Gazlarni quritish usullari va jarayon parametrlari
www.scientificprogress.uz
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
gazlarni-quritish-usullari-va-jarayon-parametrlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
www.scientificprogress.uz
Page 601 qobiliyatini pasaytiradi, kompressorga ortiqcha yuklama tushiradi, quvurlar, jihozlarning korroziyasiga sabab bo’ladi. Gazlarni qurtish jarayonining asosiy ko’rsatkichi gazlardagi namlik miqdori orqali ifodalanadi. Quritish – gazdan bug’simon namlikni ajratish jarayoni. Gazdagi qoldiq namlik miqdori quritilgan gazning shudring nuqtasi orqali ifodalanadi. Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni quritish keng qo’llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo’llash ikki ko’rinishda bo’ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Gaz gidratlari doimiy tarkibga ega bo’lmaganligi bois, nostexiometrik birikmalarga mansub sanaladi. Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlar – metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga egadir (1- jadval): metan geksagidrati– etanning oktagidrati– propan geptadekagidrati– izo-butan geptadekagidrati– vodorod sul’fidi geksagidrati – azot geksagidrati – uglerod dioksidi geksagidrati – Gidratlar ko’rishini – oq kristal moddalar bo’lib, hosil bo’lish sharoitiga ko’ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o’hshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to’la bo’ladi, kichik qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo’ladi. Gazdagi ushbu qo’shimchalar uzatish quvurlarida gidrat hosil bo’lishiga sabab bo’ladi hamda uni uzatish va qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi. Sanoatda gaz ta’minoti tizimida bunday salbiy oqibatlarni bartaraflash maqsadida gazlar talab darajasiga qadar quritiladi. Quritish chuqurligi soha standart talablariga va kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko’ra aniqlanadi. Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorodlarning quritishning keng tarqalgan quyidagi usullari mavjud: - suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etilen glikollar) - qattiq yutuvchilar – (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar) sintetik seolitlar va boshqalar. Tabiiy gazlarni quritish usullari sifatida kondensatsion quritish, absorbsion quritish, glikol purkab quritish va adsorbsion quritish usullarini sanab o’tish mumkin. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling