Gazning asosiy qismi (90%) reaktordan chiqib sovutish uchun X-1 kondensatoriga beriladi va reaktor R-2 ga beriladi. X-1 kondensatorida past bosimli par olinadi. Gazni sovushi natijasida oltingugurt kondensirlanadi va serazatvor orqali chiqarib olinadi. - Gazning asosiy qismi (90%) reaktordan chiqib sovutish uchun X-1 kondensatoriga beriladi va reaktor R-2 ga beriladi. X-1 kondensatorida past bosimli par olinadi. Gazni sovushi natijasida oltingugurt kondensirlanadi va serazatvor orqali chiqarib olinadi.
- Reaksion gazni bir qismi (10%) kondensator X-1 ga berilmasdan undan chiqadigan sovuq gaz bilan aralashtiriladi. R-1 ga berilayotgan gazlar aralashmasini harorati 2250C ni tashkil qiladi.
- Kondensatorlardan olinayotgan suyuq oltingugurt tarkibida 0,02 – 0,03% mass H2S bo‘ladi. Bu oltingugurtni degazasiya qilish uchun maxsus blok hovuzlar qo‘llaniladi. Degazasiyadan so‘ng oltingugurt tarkibidagi Н2S ni miqdori 0,0001% gacha pasayadi.
- Vodorod sulfidni reaktor-generatordagi konversiyalanish darajasi 58% - 63% ni tashkil qiladi. H2S ni qolgan qismi katalitik reaktorlarda konversiyalanadi. Katalitik reaktorlarda jarayonni harorati 2750C – 3000C ni tashkil qiladi.
- Gazlar oxirgi bosqich kondensatoridan o‘tgandan so‘ng tarkibida reaksiyaga kirmay qolgan H2S bo‘lganligi sababli yoqish o‘chog‘ida yoqib yuboriladi. Bunda H2S ni SO2 aylantirish reaksiyasi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |