Gedrosfera va uni muhofaza qilish. Tabiatda suv va uning ahamiyati. Ichimlik suvi yetishmovchiligi. Sanoatda yopiq aylanma suv tizimi
Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo‘layotgan asosiy muammolar
Download 1.02 Mb.
|
sdsad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrosferaning ifloslanishi.
- Suv resurslarini ifloslanishiga 2 xil omil taʹsir koʹrsatadi: Tabiiy omil
- Suvda har xil zararli moddalar toʹplanib suvning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi oʹzgarmoqda.
Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo‘layotgan asosiy muammolar.
Bir tonna koʹmir qazib olish uchun 2-4 m3 suv, 1 tonna neft mahsulotlarini qayta ishlashga 30-40 m3 suv, 1 tonna shoyi ishlab chiqarishga 400 m3 , 1 tonna mis, karton va qogʹoz ishlab chiqarishga 500 m3 suv, 1 tonna azotli oʹgʹitlar ishlab chiqarishga 600 m3 suv, 1 tonna ip-gazlamaga 1000-1500 m3 suv, 1 tonna sintetik tola olish uchun 3500 m3 1 tonna sintetik tola olish uchun esa 2500-5000m3 suv sarflanadi. Ishlab chiqarilgan bitta mahsulot birligiga sarflangan suv miqdorini suv sarflash koeffitsenti –deb ataladi va m3/t oʹlchov birligida oʹlchanadi. Masalan, 1 tonna nikel ishlab chiqarishda 400 m3 suv, 1 tonna ammiak ishlab chiqarish uchun 1500 m3 suv, 1 tonna azot kislotasi ishlab chiqarish uchun 100 m3 suv sarflanadi. Kimyo sanoatida suv xom-ashyo va reagent, isituvchi va sovutuvchi, erituvchi, katalizator, xom-ashyolarni texnologik jarayoniga tayyorlab beruvchi modda sifatida qoʹllaniladi. Kimyo sanoati suvni eng koʹp sarflaydi, shuning uchun bunday korxonalar suv manbaiga yaqin joylarga quriladi. Kapron tola ishlab chiqaradigan korxona, axolisi 120 ming kishi boʹlgan bitta shaxar suvini sarflaydi. Yirik elektr kimyo kombinatlari, 800 ming nafar axoliga yetadigan suvni sarflaydi. Dunyo mamlakatlari Xalq xoʹjaligining turli soxalarida suvdan foydalanish oʹrtasida turlicha koʹrsatgichlariga ega. Masalan, agar Evropa mamlakatlarida sanoat tarmoqlari 48 % suv, qishloq xoʹjaligida esa 39% suv sarflansa, Osiyo mamlakatlarda bu koʹrsatgichlar mos ravishda 5 % va 88 % ni tashkil etadi. Agar Afrika mamlakatlarida sanoat tarmoqlarida 4 % suv va qishloq xoʹjaligida 72 % suv sarflansa, Shimoliy Amerikada bu koʹrsatgichlar mos ravishda 36 % va 36 % suvni tashkil etadi. Agar Avstraliyada sanoat tarmoqlarida 36 % suv va qishloq xoʹjaligida 50 % suv sarflansa, MDX da bu koʹrsatgichlar mos ravishda 28 % va 62 % suvni tashkil etadi Yer sharidagi suvning umumiy xajmi 1400 mln. km ga teng boʹlib, uning atigi 3%ini chuchuk suvlar tashkil qiladi. Insoniyat ishlab chiqarishda qishloq xoʹjaligida, katta miqdorda suvni isteʹmol qiladi. Gidrosferaning ifloslanishi. Chuchuk suv tanqisligi muammosi. Ma`lumki, minglab yillar davomida ajdodlarimiz suvni muqaddas bilib, “uni ifloslasang katta gunoh boʹladi” –deb uqtirib kelishgan, suvni eʹzozlashgan, undan oqilona foydalanishgan, ariqdagi suvlardan bemalol ichimlik suv sifatida foydalanishgan. Suv resurslarini ifloslanishiga 2 xil omil taʹsir koʹrsatadi: Tabiiy omil – Atmosferadagi turli zararli moddalarni yogʹinlar bilan suvga tushishi, shamol taʹsirida, sizot suvlari yordamida foydali qazilmalar tarkibidagi zararli moddalarning oqar suvlarga qoʹshilishi va hokazolar; Sunʹiy omil – sanoat, qishloq va komunal xoʹjalikdan chiqayotgan oqova suvlar, aniqroq qilib aytganda, Insonning xoʹjalik faoliyati taʹsirida suvning ifloslanishi. Maʹlumki, mana shu (sunʹiy) omil, soʹngi yillarda nafaqat suv balki, barcha tabiat komponentlariga oʹzining salbiy taʹsirini koʹrsatmoqda. Sanoat va qishloq xoʹjaligining rivojlanishi bilan bogʹliq holda, turli kimyoviy vositalarning qoʹllanilishi natijasida suvlar ham yaroqsiz holga keldi. Natijada suv va suvdan foydalanishni ham davlat tomonidan nazorat qilish nafaqat zarur, balki shart boʹlib qolmoqda. Bu esa ichimlik suvlarining ifloslanishi manbalarini aniqlash, ularni zararsizlantirishning samarador usullarini ishlab chiqishga alohida e`tibor qaratish zarurligini anglatadi va u hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining Oʹzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda, “Ekohaftalik – 2017” tadbiri doirasida “Tabiiy resurslarni barqaror boshqarish – atrof -muhitni muhofaza qilishning muhim omili” mavzusida taskil qilingan davra suhbatida qatnashgan, Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi boshligʹi, Nadejda Dotsen- koning aytishicha – hozirgi kunda, Yer sayyorasini qoplagan suvning 97.5 % ini shoʹr, 2.5 % ini chuchuk suvni tashkil qiladi. Yer yuzi aholisining 2.8 milliardi yaʹni, 40 % i suv tanqis boʹlgan hududlarda yashaydi Aholining dunyo miqyosida yildan-yil ortib borishi yangidan-yangi, ilgari kuzatilmagan muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ana shunday dolzarb muammolardan yana biri ichimlik suv masalasidir. Masalaga yuzaki qaraganda sayyoramizda suv behisob cheksiz-chegarasizdek boʹlib koʹrinadi. Suv zahiralarining, jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi va ifloslanganligi bitin Dunyo ommasini katta tashvishga solmoqmoqda.. Suv zahiralarining kamayib ketishi va havzalardagi suvning sifati tobora yomonlashib borishiga mintaqamizda 60-yillardan boshlab yangi yerlarning keng koʹlamda oʹzlashtirilishi, sanoat, chorvachilik majmualarining rivojlantirilishi, kollektor zovur tizimlari qurilishi hamda urbanizatsiyaning kuchayishi oʹzining salbiy taʹsirini koʹrsatdi. Suvda har xil zararli moddalar toʹplanib suvning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi oʹzgarmoqda. Organik va mineral qoʹshilmalar miqdori ortib, zaharli birikmalar paydo boʹlmoqda. Tabiiy-ki bunda, suv tarkibida kislorod kamayadi. Bakteriyaning turlari va miqdori oʹzgaradi va yuqumli kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalar paydo boʹladi. Yopiq aylanuvchi suv sistemalari va suv tozalash inshoatlari haqida tushuncha. Ichimlik suvini toza va sof holda saqlash uchun suv aylanishi tizimida yopiq foydalanish usulini tashkil qilish lozim. Suvdan foydalanishda tejamkorlik va oqilona ishlatishni yo'lga qo'yish uchun tashkilotlarda quyidagi Yo'nalishlarda ish olib boorish istiqbolli hisoblanadi. Suvsiz yoki kam suv bilan ishlaydigan texnologiyani ishlab chiqarish va shunga rioya qilish. Qaysi sohada bo'lsa ham imkon bori qadar suvni kam ishlatish. Suv bilan ta'minlash ishlarida suvning bekorga oqizishni va suv yuruvchi trubalaming teshik yoki yorliq bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, bu borada foydalanadigan apparatlar va qurilmalarni takomillashtirib borish. Kimyoviy reaktsiyalar paytida hosil bo'ladigan issiqlikdan unumli foydalanish. Tabiiy energiya manbalari va ikkilamchi matyeriallardan to'liq foydalanish. (kislotalar, ishqor, tuzlar va boshqalar) Sarflanayotgan gazni tozalash uchun suvni tejab foydalanish va gaz tarkibidan qimmatbaho moddalami ajratib olish. Oqar suvlami imkoni bori qadar toza saqlashga yerishish. Suvdan yopiq tizimda foydalanish deganda, suvni olish va foydalanishda barcha suvlar toza bo'lishi kerak, balki yomg'ir suvlarini tozalab foydalaniladi. Bu usulda bir suvdan bir necha marta foydalanish mumkin, suvning kamayishi juda bo'ladi. Buni quyidagi rasmda ko'rish mumkin. Ushbu rasmdan suv aylanishi ko‘rinib turibdiki, suv aylanishi juda oddiy nasos stantsiyasi texnik suvni ishlab chiqarishga beradi, keyincha-lik suv tozalanadi va nasos stantsiyasi orqali yana ishlab chiqarishga qaytadi. Suvdan qaytadigan holda foydalanish va uning ishlab chiqarishda yo‘qotilishi. Quyidagi formula asosida aniqlanadi,% Bu yerda Qqur - aylanadigan suv miqdori m3 /ch; Qtash s— suv bilan ta’minlaydigan qurilmadan olingan suv miqdori; Qay.s- tashkilot tomonidan tashlanadigan suv miqdori m3 /ch; Qx/a - xomashyodan keladigan so‘m, m3 /ch Suvdan foydalanishning yopiq tizimini tashkil qilish juda qiyin. Har doim suvni tozalab turish kerak, qurilmalardan korroziyani kamaytirish uchun ham maxsus moddalar solish kerak. Trubalarda cho‘kmalaming cho‘kib qolishiga imkon byermaslik kerak. Suvdan yopiq usulda foydalanish xalq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshiradi va atrof muhitni toza saqlab, ekologik toza mahsulotlar etishtirishga yerishadilar.
Aylanma suv ta’minlash tizimi Toza suvni samarali va ishlatish miqdorini kamaytirishnmg asosiy yo‘li — bu aylanma suv ta’minlash tizimlarini (sistemalarini) tashkil etishdir. Aylanma suv ta’minlash sistemalarining ba’zi sxemalarini quyidagi chizmalardan ko‘rish mumkin: bu yerda K— korxona, CC— sovitish sistemasi, HC—nasos stansiyasi, TI — tozalash inshooti a — sxemada suv issiqlik agenti sifatida qoMlaniladi va ushbu suv ishlatish jarayonida ifloslanmaydi, faqat salqiziydi. Shuning uchun uni qayta ishlatishdan oldin suv sovitish moslamalarida (фадирня) harorati pasaytiriladi; b — sxemada suv qayta ishlatishdan oldin mavjud usullar yordamida tozalanadi; d — sxemada suv ham sovitiladi, ham tozalanadi. Нагbir ko‘rib chiqilgan hollarda sistemada suvning ishlatilishi natijasida uning miqdorini kamayishi kuzatiladi, shuning uchun vaqti bilan sistemaga qo‘shimcha suv berib turiladi. Aylanma usulda suvni ishlatish uning sarfini 10—50 marta kamaytiradi. Masalan, It. kauchuk olish uchun oddiy usulda 2100 m3 toza suv sarf boMadi, aylanma usulda esa faqat 165 m3 suv sarf boMadi. Ushbu usulda kapital va ekspluatatsion sarf-xarajatlar ham kamayadi. Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarish tarmogMga tegishli hamma korxonalarda suvlarni ishlatish aylanma ta’minlash sistemasidan foydalanishga o‘tilyapti. Masalan, kimyo sanoatida bu usul 82,5 % gacha o‘sdi. Aylanma sistemada qoMlaniladigan suv qator talablarga javob berishi kerak: 1) karbonat qattiqligiga; suv muhitiga - pH ga; 2) muallaq va biogen zarralar miqdoriga; 3) suvning BPK va XPK ko'rsatkichlariga. Aylanma suv asosan issiqlik almashtirgichlarga berilgan material oqimlaming ortiqcha issiqllgini olish uchun ishlatiladi. Bunda suv bir necha marta 40—45°C gacha qiziydi va sovitiladi. Unmg ko‘p qismi bugManish yoki sachrash oqibatida yo‘qoladi. Bundan tashqari suv ishlatish mobaynida qisman korroziya mahsuloti va biologik moddalar bilan ifloslanishi mumkin (quvur ichidagi suv qorayib qoladi). Shuning uchun vaqti-vaqti bilan sistemadagi suvning bir qismi yangi suv bilan almashtiriladi. Suv quvurlar va issiqlik almashtirgichlari ichida harakatlanishi natijasida ularning devorlarida kalsiy karbonat quyidagi reaksiya asosida hosil boMib, o‘tirib qoladi: CaJ+ + 2НСО,- SCaC03 + C02 + H20 Kalsiy karbonatning suvda erishi haroratni ko'tarilishi bilan pasayadi. Shuning uchun aylanma sistemalarda ishlatiladigan suvlarning qattiqligi past bo‘lishi lozim va bunday suvlar ishlatilishidan oldin albatta maxsus texnologiya asosida tuzsizlantirilishi lozim. Biosfera va uning vazifalari. Tabiatdagi moddalarning aylanma harakati. Tabiatdagi moddalarning katta giologik va kichik biologik aylanishi. Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir: -hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o'rganish; -biosferadagi jarayonlarni o'rganish, boshqarish, bashorat qilish insonning yashash muhitini saqlash; -biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir. Dastlabki ekologik tushunchalar haqida qadimgi yunon olimlari asarlarida ham ma'lumotlar keltirilgan. (O'simlik va hayvonlar, inson hayotining atrof muhit bilan bog'liqligini Ibn Sino, Beruniy asarlarida, shuningdek A.Gumboldt, J. Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritilgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling