Gazni kimyoviy qayta ishlash texnalogiyasi
Download 290.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqTajriba mashg\'uloti№ 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan o’qituvchisi : Asadova D.F. Ishdan maqsad
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI “Gazni kimyoviy qayta ishlash texnalogiyasi” kafedrasi NEFT VA GAZ KIMYOSI fanidan Neft va neft mahsulotlarining tarkibini fizikaviy va kimyoviy usullar bilan o’rganish: neft va neft mahsulotlarini haydash usuli mavzusidagi tajriba mashg’uloti Fan o’qituvchisi: Asadova D.F. Ishdan maqsad: neft va neft mahsulotlarini haydash usuli bilan tanishish.
Fraksiyalash deb, murakkab aralashmalarni oddiy tarkibli yoki alohida (individual) tuzilishiga ega bo’lgan komponentlarga ajratishga aytiladi. Neftni turli xil usullar bilan shunday ajratish, neft moddalarning fizik –kimyoviy xossalari o’rtasidagi farqni mujassamlaydi. Neftlarni shunday ajratish (fraksiyalash) neft moddalarining fizik – kimyoviy xossalarining xilma – xilligiga, farqiga asoslanib, turli usullar yordamida o’tkazish mumkin. Bu maqsadlarda, ko’p hollarda, qaynash haroratining farqi (haydash, rektifikasiya); asosan molekulyar massaga bog’liq bo’lgan bug’lanish tezligi (molekulyar haydash va yupqa qatlamli bug’lanish); turli g’ovakli jismlarda adsorbsiyaga moyilligi (xromatografiya); turli erituvchilarning erituvchanligi (ekstraksiya); (eritmalardan kristallanish) erish temperaturasi va boshqalar. Ba`zida fraksiyalashda alohida usullar umumlashtiriladi; masalan, ekstraksiya va haydash (ekstraktiv haydash (razgonka) yoki adsorbsiya va rektifikasiya (gipersorbsiya), adsorbsiya va ekstraksiya (mumli moddalarni tahlil qilish) va hakozalar… Og’ir yoqilg’ilarni haydashda toza va quruq silindr ishlatiladi. Benzinni haydash o’lchovchi silindr suvli idishning ichiga joylashtiriladi va u qalqib yurmasligi uchun uning tagiga taqasimon yuk osiladi. Silindrni teshigi (og’zi) vata bilan berkitilgan. Kolbani qizdirish uchun gaz gorelkasi yoki qizdirishni boshqarish imkonini beruvchi reostatli elektrik qizdirgichlarni ishlatish mumkin. Qurilma yig’ilgandan so’ng kolbani bir tekisda qizdirish boshlanadi. Neft mahsulotlari bug’lanadi, sovutkichda kondensaciyalanadi va o’lchovchi silindrga tushadi. Razgonkani standart sharoitlarda nazorat qilish uchun qizdirishni shunday boshqarish kerakki, unda qizish boshlanishidan to distillyatning birinchi tomchisi silindrga tushgunicha 5 minutdan kam bo’lmagan va 10 minutdan ko’p bo’lmagan vaqt o’dtishi kerak (kerosin yoki dizel yoqilg’ilari uchun 10 – 15 min.) O’lchov silindriga birinchi tomchi kelib tushgan paytdagi temperatura qaynashning boshlanish temperaturasi deb belgilab olinadi. Uzoq isitish jadalligi bir hildagi haydash tezligini ta`minlashi kerak. Bu 1 minutda 4 – 5 ml, tahminan 10 sekundda 20 – 25 tomchi. Yozilgan natijalar bo’yicha fraksion tarkibini aniqlash berilgan neft mahsulotining texnik shartlari ishtirokida o’tadi: qabul qiluvchi silindrdagi suyuqlik sathi 10, 50, 90, 97, 98 bo’lgandagi temperaturalar belgilab olinadi, yoki aksincha 100, 200, 260, 2700S temperaturalardagi haydalgan suyuqlikning miqdori (% hisobida) belgilab olinadi. 90 % neft mahsuloti haydalgandan so’ng qizdirish haydashning ohirigacha boshqariladi, qizdirish boshlanguncha 3 minutdan 5 minutgacha o’tadi. Kerosin va yengil dizel yoqilg’ilarini haydashda yoqilg’i 95 % haydalganidan so’ng qizdirish kuchaytirilmaydi. Qizdirish o’lchov silindrida berilgan neft mahsulotidan haydalgan otgonning hajmi yuqori me`yoriy miqdori (97,5, 98 % va shu kabilar) teng bo’lganda ulanadi. Agar qaynashning ohirgi temperaturasi normallashsa, unda termometrning simobli ustunchasi, biror balandlikda to’htamaydi shu bilan qizish ham davom etaveradi. O’lchov silindrida distillyat hajmining ohirgi qayd qilinishi qizdirish to’htatilgandan keyin, distillyat sovutgichdan oqib o’tgandan keyin 5 minut oralig’ida o’tkaziladi, qoldiq kattalikni o’rnatish uchun qurilma ajratiladi va issiq qoldiq 10 ml sig’imli silindrga quyiladi. 20 – 30S gacha sovuganidan keyingi qoldiqning hajmi belgilanadi. Haydashning hamma hisoblashlari 0,5 ml va 10S gacha aniqlikda olib boriladi. Distillyat hajmlarining yig’indisi va qoldiq hajmi bilan 100 ml orasidagi farq yozib olib haydashdagi yo’qotish aniqlanadi Agar haydash jarayonining barometrning bosimi 770 mm simob ustuni (102 – 103 Pa) dan yuqori yoki 750 mm simob ustunchasi (99,8 – 103 Pa) dan past bo’lsa, unda termometrning ko’rsatishi quyidagi tuzatgich formula yordamida tuzatiladi: Download 290.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling