G’aznachilik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
Download 11.97 Kb.
|
G’aznachilik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Byudjet tizimi Byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni va tarkibi
- “Byudjet tizimi Byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari” qabul qilindi
Shuningdek, ushbu qaror asosida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag’larini jalb etgan holda Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar to’lovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat byudjeti g’azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilinishi belgilandi.2007 yil 20 martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 53-sonli Qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risida Nizom” qabul qilindi. Mazkur Nizom “Davlat byudjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594 sonli (27.02.2007) qaroriga muvofiq ishlab chiqildi hamda G’aznachilikning asosiy vazifalari, funktsiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilab berdi. “Byudjet tizimi Byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni va tarkibiKeyingi yillarda ham davlat Byudjeti g’azna ijrosining me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850-son (22.12.2016) bilan ro’yxatga olingan“Byudjet tizimi Byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari” qabul qilindiMazkur “Qoidalar” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarini qo’llash sharoitida respublika Byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi Byudjeti va mahalliy Byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.“Byudjet tizimi Byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari” qabul qilindiUshbu “Qoidalar” quyidagilarni belgilab berdi: G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna hisobraqamlarini qo’llash sharoitida respublika Byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi Byudjeti va mahalliy Byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini; Respublika g’azna hisobraqami va hududiy g’azna hisobraqamlarini yuritish tartiblarini, Respublika Byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi Byudjeti va mahalliy Byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi, Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish tartiblarini, Yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini, Byudjetdan mablag’ oluvchilarning Byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar Download 11.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling