G’aznachilik” fanidan G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
Download 113.04 Kb.
|
gAZNACHILIK REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. IV-guruh xarajatlari bo’icha xarajatlar ketma ketligi 5 .
1-rasm. Xarajatlar ketma-ketligi4.
Budjetdan mablag’ oluvchilarning I va II guruh bo’yicha xarajatlar to’lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to’lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi. Tegishli budjet bo’yicha I va II guruh xarajatlari to’lovi uchun g’azna hisobvaraqlarida zarur mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, I va II guruh xarajatlarini to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi. IV guruh “Boshqa xarajatlar” bo’yicha mablag’larning sarflanishi o’rnatilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: 2-rasm. IV-guruh xarajatlari bo’icha xarajatlar ketma ketligi5. Shaxsiy hisobraqamlarda ovqatlantirish xarajatlari bo’yicha to’lanmagan mablag’lardan ortiqcha mablag’lar mavjud bo’lgan hollarda, ushbu oshgan mablag’lar doirasida dori-darmonlar bo’yicha (to’rtinchi guruhning boshqa xarajat turlari bo’yicha ham) xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi. Budjet tashkilotlarining ishchilariga ijtimoiy to’lovlar bo’yicha xarajatlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha xarajatlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining shaxsiy hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan budjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarning to’lovi uchun nazarda tutilgan ajratilgan mablag’lar bundan mustasno) Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanadi. 1.2. G’aznachilik tizimida to’lovlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari.Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining g’azna ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Budjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son "O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori,“Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat Budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat Budjeti, Davlat maqsadli va Budjetdan tashqari boshqa jamg’armalari Budjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi. Hozirda Budjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalariga quyidagi vazifalar yuklatilgan: Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablag’larini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish; tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan yagona g’aznachilik hisob raqamida bo’lgan Davlat budjeti mablag’larini boshqarish; budjet tashkilotlari va budjet mablag’larini oluvchilarning O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg’armalari budjetlarining mablag’lari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o’rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish; budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish; G’aznachilikning, budjet mablag’lari hisobiga to’lash uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot portalida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar bo’yicha axborot bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish; xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablag’larini oluvchilarning nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash; xo’jalik sub’ektlarini noinsof etkazib beruvchilar reestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish. Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini yuritish uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar kabi birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi. Birlamchi hisob hujjatlar budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilgan paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng tuziladi. Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya hisobida tegishli birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aks ettiriladi. Bunda, o’tgan yilga doir budjetning g’azna ijrosi amalga oshiriladigan moliya yiliga qo’shimcha davrda Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobi, belgilangan tartibda aks ettirilgan, qo’shimcha davr mobaynida tuzilgan birlamchi hisob hujjatlari asosida, o’tgan yilning Budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish bo’yicha muhim qadamlardan biri 2004 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi 664-II sonli Qonunining qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalarining) va budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunda davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish va g’aznachilik faoliyati bilan bog’liq quyidagi holatlar o’zining huquqiy asosiga ega bo’ldi: davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy printsiplari; davlat budjetining g’azna ijrosi muddatlari; G’aznachilikning asosiy vazifalari; G’aznachilikning boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlari; G’aznachilikning bank hisobvaraqlari; davlat budjetining xarajatlarini amalga oshirish; davlat budjeti mablag’larini boshqarish; davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi; davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va boshqalar. Download 113.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling