Gematit Montanit Slyuda Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.87 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Marmar, granoliorit
Reja: Marmar Granoliorit Marmar Marmar (lotincha: marmor, qadimgi yunoncha: μάρμαρος [marmaros] — yaltiroq tosh soʻzidan) — kristalli togʻ jinsi. Ohaktosh yoki dolomitning toʻla qayta kristallanishidan hosil boʻlgan. Mineral donachalarining oʻlchamiga qarab (0,05 — 2,25 mm) mayda, oʻrtacha va yirik donachali Marmarlar farq qilinadi. Mayda donachali Marmar sifatli hisoblanadi, chunki unda gʻovak va darzlik kam. Marmarningtarkibi, asosan, kalsit (SaSO3)dan iborat, ozroq MgO, GʻeO, Gʻe2O3. MpO, A1O2 va A12°z bOʻladi. Tarkibida MgO koʻp boʻlgan turi dolomitli Marmar deb ataladi. Marmarga boshqa minerallar (kvars, xalsedon, limonit, xlorit, gematit, pirit va boshqalar), shuningdek, organik birikmalarning kup qoʻshilganligi uning xossalarini (mustahkamligi, rangi, zichligi va h.k.) keng diapazonda oʻzgarishiga sabab boʻladi. Marmarga kvars qoʻshilgan boʻlsa uning mustahkamligi ortadi, binobarin ishlov berish ham qiyinlashadi. Qoʻshimchalar Marmarning sifatini yo oshiradi yoki kamaytiradi. Strukturasi bir xil boʻlgan Marmarlar sovuqqa chidamli boʻladi. Qurilish amaliyotida Marmar deb sayqal berish mumkin boʻlgan oʻrtacha qattiqlikdagi metamorfik jinsga aytiladi; bular — marmar, marmarlashgan ohaktosh, zich dolomit, ofikalsit, karbonatli brekchiya va kar-bonatli konglomeratlar. Marmarning rangi (qizil, pushti, sargʻish, qoʻngʻir, yashil, jigarrang, qora, kulrang, oq) turli xil kimyoviy va mexanik aralashmalarga bogʻliq. Marmarning fizik xossalari: zichligi 1900–2800 kg/m3, siqishga mustahkamlik chegarasi 10,0— 25,0 MPa, sinishga chidamlilik chegarasi 10—30 MPa, suv shimuvchanligi 0,15—0,50%, gʻovakligi 1%gacha. Qattiqligi 3—4. Marmarning bir tekis oq yoki qora ranglisi juda qadimdan xaykaltaroshliqda ishlatilib kelinadi. Oʻzbekistonning qad. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon va boshqa shaharlaridagi meʼmoriy obidalarida Marmarning katta harsang toshlaridan tortib, to mayda Marmar oniksi plastinkalarigacha ishlatilgan. Toshkent shahridagi koʻpgina teatr, maʼ-muriy binolar va metropoliten st-yalarida Oʻzbekiston Marmar ishlatilgan. Marmar karyerlarda, kam hollarda yer ostidan qazib olinadi. Yaxlit katta boʻlaklar tosh qirquvchi mashinalar, maxsus arralar yordamida qirqib olinadi. Marmar konlari Oʻzbekiston (Gʻozgʻon, Koʻkpatos, Omonqoʻton, Ogʻaliq va boshqalar), Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi (Kareliya, Ural, Sibir), Armaniston, Italiya, Gretsiya, Kuba, Fransiya, Norvegiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan Marmar konlari: Gʻozgʻon (yiliga 12 ming m3), Nurota (0,8 ming m3), Zarband (7 ming m3), Tomchiota (1,4 ming m3), Koʻchat (2 ming m3), Makrid (0,4 ming m3), Qaxralisoy (Qoraqalpogʻistonda) (1 ming m3) va boshqa Marmarning sanoat zaxiralari 50 mln. m3dan ziyod (2000). Marmar qazib oluvchi va ishlov beruvchi yirik korxona Xulosa Gazning juda katta zaxirasi Buxoro viloyatidagi Gazli konida 50-yillardayoq ochilgan edi. U juda katta xajmda Rossiyaning markaziy shaharlari va Uralga quvurlar orqali olib ketilgani natijasida hozir tugab bormoqda. Bundan tashqari, gaz konlari Ustyurt platasidagi SHoxpaxta, Kuanish nomli joylarda yura davri cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlari orasida ochilgan. O‘zbekiston hududida kumirning to‘rtta koni (Oxangaron SHarg‘un, Boysun, Kuxitang) ma’lum. Bulardan Oxangaron kung‘ir kumir koni Toshkent viloyatidagi Oxangaron daryo vodiysining o‘rta oqimida joylashgan bo‘lib, ochiq usulda qazib olinmoqda. Bu kumir konining zaxirasi respublikada topilgan barcha kumir zaxirasining 96,5 foizini tashkil qiladi. O‘zbekistondagi ikkinchi kon Surxondaryo viloyatining tog‘li qismidagi yuqori sifatli SHarg‘un toshkumir konidir. Kon dengiz satxidan 600-800 m balandlikda yura davri yotqiziqlari orasida joylashgan. Kumir qatlamlarining o‘rtacha qalinligi 4,5 m, ba’zilarining qalinligi esa 12 m ga etadi. Bu hududda Boysun va Kuxitang kumir konlari ham ochilgan bo‘lib, ular ham yura davri yotkiziklari orasidadir. Foydalanilgan adabiyotlar Betehtin A. G Mineralogiya kursi T., 1969; Uklonskiy A. S, Mineralogiya. M., 1940; Grigoryev D. P., Ontogenez mineralov, Lvov, 1961.[2 Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling