Geliotexnika


Download 19.61 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi19.61 Kb.
#199645
1   2   3
Bog'liq
fizika



Issiqlik texnikasi - issiq lik olish, taqsimlash, tashish, undan xoʻjalik va roʻzgʻorning turli tarmoqlarida foydalanish bilan shugʻullanadigan texnika tarmogʻi; yoqilgʻining kimyoviy energiyasini issiklik, mexanik, elektr energiyasiga aylantirishning asosiy qonuniyatlarini, shuningdek, energetika qurilmalarida ishlatiladigan ish jismlarining xossalarini, I. t. qurilmalarining ishlash tarzini va ularni qurishni oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Termodinamika, issiklik uzatish, yonish nazariyalari I. t. ning nazariy asoslari hisoblanadi. I. t. da tabiiy organik yoqilgʻi asosiy issiklik manbai boʻlib xizmat qiladi. Bulardan tashqari, yadro yoqilgʻisi, quyosh energiyasidan (qarang GeliotexnikaGeliokurilma ham foydalaniladi. Shuningdek, ikkilamchi issiklik resurslaridan (mas, metallurgiya pechlarining gazlaridan), elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish natijasida hosil boʻladigan issiqlikdan (qarang Joul-Lens qonuni) foydalaniladi. Issiklikdan foydalanish usuli boʻyicha I. t. ning asosiy yoʻnalishlari — issiklikdan foydalanish va issiklik energetikasiga boʻlinadi. Issiqlikdan foydalanish da issiqlik boshqa turdagi energiyaga aylantirilmay isteʼmol qilinadi; metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoatlarida, neftni qayta ishlashda va ishi issiklikni keltirish hamda olib ketishga, jismlar orasida issiklik almashinishiga asoslangan apparatlar, mashinalar va qurilmalar qoʻllaniladigan xoʻjalikning boshqa tarmoklarda katta ahami-yatga ega. Issiqlik energetikasi issiqlikni mexanik energiyaga (issiqlik dvigatelya apuna), elektr energiyasiga (magnitogidrodinamik generatorlar, termoelektr generatorlarda) aylantirish b-n, shuningdek, hosil qilingan mexanik energiyani boshka turdagi energiyaga aylantirish bilan bogʻliq. Issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradigan qurilmalar bilan birga ishlatiladigan issikdik-kuch kurilmalari stansiyalar deb ataladi (mas, kompressor stansiyasi, nasos stansiyasi, elektr stansiya va b.). Issiklikdan texnologik va maishiy maq-sadlarda foydalanish turli isitish, issiklik bilan taʼminlash tizimlari yordamida amalga oshiriladi. I. t. da sunʼiy sovuq hosil qilish texnikasi ham muhim oʻrin tutadi
Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling