Gemo va lot globus yer, kurra odam, umurtqali va baʼzi


Download 298.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi298.81 Kb.
#1417015
  1   2   3   4
Bog'liq
gemoglabin



Gemoglobin
Gemoglobin (gemo... va lot. globus — yer,
kurra) — odam, umurtqali va baʼzi
umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan
nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga
qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan
toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan
nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib
oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir
porfirin — gemayan iborat. Gemoglobin
kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma
hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi


birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka
kapillyarlarida Gemoglobin kislorodga
boyiydi, toʻqima kapillyarlarida esa
kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi.
Turli organizmda gemoglobinning tuzilishi
turlicha. Sogʻlom odamning 100 g qonida
13—16% gemoglobin bor. Ayollar
qonidagi gemoglobin miqdori
erkaklardagidan kam boʻladi.
Gemoglobin miqdori maxsus asbob —
gemometr bilan aniqlanadi. Gemoglobin
miqdorini aniqlash muhim diagnostik
ahamiyatga ega. Qon kasalliklarining
aksariyati (anemiya) gemoglobin
tarkibining buzilishi bilan bogʻliq
[1]
.


Gemoglobin (Hb) - qizil qon tanachalari
(RBC yoki eritrotsit) tarkibidagi asosiy
oqsil boʻlib, kislorodni tashish
funksiyasini bajaradi.
[2]
Baʼzi hayvonlarda
gemoglobin plazmadagi erkin oqsil
sifatida harakatlanadi, RBC tarkibiga
kirmaydi. Odam organizmida gemoglobin
erkin holatda boʻlsa, uning 3%i kapillarlar
orqali toʻqimalarga oʻtadi yoki buyrak
glamerulyar aparati orqali tashqariga
chiqariladi. Shu sababli, odam
gemoglobin molekulasi


organizmidagi gemoglobin oʻz vazifasini
bajarish uchun RBC tarkibida boʻlishi
kerak.
[2]
RBClar har 100ml da 34gr gemoglobin
saqlash qobilyatiga ega.
[2][3][4]
 Odatda,
bu koʻrsatkichdan yuqori boʻlmaydi,
sabab bu koʻrsatkich gemoglobinning
hujayrada hosil boʻlish metabolik
chegarasi hisoblanadi. Sogʻlom
odamlarda Hb koʻrsatkichi odatda
maksimumga yaqin boʻladi, agar Hb
sintezida defitsitlar yuzaga keladigan
boʻlsa, koʻrsatkich ham ancha past
Gemoglobin miqdori


boʻladi. Buning hisobiga RBC larning har
biri Hb ga toʻyinishi maqsadida hujayralar
hajmi ham kichrayishi mumkin. Sogʻlom
erkaklarda gemoglobinning oʻrtacha
miqdori 145gr/l (130-160gr/l) ayollarda
esa bu koʻrsatkich 130gr/l (120-140gr/l)
boʻlishi mumkin.
[4]
Qondagi
gemoglobinning umumiy miqdori 600-800
gr ni tashkil qiladi. Gemoglobinning eng
yaxshi oʻrtacha miqdori 166,6gr/l
hisoblanadi. Har bir gramm Hb 1,34ml
kislarod tashishini inobatga olsak,
erkaklarda 100ml qon 20ml O2 tashisa
ayollarda 100ml qon 19ml kislarod
tashiydi.
Gemoglobin sintezi


Gemoglobin sintezi 
proeritroblastlarda
[2]
boshlanadi va 
retikulotsitlar 
bosqichigacha davom etadi. 
Yaʼniki, retikulotsitlar 
suyak ko
ʻmigidan chiqib 
qonga o
ʻtganda, ular yetuk 
eritrotsit bo
ʻlguncha yana 
bir kun
yoki shunga yaqin 
vaqtda gemoglobin 
sintezini davom ettiradi. 
Bir kecha kunduzda 8gr 
gemoglobin (organizmdagi 
gemoglobinning 1%i) 


parchalanadi va o
ʻt 
pigmentiga aylanadi.

Download 298.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling