Geliş Tarihi / Receive
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
Download 195.43 Kb. Pdf ko'rish
|
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ ‚International journal of Humanities and Art ‛ [trk dergisi/2021] e-ISSN:2757-6388 Cilt/Volume:2 Sayı/Issue:1 28 Kirish Yer yuzida dastlabki ota-onaning birinchi farzandi dunyoga kelishi bilan bolalar adabiyoti ham maydonga kelishi inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir. Chunki bolalar adabiyotining asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash manfaatlariga qaratilgandir. Binobarin, bolalar adabiyoti namunasi yosh avlodni ilm-ma'rifat nuridan bahramand bo‘lishga chorlaydimi, kasb-hunar o‘rganishga chaqiradimi, eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladimi, bulardan qat'i nazar, uning bosh vazifasi farzandlarimizni ma'naviy-axloqiy kamolot ruhida tarbiyalashdir. Demak uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri uning nafaqat adabiy-estetik, balki ma'rifiy ahamiyat kasb etishi bilan ham belgilanadi. Badiiy adabiyot realistik adabiyot deb nomlanadimi, romantik adabiyot deb ataladimi, syurrealistik debmi, bundan qat'i nazar, dastavval, kitobxon qalbiga ezgulik urug‘ini sepishi, uni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Badiiy adabiyotning bosh vazifasi bundan ming yillar oldin ham shundan iborat edi, bugun ham, bundan ming yil keyin ham shundan iborat bo‘lib qolaveradi. ‚O‘zbek bolalar adabiyoti istiqlol davrida nimalarga erishdi?‛ degan savolga javob izlar ekanmiz, avvalo, o‘tgan davr mobaynida bolalar adabiyotimiz o‘z tabiiy o‘zanlariga qayta boshlaganini qoniqish bilan e'tirof etish joiz. Birgina misol: bugungi maktablarimizning yangi dasturlariga ‚Odobnoma‛ fani kiritildi, yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarimizdan Kaykovusning ‚Qobusnoma‛, Shayx Sa'diyning ‚Guliston‛ va ‚Bo‘ston‛, Navoiyning ‚Hayrat ul-abror‛, Xojaning ‚Miftoh ul-adl‛ va ‚Gulzor‛, Avloniyning ‚Turkiy Guliston yoxud Axloq‛ asarlaridan olingan parchalar mustahkam o‘rin egalladi. Binobarin, bolalar adabiyotimiz o‘zining bevosita ma'rifiy vazifasini bajarishga kirishdi. Bundan tashqari, yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tuzishda bugungi bolalar adabiyotimizning yetakchi namoyandalari asarlariga alohida e'tibor berildi, inchunin, farzandlarimiz insoniylik saboqlarini o‘z milliy zaminimizda yaratilgan milliy adabiyotimiz namunalari orqali egallay boshladilar, xalqimizning ko‘p ming yillik ma'naviy, adabiy, diniy qadriyatlarini qayta idrok eta boshladilar. Bularning barchasi yosh avlodning ma'naviy komil insonlar sifatida shakllanishi, o‘z kindik qoni to‘kilgan tuprog‘i – Ona Vatani, o‘z xalqi, o‘z millatining sodiq farzandi bo‘lib yetishuvlarida ulkan ma'rifiy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Chunki o‘zini hurmat qila oladigan, o‘z tarixi, o‘z madaniyati, o‘z adabiyotini e'tirof etadigan kishigina tom ma'nodagi vatanparvar bo‘la oladi. Ikkinchidan esa, o‘z qadriga yetgan odam o‘zgalarni ham qadrlay oladi, o‘z hurmatini bilgan odam o‘zgalarning ham hurmatini joyiga qo‘ya oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling