MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi.. Keyingi paytlarda aralash tolalar asosidagi
turli-tuman assortimentdagi gazlama va materiallarini soni ko’payib ketdi.
Paxta va nitron, paxta va ipak, tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikatsiya
qilingan nitron asosidagi matolarni bo’yash, ularga gul bosish jarayonida
mahalliy xom ashyolardan olingan quyultiruvchilarni ishlatish, bo’yovchi
moddani (BM) to’g’ri tanlash yakunlovchi pardozlashda matolarning
iste’mol sifatini yaxshilaydi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Aralash tolalar va ular asosidagi
matolarni bo’yash, ularga gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonini
o’rganish. Pardozlash jarayonida quyultiruvchilar va bo’yovchi
moddalarning aralash matolarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini tadqiq
etish. Bu maqsaddan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
- tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron matolarni
bo’yash va gul boshishga tayyorlash;
- paxta va nitron aralash matolarni gul boshishga tayyorlashning fizik-
kimyoviy jarayonlarini o’rganish;
- ishlab chiqarishda mahsulotlar assortimentlarini kengaytirish, sifatini
yaxshilash, tabiiy tolalarni kimyoviy tolalarga aralashtirish orqali,
tansiq tolalar o’rniga arzon kimyoviy tolalarni ishlatish imkonini
yaratish;
- aralash matolardagi tabiiy tolaning gigiyenik xossalarini va kimyoviy
tolalarning o`ziga xos fizik-mexanikaviy xossalarini yaxshilash.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |