Gegel falsafasi Reja: Gegel hayoti va ijodi Gegel falsafasi Gegel ta`limoti Gegel hayoti va ijodi
Download 19.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqGegel falsafasi Reja Gegel hayoti va ijodi Gegel falsafasi Gege
Gegel ta`limoti
Gegel oʼz taʼlimotini butun Gʼarb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan boʼlsada, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining soʼnggi, yuqori bosqichi deyish mumkin. Gegel falsafiy taʼlimotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida «olamiy ruh», «olamiy aql», «mutlaq ruh», «mutlaq gʼoya», deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bogʼliq boʼlmay, u tabiat va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud boʼlgan. Bu maʼnoda, «olamiy», «mutlaq» ruh tushunchasi «ilohiy ong» tushunchasiga hamohang va mutanosibdir. Faylasufning eʼtirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari bilan tamomila mushtarak, umumiydir; dinga xos narsa abadiy haqiqat, xudo va uni anglashdir; falsafa dinni qay darajada kashf qilsa, oʼzini shu darajada namoyon etadi va aksincha, u qay darajada oʼzini namoyon etsa, dinni shu darajada kashf qiladi; din va falsafa oʼzaro mutanosibdir. Gegelning fikricha, agar xudo dinda eʼtiqod shaklida tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yoʼl bilan bilinadi. Gegelning taʼkidlashicha, xudo barcha narsalarda mavjud boʼlib, u faqat sof tafakkurdagina, oʼzining mohiyatiga mutanosib shaklda, mukammal namoyon boʼladi. Gegel falsafasida yakun topgan mutlaq bilim xudoning inson timsolidagi «oʼzini oʼzi bilishdan» boshqa narsa emas. Gegel taʼlimotida rivojlanish «triada» — 3 bosqichlilik (tezis, antitezis va sintez) shaklida yuz beradi. Shunga muvofiq, mazkur falsafaning markaziy tushunchasi — «mutlaq ruh» dialektik rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bosib oʼtadi: 1. «Mutlaq ruh» ning tabiat yaratilganiga qadar boʼlgan sof tafakkur bosqichi. 2. «Mutlaqruh» ning tabiatga aylanishi. 3. «Mutlaq ruh» ning tabiatiing inkori sifatida yana oʼziga qaytishi. Gegel taʼlimotiga binoan olam ruhiy tabiatga ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz beradiki, sof ilohiy tafakkurning ichki mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech ham mutanosib boʼlmagan jismiy borliq — tabiat shakliga oʼtadi va shu bois, uning uchun mudhish holat — ziddiyat vujudga keladi. Harakat — dialektik rivojlanishning muhim tamoyili boʼlib, u ayni ziddiyatning mahsulidir. Xuddi tabiatiing oʼzida ruhning undan, yaʼni oʼzining «oʼzgacha borligʼi — begonalashuvidan» yana «oʼziga qaytishi» boshlanadi. Oʼz hayotining ilk bosqichlarida hali tabiat qoʼynida boʼlgan inson ongning vujudga kelishi (fenomenologiya) natijasida oʼz mavjudligining ibtidoiy holatidan asta-sekin uzilib, koʼtarila, yuksala boshlaydi va u ruhiy mavjudot («subʼektiv ruh») sifatida, oʼzining bunday mohiyatini tegishli (anglovchi va xoxlovchi) xususiyati va uning mazmuniga mos tarzda payqamas, oʼzlashtirmas ekan, ibtidosi qanday boʼlsa, shundayligicha qolaveradi. «Obʼektiv ruh» ning koʼrinishlari ijtimoiy hayot shakllari — huquq, axloq, urf-odat va davlat ham xuddi shunday tadrijiylik jarayonlarini bosib oʼtadi. Bu yerda ham boshka joylardagidek, uchinchi bosqich uzidan avvalgi ikkitasining omixtasi (sintezi) hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda huquqiy mazmun bilan axloqiy eʼtiqodning mushtarakligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur mushtaraklik davlat timsolida oʼzining oliy ifodasini topadi. Xudo subʼektivlik bilan obʼektivlikning (biluvchi va biluvchiga bogʼliq boʼlmagan mohiyatning) birligidir. Substantsiya (mohiyat) va biluvchi (subʼekt) ning mutlaq ayniyligini mushohada qilish, tasavvur etish va bilish, yaʼni «mutlaq ruh» ning uchta shakli «obʼektiv ruh» ning tegishli koʼrinishlariga tayanadi. Mazkur mushtaraklik sanʼatda «mushohada» qilinadi, dinda esa «tasavvur» etiladi, faqat mutlaq ilm — falsafada u bilinadi, yaʼni ayni shu yerda pirovard maqsadga — inson cheklangan mohiyatining cheksizlikka daxldor boʼlishligiga erishiladi. Ilohiy aql b-n ana shu mushtaraklik Gegel falsafasining sir-sinoati, asl maʼnosini tashkil etadi. Gegelning falsafiy taʼlimoti davlat va tarixii tushunish sohalariga katta taʼsir kursatdi. U umumiy jahon tarixiga «olamiy ruh» ning oʼzini oʼzi anglash jarayoni va shu bilan birga «ozodlikni anglashdagi taraqqiyot» sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan iboratki, inson oʼzining «mutlaq gʼoya» bilan mohiyatan birligini biladi va oʼzini obʼektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi (davlat va huquq) bilan tenglashtiradi. Bu hosilalar pirovard natijada «mutlaq ruh» tomonidan vujudga keltirilgandir. Ozod fuqaro oʼzining umumozodlik bilan jiddiy oʼxshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa oʼxshab koʼrinishini uning oʼzi biladi. Gegel falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va mikdor oʼzgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan. Gegel taʼlimoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan Oʼrta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, badiiy va umuman maʼnaviy dunyosi masalalari tegishli tarzda talqin topgan. Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling