G’aznachilik” fanidan G’aznachilikda davlat kafolatlarini ta’minlash mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Download 75.11 Kb.
bet1/6
Sana29.04.2023
Hajmi75.11 Kb.
#1399637
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gaznachilik Yo\'ldoshev Bobur


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI BHA-94-2 GURUHI TALABASI
Yo’ldoshev Bobur Abdushuukur o’g’lining
G’AZNACHILIK” fanidan
G’aznachilikda davlat kafolatlarini ta’minlash
mavzusida tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI
O’qituvchi: Achilov Uyg’un
T oshkent-2023



MUNDARIJA




KIRISH




1.

O’zbekiston Ruspublikasining davlat ichki va tashqi qarzlari mohiyati va huquqiy asoslari.




2.

Davlat budjetining g’azna ijrosida davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish.




3.

Davlat qarzini boshqarish — dolzarb vazifa




4.

Davlatning tashqi qarzlari




XULOSA




FOYDALANILGANADABIYOTLARRO‘YXATI





K IRISH
 Oʻzbekistonda davlat qarzi va tashqi qarz bilan bogʻliq holatni muntazam nazorat qilish, uning xavfsiz chegarasini belgilash hamda bu boradagi xavf-xatarlarning oldini olish kabi masalalar doimiy eʼtiborda. Xususan, Prezidentimiz yaqinda Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlariga tashrifi doirasida faollar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ushbu masalaga ahamiyat qaratib, tashqi qarz xalqimizning farovonligiga xizmat qilayotganligi, uning miqdori boshqa davlatlar bilan solishtirganda ancha past ekanligini xalqimizga oddiy va sodda qilib tushuntirib berdi. Davlatimiz rahbari tashqi qarz hammaga ham berilavermasligini, buning uchun mamlakatning tashqi dunyodagi nufuzi va unga nisbatan ishonch boʻlishi kerakligini alohida taʼkidladi. Bir qarashda oddiygina ifodalangan bu soʻzlar mazmun-mohiyatiga koʻra, davlat qarzi va davlat tashqi qarziga oid tushuncha hamda fikrlarimizni ancha teranlashtirishimizni talab etadi.
Darhaqiqat, har qanday mamlakatda iqtisodiy holatga qarab qarz olishga boʻlgan ehtiyoj tugʻilishi tabiiy. Unga ­talab nafaqat iqtisodiy inqiroz yoki tur­gʻunlik holati, balki ayrim strategik ahamiyatga ega loyihalar yoki dasturlarni amalga oshirish uchun ham boʻladi. Masalan, mamlakat infrastrukturasini ravnaq toptirish, kambagʻallikni qisqartirish, kichik va oʻrta biznesni rivoj­lantirish, mudofaa qobiliyatini ku­chaytirish va hokazo. Davlat byudjeti bunday yukni koʻtara olsa yaxshi, aks holda koʻzda tutilgan muhim vazifalardan voz kechish kerak boʻladi yoki Davlat byudjetining yuzaga kelgan taqchilligini qarz hisobiga yopish zarurati tugʻiladi. Taqchillikni yopishning ham ikkita manbasi bor: birinchisi — soliqlarni oshirish, ikkinchisi — qarz jalb qilish.

O’zbekiston Ruspublikasining davlat ichki va tashqi qarzlari mohiyati va huquqiy asoslari.
Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. D.q.ning toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. D.q.ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. D.q.ning haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi.
D.q.ning boʻlishi uni boshqarishni taqozo etadi, yaʼni qarzni olish va toʻlash bilan bogʻliq muayyan choratadbirlarni amalga oshirish lozim boʻladi. Qarz va uning foizlarini toʻlash uchun byudjetdan pul ajratish D.q.ga xizmat qilish deyiladi. D.q.ni toʻlashdagi shartsharoitlarning oʻzgarishi D.q. restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya yuz berganda qarz haqining oʻzgarishi konversiya deyiladi.
Mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzining xavfsiz darajada bo‘lishi mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.



Download 75.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling