G’aznachilik” fanidan G’aznachilikda davlat kafolatini taminlash mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
Download 79.98 Kb.
|
G\'aznachilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U N D A R I J A K I R I SH
- Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.
- Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon muammolari.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI K I R I SH
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI BHA-95_2 GURUHI TALABASI XOLJURAYEV AKMALJONNING “G’AZNACHILIK” fanidan G’AZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATINI TAMINLASH mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI O’qituvchi: Achilov Uyg’un T oshkent-2023
K I R I SH Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida Davlat budjetini shakllantirishda uning xarajatlar va daromadlar qismini belgilash muhimdir. Chunki budjetning daromadlari va xarajatlari o’zaro bir-birini taqozo etadi, uni to’liq hisobga olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Buning uchun budjet takchilligini samarali boshqarish va davlat karzlariga xizmat kursatish xarajatlarini kamaytirish yo’llarini izlash kerak bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov islohotlarning ikkinchi bosqichidayoq budjet siyosatining eng muhim vazifasi budjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirish va davlat karzlarini boshkarish vazifalarini hal etish zarurligini ta’kidladilar. Har qanday davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat budjetini shakllantirish, uning ijro etilishini ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimlarini samarali ishlatish, pul muomalasi barqarorligiga erishish, budjet taqchilligini karzlarsiz boshqarish kabi soxalarni qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasida Davlat budjeti taqchilligi sohasidagi ustuvor yo’nalishlarning axamiyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ko’rsatib berdilar. Bozorga o’tish sharoitida budjet davlat iktisodiy siyosatining goyat muxim vositasi bulib bormokda. Davlat budjetidagi takchillikni eng oz darajaga tushirish bosh vazifa bo’lib qolmokda. Shu o’rinda “..O’zbekistonda moliya-budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgani va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz. Mamlakatga iktisodiyotni rivojlantirish uchun markazlashgan pul mablaglarining jamgarmasi kerak. Bunday jamgarma budjet deb ataladi. Davlat o’z xarajatlarini soliqlar va soliqsiz daromadlar yordamida moliyalashtiradi, ammo budjetda taqchillik mavjud bo’lganda, hukumat qarzlar olishga ham majbur bo’ladi. Budjet takchilligi paydo bulishining asosiy sabablaridan biri davlat karzi muammosidir. Davlat karzi - davlat paydo bulgandan beri shakllangan budjet takchilligini koplanmagan kismidir. Iqtisodiy adabiyotlarda taqchillikni moliyalashtirish mexnizmi uchta yirik guruhga bo’linadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning emissiyali va qarzli moliyalashtirish usuli bilan birga, yana bir noinflyatsion usul davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning ma’lum qismi moliyalashtiriladi. Davlat budjeti mablaglarining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;Davlat budjeti mablaglarini boshkarish, yagona G’azna xisobvarag’ini va xududiy gazna xisobvaraklarini yuritish;budjet mablaglari oluvchining tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablaglari xisobidan kapital kurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro’yxatdan o’tkazish;Davlat budjetida kaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablaglar nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirigiga binoan to’lovlarni amalga oshirish;Davlat budjeti gazna ijrosining buxgalteriya xisobini yuritish;Davlat budjetining ijrosi to’grisidagi axborotni yigish, kayta ishlash, taxlil kilish va xisobotni tuzish;O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashki karzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish. Davlatning ichki qarzlarning haddan tashqari ortishi kelgusida tashqi qarzlarning ham ortishiga olib keladi. Qarzlarni investorlarning turli guruhlari o’rtasida joylashtirib, davlat pul muomalasini tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi 1245-son «O’zbekiston Respublikasi 2010 yilgi Davlat budjetining parametrlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, Davlat budjetining taqchilligi YaIMga nisbatan 1,0 foiz qilib belgilandi. Qarorda ko’rsatilishicha, Davlat budjetining taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablaglarining 2010 yil boshidagi bush qoldiqlari va boshka kadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshirildi. Mamlakatning moliyaviy xavfsizligi – davlatning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdan iborat. Bu aniq chegaralarda bozor institutlari va budjet tashkilotlarining faoliyatini iqtisodiy shart-sharoitlarda kafolatlaydigan moliya-bank tizimi holati bilan xarakterlanadi. O’zbekiston Respublikasida «Oxirgi yillarda va o’tgan yili mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida bunday deyildi: “O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir. Qator yillar davomida kuzatilgan budjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondoshish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi. Shuningdek, daromadlarni o’z vaqtida tushirish budjetning g’azna ijrosida muxim boskichlar xisoblanadi. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti mexanizmi talablari asosida rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda g’aznachilikning u yoki bu modellari qo’llanilmoqda. G’aznachilik tizimlarining turli davlatlarda rang-barangligiga qaramasdan, mazkur moliyaviy institutga umumlashtirilgan ta’rif berish mumkin. G’aznachilik tizimidagi budjet tuzilmasida davlat resurslari va xarajatlari g’aznachilik hisobraqamlarida jamlanadi. G’aznachilik hisobraqamlardagi kassa qoldiqlarini ishlatib, g’aznalar vaqtinchalik erkin budjet mablag’larini depozitlar yoki qimmatli qog’ozlarga joylab, shu yo’l bilan budjet uchun qo’shimcha daromadlar jalb qilish uchun kapitallar bozorida qarz oluvchi yoki qarz beruvchi sifatida ishtirok etmoqda. G’aznachilik moliya tizimini boshqarish jarayonida Markaziy bankdan, umuman, bank tizimidan yoki xususiy sektordan olinadigan qarzlar hajmini keskin kamaytirishga turtki beradi. G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, davlat boshqaruv organlarining qarz munosabatlariga doir shartnomalarning asl nusxalarini, qarzga kafolat bo’lgan boshqa hujjatlarni yig’adi va saqlaydi. Xorij mamlakatlari amaliyotini tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo’lgan mamlakatlarda davlatga qarashli mablag’lar Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo’lgan G’aznachilikning yagona hisobraqamida to’planadi, davlat qarzlarini boshqarish g’aznachilikka yuklatilgan. G’aznachilik departamenti muomalaga qimmatli qog’ozlar chiqarishni, ularni hajmini, tarkibini va to’lov muddatini nazorat qiladi va ularning tarkibiga bog’liq barcha masalalarni echadi. G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va u bajarilgan hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Har bir mamlakatda Davlat moliyasini boshqarishni o’zi turli yo’nalishlarga ega: Naqd mablag’larni boshqarish. Moliyaviy rejalashtirish. Davlat qarzlarini boshqarish. Davlatning moliyaviy aktivlari ustidan nazorat qilish. Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, g’aznachilik tizimi tarkibiy tuzilishi, huquqiy asoslari hamda bajaradigan vazifalari bilan turli mamlakatlarda turli xil ko’rinishga ega.G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va nihoyat, g’aznachilik bajarilgan hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Ba’zi mamlakatlarda g’aznachilik davlat qarzi, qimmatbaho metallar va boshqa aktivlarni boshqarish masalalariga javob bersa, boshqalarida u to’lovlarni amalga oshirishdan avval nazorat ishlarini olib boradi, yana boshqalarida g’aznachilik budjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tuzishga va nashr qilishga javob beradigan boshqaruv organi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Masalan, Avstraliya Buyuk Britaniya, AQSh kabi davlatlarda g’aznachilik tizimining «kengaytirilgan funktsiyali» tizimi mavjud bo’lib, bunday tizimda g’aznachilik organlari davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini olib boradi. Har xil mamlakatlarda g’aznalariga yuqorida sanab o’tilgan vazifalar yuklatilgan edi, ularning mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yangi vazifalar yuklatildi va ba’zilari olib tashlandi. Uzoq davom etgan urushlar sababli davlat boyligining kamayishi oqibatida g’aznalarga yangi vazifa-ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ishlab chi-qish yuklatildi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan xarajatlar sohasida yuritilayotgan siyosati, budjet taqchiligini YaIMga nisbatan har yili o’rnatiladigan doirasi miqdorida Davlat budjeti balansligini ta’minlashga qaratildi. Iqtisodiyotga investitsiyalar hajmi, aniq maqsadli va samarali kredit resurslarini taqsimlash kengaydi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirildi, budjet taqchiligi va inflyatsiya sur’atlari qisqardi. Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari va uni moliyalashtirish mexanizmlarini o’rganishda taqchillikni moliyalashtirishning oqibatlari, obligatsiya chiqarishni davlat qarzlari bilan bog’liqligi, shuningdek, budjet taqchilligi bilan pul massasi, davlat qarzlari o’rtasidagi mutanosiblik e’tiborga olinadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirish uchun davlat ochiq bozorda pulni qarzga olish yoki pul bosib chiqarishi yoki o’z mulkining bir qismini sotishi mumkin. G’aznachilik tizimida Budjet taqchilligini moliyalashtirishning iqtisodiyotga ta’siri bir xil bo’lmaydi, shuning uchun har bir manbalarini ko’rib chiqish lozim. Qachonki davlat o’z taqchilligini ochiq bozordan qarz olish orqali moliyalashtirsa, unda u qarzli moliyalashtirishga tushib qoladi. Qarz olib moliyalashtirish iqtisodiyotni dastlabki holati qanday bo’lishiga qarab unga turlicha ta’sir ko’rsatadi va qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kelajakda turli natijalarni beradi. G’aznachilik amaliyotida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy boshqarmalarida ochilgan Yagona G’azna hisobvarag’i faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Yagona G’azna hisobvarag’ida vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning va mahalliy hokimiyat organlarining shaxsiy hisobraqamlari ochiladi. Davlat budjetining barcha xarajatlari, jumladan, mahalliy budjet xarajatlari Yagona G’azna hisobvarag’idan moliyalashtiriladi. Yagona G’azna hisobvarag’ida mablag’larga taqchillik bo’lganda, G’aznachilik organi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yoki moliya bozoridan mablag’ jalb qiladi. TUSHUMLAR umumdavlat soliqlari; mahalliy budjet daromadlari; jismoniy shaxslarning budjetga to’lovlari; bojxona to’lovlari; maxsus yig’imlar mablag’lari; davlat maqsadli jamQarmalariga to’lovlar; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari tushumlari; muddatli depozitlar qaytarilgan summalar, shu jumladan foizlar; davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan tushumlar; davlat budjetining valyuta tushumlari. XARAJATLAR davlat budjetining rejalashtirilgan xarajatlari; bank kreditlari uchun foiz tґlovlari; noto’g’ri yoki ortiqcha to’langan soliqlarni qaytarish; budjet tashkilotlari tomonidan olingan naqd pul mablag’larini qoplash uchun mablag’lar; muddatli omonat jamqarmalariga budjet mablag’larini qo’yish; qimmatli qog’ozlarni sotib olish. Frantsiyada G’aznachilik funktsiyalari Davlat G’aznasi va Dav-latning hisob-kitob yuritish bosh direktsiyasi o’rtasida bo’lingan. Har ikkala tashkilot yuqori tashkilotlarning ikkinchi pog’onasi hisoblanadi: Davlat G’aznasi Moliya vazirligining, Davlatning hisob-kitob yuritish bosh direktsiyasi Budjet vazirligining tar-kibiga kiradi. Frantsiyada barcha moliyaviy resurslar G’aznachilikning yagona hi-sobraqamida yig’iladi, bu mablag’larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to’lovlar yig’iladigan shu hisobra-qam bilan nazorat qilinadi. Davlat G’aznasi quyidagilarni nazorat qiladi: Daromadlar sohasida: davlatning qarz talabnomalarini undiradi; b) davlat muassasalarining har bir guruhi uchun qabul qi-lingan amaldagi qonun hujjatlarida va nizomlarda ko’zda tutil-gan daromadlar olishga ruxsat beradi. Xarajatlar sohasida: budjet mablag’larini taqsimlovchilarning vakolatlari-ni nazorat qiladi; kreditlarning mavjudligini nazorat qiladi; qarz majburiyatlarida ko’rsatilgan muddatlarni nazorat qiladi; xarajatlarni aniq budjet tasnifi bo’yicha amalga oshi-rilishini nazorat qiladi. Mol-mulk sohasida: a) mulk egalarining huquqlarini, imtiyozlarini, ipoteka-larni va nazorat qiladi; b) buxgalteriya hisob-kitobi olib boriladigan mol-mulkni saqlanishini nazorat qiladi. Budjetning xarajatlar bo’yicha ijrosi Budjet direktorati tomonidan nazorat qilinadi. Budjet direktorati o’z tizimiga qa-rashli moliyaviy nazoratchilar yordamida mablag’larni xarajat qi-lish sur’atlarini nazorat qiladi. Xarajatlar juda qattiq nazo-rat qilinadi: Frantsiyadagi G’aznachilik Avstraliyadagi G’aznachilik kabi davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqaradi, yuqorida aytib o’tganimizdek, muomalaga qimmatli qog’ozlarni chiqarishni nazorat qiladi, ularni hajmiga, to’lov muddatiga va tarkibiga bog’-liq masalalarni echadi. Davlat moliyasini boshqarish, uning hisob-kitobini yuritish mablag’ jalb qilish bilan birga olib boriladi. U davlat majburi-yatlarini boshqaradi, ichki va tashqi mablag’ni jalb qiladi, ularning hisob-kitobini yuritadi va har yilgi davlat qarzlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlaydi. Xorijiy mamlakatlarda g’aznachilik har chorakda turli darajadagi davlatning boshqaruv organlarining qoplanmagan qarzlarini, budjet tashkilotlarining va davlat muassasalarining qarzlarini qo’shib, barcha qoplanmagan qarzlar ro’yxatini tasdiqlaydi va nashr qiladi. Bunday ro’yxat har bir qarzlar bo’yicha quyidagi axborotlarni beradi: qarzdor nomi; shartnomadagi boshlang’ich summa; qoplanmagan qismining hajmi; foiz stavkasi; to’lov muddati; joriy moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlar hajmining prognozi; kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlarning hajmi prognozi; boshqa zarur axborotlar. Mazkur hisobotlarni tayyorlash uchun barcha davlat boshqaruvi organlari va davlat tashkilotlari G’aznachilik tomonidan belgilangan shaklda va muddatda zarur axborotlarni G’aznachilikka taqdim qiladi. Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, Rossiya Federatsiyasida «Budjet tasnifi tugrisida»gi 1996 yil 15 avgustdagi №115 Federal Qonunda ko’rsatilgan quyidagi tasniflaridan foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasi budjet daromadlarining tasnifi. Rossiya Federatsiyasi budjet xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi. Rossiya Federatsiyasi budjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi. Rossiya Federatsiyasi budjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi. Rossiya Federatsiyasi budjeti defitsitini moliyalashtrishning ichki manbalarining tasnifi. Rossiya Federatsiyasi budjeti defitsitini moliyalashtrishning tashki manbalarining tasnifi. Rossiya Federatsiyasi davlat qarzlari va Rossiya Federatsiyasi sub’ektlarining ichki qarzlari tasnifi. Rossiya Federatsiyasi tash³i davlat ³arzlari va tash³i aktivlari tasnifi. Rossiya Federatsiyasida birinchi marta 1998 yilda Federal budjet defitsitni hisobga olgan holda umumjaµon uslubiyoti asosida tuzildi. Bunda daromadlar va xarajatlarni balanslashtirish tartibida, xarajatlarni moliyalashtirishning ichki va tash³i manbalarida, budjet defitsitini k´rsatishda, xarajatlarni hisob-kitobini olib borishda, davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni qoplashda o’zgarishlar kiritildi. Rossiya Federatsiyasida maµalliy budjetning defitsitni moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida munitsipal qimmatli qog’ozlar (zayomlar), yuqori darajadagi budjetdan olingan budjet ssudalari va kredit muassasalaridan olingan kreditlardan foydalanish amaliyotga kiritildi. O’zbekistonda chuqur iqtisodiy o’zgarishlar yuz bermoqda. Jaxon moliyaviy inkirozi sharoitida Davlat budjetining ahamiyati oshib bormoqda. Respublika hukumati boshlangan iqtisodiy islohotlarni davom ettirib, Davlat budjeti taqchilligi hajmini va inflyatsiya sur’atlarini pasaytirish, sanoat ishlab chiqarishni va eksport hajmini, aholini real daromadlarini oshirish siyosatini yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunning “Davlat tomonidan mablag’ jalb qilish” deb nomlangan 40-moddasida ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun davlat budjetini qabul qilinayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko’payishiga olib keladigan boshqa hara-katlar O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish yo’nalishlari quyidagilardan iborat: Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari-ni, jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari o’rtasida tu-shumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan ichki tafovutni to’g’rilash; Mavjud qarzni qayta moliyalashtirish. Budjet taqchilligini moliyalashtirish. Tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha mablag’ jalb qilishlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim qiladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O’zbekiston Respub-likasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun uni oluvchidan haq olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida Kafolat jamg’armasi tuziladi. G’aznachilik: kassadagi naqd pullarni boshqarish; oylik kassa limitlarini o’rnatish; budjet tashkilotlarining shartnomalarini ro’yxatga olish; budjet tashkilotlarining moliyaviy sarf-xarajatlarini joriy nazorat qilish (to’lov arizalari nazorati); budjet ijrosining hisobini yuritish va moliyaviy hisoboti; davlat qarzi va hukumat kafolatlari hisobini olib boradi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha mablag’ jalb qilishlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim qiladi. Davlat tomonidan mablag’ jalb qilishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat ko’rsatuvchi va davlat tomonidan mablag’ jalb qilish bo’yicha hisob-kitoblarning o’z vaqtida va to’g’ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Kafolat jamg’armasi tashkil etish va undan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunida davlat qarzi-davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorij-dan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi deb ta’rif beriladi. Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish natijasida vu-judga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’in-disi davlatning ichki qarzlari deyiladi. Davlat tomonidan xo-rijdan mablag’ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekis-ton Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi davlatning tashqi qarzlari deyiladi. Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish- aktivlarni ichki manbalardan rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditla-rini-qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vu-judga kelishidir. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ni jalb qi-lish-aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, nore-zident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluv-chi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini-qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR O’zbekiston Respublikasining “Budjet Kodeksi” Toshkent-2013y. D. Pulatov , B.Nurmuhammedova -“G’aznachilik” , “Sano Standart”, Toshkent 2014 y. Qosimova G. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2013 Treasury Management: The Practitioner's Guide (Wiley Corporate F&A) (Steven M. Bragg). John wily &Sons Inc. Hoboki, New jersey. Canada 2010 year. Modern Money and Banking. Roger Le Ro y Miller, David D .VanHoose, thirdEdition, McGraw-Hill,Inc. 2000 y. INTERNATIONAL MONETARY FUND Fiscal Affairs Department “Budget Classification” Prepared by Davina Jacobs, Jean-Luc Hélis, and Dominique Bouley, Authorized for distribution by Carlo Cottarelli December 2009 Download 79.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling