Gemo va lot globus yer, kurra odam, umurtqali va baʼzi


Download 298.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi298.81 Kb.
#1417015
1   2   3   4
Bog'liq
gemoglabin

biriktira oladi.)
[2][3]
Organizmda Hb ning boshqa birikmalari
ham boʻlishi mumkin. Bunday
birikmalarga karboksigemoglobin HbCO
va metgemoglobin MetHb kiradi. Bu
Gemoglobinning patologik
birikmalari


moddalar baʼzi moddalarning
zahiralanishi oqibatida hosil boʻladi.
Karboksigemoglobin gemoglobinning CO
bilan birikmasi boʻlib, juda mustahkamdir.
Gemoglobindagi Fe ning CO ni biriktirish
qobilyati esa, O2 ni biriktirish qobilyatidan
300marta kuchli. Nafas bilan olinayotgan
havo tarkibida hatto 0,1% CO boʻlsa, 80%
gemoglobin HbCO ga aylanib, O2 biriktira
olmaydi, bu esa hayot uchun xavfli. Is
gazidan salgina zaharlanish qaytar
jarayondir. Toza havodan nafas
olinganda CO asta-sekin
karboksigemoglobindan ajralib chiqib
ketadi. Zaharlangan odamni sof kislarod
bilan nafas oldirilsa


karboksigemoglobinning parchalanishi
200 marta tezlashadi.
[2]
Gemoglobinning patologik birikmalaridan
boʻlgan metgemoglobin kuchli
oksidlovchilar: ferrisianid (qizil qon tuzi),
kaliy permanganatamilnitritpropil nitrit,
anilinbertole tuzifenatsitin taʼsir etganda
hosil boʻladi. Ayni vaqtda gemoglobin
tarkibidagi Fe ning valentligi oʻzgaradi –
ikki valentli Fe uch valentliga aylanadi.
Qonda metgemoglobin koʻp yigʻilib
qolganda qon toʻqimalarga O2 bera
olmaydi va organizm halok boʻladi.
Skelet va yurak mushaklarida mioglobin
deb ataluvchi muskul gemoglobini bor.


Undagi gem gemoglobin molekulasidagi
gemga oʻxshaydi, oqsil qismi globin esa
gemoglobin oqsiliga qaraganda kamroq
molekulyar ogʻirlikka ega. Odam
mioglobini organizmdagi jami
kislaroddan 14% gachasini biriktira oladi.
Mioglobinning bu xossasi ishlayotgan
mushaklarni O2 bilan taʼminlashda
muhim rol oʻynaydi. Mioglobinning
kislarodni biriktirish qobilyati juda yuqori
boʻlganligi uchun u mushaklarda kislarod
zahirasi hosil qiladi. Bunday zahiraning
mavjudligi uzoq vaqt ritmik ravishda
qisqarib faollik koʻrsatadigan muskullar 
(yurak, jagʻ mushagi kabi) uchun muhim.
Mushak qisqarganda kapillarlar qisilib,
mushakning baʼzi qismlarida qon yurishi


toʻxtab qolsada, mioglobinga birikkan O2
borligi tufayli mushak tolalari bir qadar
vaqtgacha O2 bilan taʼminlanib turadi.
Mushak boʻshashganda qon oqimi
tiklanadi va mioglobin yana kislarodni
biriktiradi. Yurakda kislarod bilan
taʼminlanish kamayib ketsa, yurak
mushagi toʻqimasi har bir grami oʻzidagi
mioglobindan 2ml O2 ajratadi. Bu miqdor
yurakning sistola vaqtidagi kislarodga
boʻlgan ehtiyojini qondira oladi.
Gemoglobin tarkibidagi gemoglobin
zanjirlari gemoglobinning kislarodni
bogʻlash koʻrsatkichini bildiradi. Anormal
gemoglobin zanjirlari gemoglobinning
fizik xarakterlarini ham oʻzgartiradi.
Masalan, oʻroqsimon anemiyada 2ta


betta zanjirlardagi glutamat oʻrniga valin
kelib qoladi. Bu turdagi hujayralar uzunligi
15mkm boʻlgan anormal kristalik
gemoglobin saqlaydi. Bunda hujayra
kapillarlarda harakatlanishda qiynalib
qoladi va hattoki okklyuziyaga sabab
boʻladi.
[4]
 Kiristallarning oʻtkir uchlari
hujayra membranasini yoradi va
oʻroqsimon anemiyani keltiradi. Bu
anemiya ota onadan oʻtib, odatda 5-6
oylikdan belgilari bilina boshlaydi.
Kasallik bilan umr koʻrish yoshi 40-60
yoshni tashkil qiladi. 11-xramasomada
joylashgan gemoglobin betta zanjirlarini
kodlovchi gendagi glutamat geni oʻrnida
valin geni boʻlishi bilan tavsiflanadi.
Odatda, bitta zanjirdagi bunday oʻzgarish


oʻroqsimon anemiyaga oʻxshash deb
belgilanadi va simptomlar deyarli
boʻlmaydi. Nikoh paytida turmush
oʻrtogʻidagi yana bir mutatsiya ularning
farzandi oʻroqsimon anemiya bilan
tugʻilishini taʼminlaydi. Bu kasallikning eng
koʻp uchrovchi belgisi ogʻriqlar va shishlar
hisoblanadi. Bu kasallik suyak iligi
transplantatsiyasi orqali davolanishi
mumkin. Bemorlar hayoti davomida
koʻproq suyuqlik isteʼmoli va ogʻriq
qoldiruvchi dorilar hamda boshqa turli
dori vositalari bilan yashaydi. Eng qiziq
tomoni bu anemiyaga chalingan
organizm bezgakka chidamli boʻladi. Eng
xavfli holatlardan okklyuziyani misol
aytish mumkin. Okklyuziya natijasida


ishemiya, ogʻriq va nekroz kelib chiqadi.
Ogʻriq vaqtida suyuqlik, opioidlar va qon
quyish amaliyoti bajariladi. Normada
eritrotsitlar taloqda parchalanishini
bilamiz, bu kasallikda eng birinchi ishdan
chiqadigan aʼzolardan biri taloq
hisoblanadi. Bunda taloqda ogʻriq,
kattalashish kuzatiladi. Oʻtkir koʻkrak
sindromida ogʻriq, isitma, oʻpka infiltrati,
gipoksemiya va boshqalar kuzatilishi
mumkin. Shuningdek, bu turdagi
bemorlarda gemolitik holat yaʼni
eritrotsitlarning tez parchalanishi ham
kuzatiladi.
[3]
Gemoglobinning kislorod
bilan qaytar bogʻlanishi


Gemoglobin molekulasining eng muhim
vazifasi erkin kislorod bilan qaytar
bogʻlanish hisoblanadi. Normada 97% O2
gemoglobinga birikkan holda oʻpkalardan
toʻqimaga tomon tashilsa, 3%i erkin
holatda tashiladi. Oʻpka tomirlarida
kislarod parsial bosimi yuqoriligi sabab
gemoglobinga biriksa, toʻqimalarda bu
bosim anchagina past boʻladi va qayta
ajralib qonga chiqishiga sabab boʻladi
[2]
.
Kislarod gemoglobin tarkibidagi Fe ga ion
bogʻlar bilan emas balki kordinatsion

Download 298.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling