabi
zamonaviy nazariy va eksperimental tadqiqot usullari qo’llanilgan.
Ishning ilmiy yangiligi shu bilan belgilanadiki, ilk bor bifunktsional
bo’yovchi moddalar va mahalliy xom ashyolar asosida olingan
qyultiruvchilar bilan aralash tolali matolarni bo’yash, gul bosish va
yakunlovchi pardozlash jarayonlari o’rganildi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. O`zbekistanda yengil
sanoat tovarlariga bo`lgan aholi ehtiyojini nafaqat hajm va assortiment
jihatidan, balki tovarlarining sifati bo`yicha ham qondirish dolzarb
muammodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |