G’aznachilik” fanidan
Byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning tasniflanishi
Download 88.59 Kb.
|
O.Xolmurodov 91-2 Referat
2. Byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning tasniflanishi.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi. Davlat maqsadli jamg’armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi. Davlat byudetidan xoli bo’lgan davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib boorish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda. Quyida keltirilayotgan 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020 yilda davlat maqsadli jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35 413,6 mlrd. so‘m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so‘m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so‘m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so‘m va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so‘m bo’lishi prognoz qilingan. Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, mamlakatmiz moliya tizimida davlat maqsadli jamg’armalarining o’rni beqiyos bo’lib, ular nafaqat moliya tizimi barqarorligida balki aholining ijtimoiy turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Shu boisdan, hozirgi kunda davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning moliyaviy barqarorligi oshirishga qartilgan islohotlar faol tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Yuqoridagi tahlil natijalarga asoslangan holda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz moliya tizimining asosiy bo’g’inlaridan hisoblangan davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatining rivojlantirilishi va ularning molyaiviy barqarorligini yanada oshirilishi pirovardida moliya tizimi barqarorligining mustahkamlanishiga imkon yaratadi.
Download 88.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling