G'aznachilikda byudjet tashkilotlari xarajat smetalari va ularga kiritiladigan o‘zgarishlarni ro‘yxatga olish


Xarajatlar smetalarini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi


Download 34.35 Kb.
bet3/5
Sana29.03.2023
Hajmi34.35 Kb.
#1306667
1   2   3   4   5
Bog'liq
byudjet.axrorov

Xarajatlar smetalarini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi

Yuqoridagi paragrafda O`zbekiston Respublikasida budjetdan moliyalashtirish va budjetdan mablag` oluvchilarning aksariyat qismini tashkil qiluvchi budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish-ning me'yoriy-huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar sharhini keltirgan edik. Ushbu hujjatlar qatorida nomi keltirilgan "O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o`tkazish tartibi to‘g’risida Nizom"3 bugungi kunda budjet tashkilotlari xarajatlanni smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi.
Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo`yicha, 4 guruh xarajatlarining to`liq yoyilmasini va hisobkitoblar-ni o`z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo`lib, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi.
Xarajatlar smetasini tuzish bo`yicha ishlarni tashkil etish davomi-da O`zbekistoRespubiikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo`limlari o`zlariga bo`ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining budjetni tuzish tartibi va muddati to‘g’risidagi qaroridan va moliya organining ushbu masala bo`yicha ko`rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g’risida ko`rsatmalar beradi.
Bir vaqtning o`zida o`zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko`rsatkichlari asosida (sinflar, o`quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kimlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladi.
Xarajatlar smetasi bo`yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag`larga boigan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko`rsatkichlari va iqtisod qilishning qatiy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart.
Yuqorida ko`rsatilgan xarajatlar, shuningdek, Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo`yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko`rsatkichlar va uslublar qo`llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro`yhatdan o`tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
Kelgusi yilga ochilishi kerak bo`lgan tashkilotlarni tashkil etish, saqlash bo`yicha xarajatlar smetasi tegishJi vazirliklar, idoralar hamda tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo`limlari tomonidan har bir tashkilotga alohida, mehnatga haq to`lash shartlari va faoliyat ko`rsatayotgan shunga xshash tashkilotlarda mavjud boigan xarajatlarining o`rtacha me'yorlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunda, yangi tashkilotlarni saqlash xarajatlari ushbu tashkilotlar faoliyatining boshlanishi moijallanayotgan muddatlardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, smeta xarajatlari quyidagi xarajat guruhlari bo`yicha rejalashtiriladi: 1 guruh - Ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar (stipendiyalar va boshqalar); // guruh - Ish beruvchilarning ajratmalari (ish haqiga ustamalar); /// guruh - Kapital qo`yilmalar; IVguruh - Boshqa xarajatlar.
Bu tadbirlar budjet tashkilotlari xarajatlarini to`lovlari va oqilona rejalashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, mablag`larni iqtisod qilish, budjetdan tashqari mablag`larni jalb qilishga yangicha talablarni qo‘ymoqdaki, ushbu talablar budjetdan moliyalashtirish, budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar smetasini tuzish hamda ijro etish jarayonlarini chuqurroq o‘rganishni talab etadi.




  1. Download 34.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling