Gazlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi


Download 31.49 Kb.
bet1/5
Sana09.02.2023
Hajmi31.49 Kb.
#1182899
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Gazlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi


GAZLAR BILAN ISHLAGANDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI.


Reja:

1. Zaharli kimyoviy moddalar va uning insonga ta’siri.


2. Gazlar bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari.
3. Zaharli gazlar va ulardan himoyalanish уo‘llari.
4. Gaz ballonlari va ulardan foydalanishda xavfsizlik choralari.
5. Ish zоnаlаridа zаrаrli gаz vа bug’lаrni kоnsеntrаsiyasini аniqlаsh.

1. Zaharli kimyoviy moddalar va uning insonga ta’siri.

Kimyoviy moddalarning insonga ta’siri ular bilan bevosita (aralashmalar tayyorlanganda,urug’larga, tuproqqa, o’simliklarga ishlov berishda, ishlov bergan uchastkalarda ishlaganda)  va  bilvosita - o’simlik, oziq ovqat mahsulotlari orqali, kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilgan  dalalardan olingan meva-sabzavotlar, shuningdek hayvonot mahsulotlari orqali (go’sht, tvorog,  


sut,  tuxum va boshq.) va o’simlik mahsulotlari yem sifatida ishlatilganda qaysilari tarkibida nitrat va  pestitsidlarning miqdori me’yoriy ko’rsatkich darajasidan yuqori bo’lganda seziladi.  Ishlatilishiga ko’ra qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida foydalaniladigan kimyoviy vositalar
turli xildagi kislotalar, ishqorlar, vaktsinalar, mineral o’g’itlar va pestitsidlarga bo’linadi.  
Pestitsidalar o’z navbatida insektitsidlar (qurt-qumursqaga qarshi kurashish uchun),  
akaritsidlar  (kanaga), rodentitsidlar (zararli kemiruvchilarga), fungitsidlar (zamburug’larga), bakteritsidlar  PDF created with pdfFactory Pro trial version (bakteriyalar), gerbitsidlar (begona o’tlar) turlarga bo’linadi.
Gigiyenik xususiyatlariga ko’ra pestitsidlarning kishilarga ta’siri oqibqtlari quyidagicha  
tasniflanadi:  
• oshqozonni zaharlanishiga qarab (juda ta’sirchan, o’ta zaharli, o’rta zaharli, kam  
zaharli);  
• teri orqali zaharlanishiga qarab (keskin, o’rta va kuchsiz ifodalangan);  
• uchuvchanligiga ko’ra (o’ta xavfli, xavfli va kam xavfli);  
• zaharli moddalarning organizmga to’planib kuchli ta’sir qilishiga ko’ra (o’ta yuqori,  
sezilarli, o’rta miyona, kam sezilarli);  
• tuproqdagi barqarorligiga ko’ra (juda barqaror vaqt bo’yicha zaharlanishi 2 yildan  
ko’p, barqaror 0,5 yildan 2 yilgacha, o’rta miyona barqaror - 1 oydan 6 oygacha va  
kam barqaror - 1 oygacha).  
Pestitsidlar va mineral o’g’itlar bilan zaharlanishni oldini olishdagi (profilaktika qilish)  
asosiy usullari: ular bilan ishlaganda me’yor, mehnat muhofazasi bo’yicha qoida va  qo’llanmalarga  rioya qilish. Ishchilar shaxsiy va kollektiv himoyalanish vositalarini ishlatish, agrotexnikaga,  ekinlarga qayta ishlov berish va kimyoviy preparatlarni sarf qilish miqdoriga qat’iy rioya qilish, kimyoviy ishlovlarni yashash joylaridan, molxonalardan, suv havzalaridan kerakli uzoqlikda olib  borish, ruxsat etilgan shamol tezligida, hosilni terib olishgacha ekinlarga berilgan oxirgi  kimyoviy  ishlov muddatini saqlash; o’rganilgan va faqat ruxsat etilgan preparatlardan foydalanish.  Granullangan pestitsidlardan foydalanish mehnat sharoitlarini yaxshilashda samarali natijalarni  bermoqda.

2. Gazlar bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari.


1. Ish boshlashdan oldin xonani shamollattish lozim.


2. Gaz plitasi to’g’ri yoqilishi kerak
3. Gaz plitaning konforkalari qizg’ish sariq, olov uzilib yonsa, demak, bu gazda ishlash mumkin yemas
4. Gazning olovi ko’k-havo rang bo’lishi kerak
5. Gaz plitaning duxovkasini ishlatishdan oldin shamollatish shart.
6. Gaz hidi chiqsa darhol mutaxassisni chaqirih kerak
7. Gaz plitalarni nazorasiz qoldirish mumkin yemas.
8. Ishlatib bo’lgandan so’ng gaz plitasini o’chirib tozalab qo’yish shart.

Kimyo laboratoriya xonasiga kirganda avvalo ishni bajarishdan oldin uni bajarish bo`yicha yo`riqnomani o`qib tayyarlanish kerak. Tеxnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalarga aniq va oqilona rioya qilish zarur.Ayniqsa zaharli moddalar bilan ishlaganda, ehtiyot bo`lish kerak . Faqat o`qituvchi tomonidan belgilangan, maqullangan laboratoriya ishlarini bajarishga ruxsat etiladi.





Download 31.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling