G’aznachilik” fanidan G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
I va II guruh xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish tartibi
Download 113.04 Kb.
|
gAZNACHILIK REFERAT
2.1. I va II guruh xarajatlari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish tartibiDavlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Buyurtmachilarning I va II guruh bo’yicha xarajatlar to’lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xrajatlarini II guruh xarajatlari to’lovlarisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari). Tegishli budjetga I va II guruh xarakatlari to’lovi uchun zarur mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, I va II guruh xarajatlarini to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi6. Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’ oluvchilar (buyurtmachilar) ning I va II guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlari YuMMR buyurtmalari, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo’yicha to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlari asosida ro’yxatdan o’tkaziladi va hisobga olinadi. Buyurtmachilar budjetga majburiy to’lovlarni to’lash, naqd pul mablag’larini olish yoki xodimlarning plastik kartalariga pul mablag’larini o’tkazish uchun YuMMR buyurtmalarida ko’rsatilgan summalar doirasida g’aznachilik bo’linmalariga to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlari taqdim etiladi. Bunda “UzASBO” DM ga ulangan buyurtmachilar to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlari belgilangan tartibda elektron raqamli imzo imzo bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmalariga elekron shaklda yuboriladi. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron shaklda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlari g’aznachilik bo’linmalari tomonidan bir ish kuni ichida g’aznachilik bo’linmasi mas’ul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O’RMV” AT dato’lovga qabul qilinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklar ko’rsailgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi. “UzASBO” DM ga ulanmagan buyurtmachilar to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlarini g’aznachilik bo’linmalariga qog’oz shaklida taqdim qiladilar va ularni ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga olishda g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari ish yuritadi. To’lov topshiriqnomalari g’aznachilik bo’linmalariga uch nusxada taqdim qilinadi: Birinchi nusxasi – buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomalari buyurtmachilarining g’aznachilik bo’linmalariga shaxsiy g’azna hisobvarag’i bo’yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshiriq bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi – to’lov topshiriqnomalari g’aznachilik bo’linmalarining vakolatli va ma’sul shaxslari tomonidan imzolanadi, g’aznachilik muhri izi bilan tasdiqlanadi va YaG’H dan xarajat to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. Uchinchi nusxasi – G’aznachilik bo’linmalarining “TO’LANDI” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan to’lov topshiriqnomalarining shaxsiy g’azna hisobvarag’idan ko’chirma bilan birga buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. Buyurtmachilarning I va II guruh xarajatlari boʼyicha moliyaviy majburiyatlari YuMMR buyurtmalari, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari boʼyicha toʼlov topshiriqnomalari va gʼazna memorial orderlari asosida roʼyxatdan oʼtkaziladi va hisobga olinadi. Buyurtmachilar budjetga majburiy toʼlovlarni toʼlash, naqd pul mablagʼlarini olish yoki xodimlarning plastik kartalariga mablagʼlarni oʼtkazish uchun YuMMR buyurtmalarida koʼrsatilgan summalar doirasida gʼaznachilik boʼlinmalariga toʼlov topshiriqnomalari va gʼazna memorial orderlari taqdim etadi. Bunda «UzASBO» DMga ulangan buyurtmachilar toʼlov topshiriqnomalari va gʼazna memorial orderlarini elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda gʼaznachilik boʼlinmalariga yuboradi. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari “Budjet tizimi budjetlarining g’azna ijrosi Qoidalariga ”ga muofiq bo’lganida, g’aznachilik bo’linmalarining mas’ul xodimlari to’lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga “TEKSHIRILDI” belgisini, to’lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o’zining imzosini qo’yadi. To’lov topshiriqnomalar talabga mos kelmagan holatlarda g’aznachilik bo’linmalarining orqa tomoniga qaytarish sabablarini ko’rsatgan holda ularni buyurtmachilarning ma’sul xodimlariga qaytradi. Gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari I va II guruh xarajatlari boʼyicha YuMMR buyurtmalari asosida «OʼRMV» АTga buyurtmachilari tomonidan taqdim qilingan toʼlov topshiriqnomalari va gʼazna memorial orderlarini kiritadi hamda ular boʼyicha toʼlovlarni amalga oshiradi. Bir shaxsiy gʼazna hisobvaragʼidan boshqa shaxsiy gʼazna hisobvaragʼiga mablagʼlar oʼtkazish uchun buyurtmachilar tomonidan gʼaznachilik boʼlinmalariga uch nusxada gʼaznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi. Buyurtmachilarning tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan gʼaznachilik memorial orderlarining birinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalariga buyurtmachilarning gʼaznachilik boʼlinmalariga shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi boʼyicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirigʼi boʼlib xizmat qiladi. Gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasi gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va buyurtmachilarning shaxsiy gʼazna hisobvaraqlaridan mablagʼlarni oʼtkazish uchun asos boʼladi. Gʼaznachilik boʼlinmalarining “TOʼLАNDI” belgisi bilan va toʼlangan sana qoʼyilgan gʼaznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi shaxsiy gʼazna hisobvaraqlardan koʼchirma bilan birgalikda buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytariladi. Bunda gʼaznachilik memorial orderlarining «Toʼlov maqsadi» ustunida toʼlov turlari boʼyicha maʼlumotnomaga asosan tegishli toʼlov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi raqami, STIRi va nomi, budjet tasnifining tegishli kodlari, toʼlovni oʼtkazishga asos boʼladigan hujjat, shuningdek toʼlov maqsadi koʼrsatiladi. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan gʼaznachilik memorial orderlari boʼlganda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimi gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga «TEKSHIRILDI» belgisini, gʼaznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va oʼzining imzosini qoʼyadi. Gʼaznachilik memorial orderlari talablarga nomuvofiq boʼlgan hollarda gʼaznachilik boʼlinmalarining masʼul xodimlari gʼaznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini koʼrsatgan holda uni buyurtmachilarning masʼul xodimlariga qaytaradi. Gʼaznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini gʼaznachilik boʼlinmalarining vakolatli va masʼul shaxslarining imzolari va gʼaznachilik boʼlinmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʼng amalga oshiriladi. Download 113.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling