Gemodinamika qonunlarining yoshga oid xususiyatlari nima?


Download 32.91 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi32.91 Kb.
#1340957
Bog'liq
13. Inoyatova Ozoda. papka


Nomer 10
Savollar

  1. Gemodinamika qonunlarining yoshga oid xususiyatlari nima?

  2. Ichki sekretsiya bezlarining yoshga oid xususiyatlarini tushuntiring.

  3. Endokrin bezlarining boshqa bezlardan farqi nimada?



Javoblar


  1. Gemodinamika ya’ni tomirlar sistemasida qon xarakteri haqidagi ta’limotning muhim qonunlari gidro dinamika suyuqliklar xarakati haqidagi ta’limot qonunlari bilan bir xil. Yurak ritmik ravishda qisqarganligi sababli qon tomirlariga qon porsiya porsiya bo’lib tushadi. Lekin qon tomirlari bo’ylab qon uzluksiz oqim bilan oqadi. Qon tomirlari bo’ylab qonning uzluksiz oqishini qon tomirlar devorlari elastikligi va mayda qon tomirlarida yuzaga keluvchi qon oqishiga ko’rsatiladigan qarshilik bilan tushuntirish mumkin. Aana shu qarshilik tufayli yirik tomirlarda qonning ushlab qolinishi va tomirlar devorlarining cho’zilishini chaqiradi. Yurak qorinchalarining qisqarishi natijasida bosim ta’sirida arteriyalarining cho’zilishi kuzatiladi. Yurak bo’shashgan vaqtida tomirlardan qonning yurakka tushishi kuzatilmaydi. Elastikligi bilan ajralib turuvchi qon tomirlari devorlari qisiladi va qonni oldinga itaradi va tomirlar bo’ylab uning uzluksiz harakatini ta’minlaydi. Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi yurakning qisqarilishi va tomirlar tizimining turli qismlarida bo’ladigan qon bosimining farqlari tufayli harakatlanadi. Yirik tomirlarda qon oqimiga qarshilik unchalik katta emas tomirlarning diametri kichrayishi bilan qarshilik orta boradi. Q onning yopishqoqligi bilan yuzaga keladigan ishqalanishning yengish uchun qon o’zining yurakrishi ni qisqarishi bilan yuzaga kelgan energiyasining bir qismi yo’qotadi va qonning bosimi sekin asta pasayib boradi. Qon aylanish tizimining turli qismlaridagi qon bosimining farqlari qonning qon aylanishi tizimidagi harakatini ta’minlaydi. Qon bosimi yuqori bo’lgan joydan past bo’lgan tomonga qarab oqadi. Qon tomirlardagi qonninng o’zgaruvchan bosimi qon bosimi deyiladi. 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalarda yurakning o’sishi qon tomirlari o’simidan ortda qoladi keyingi davrlarda esa ayniqsa jinsiy yetilish davrida yurakning o’sishi tomirlarning o’sishidan ustun bo’ladi bu holat qon bosimi darajasida o’z aksini topadi.



  1. Malumki organizmdagi mavjud bezlar spetsifik moddalar sekretlar ishlab chiqaradi sekretlar oqish yo’llari orqali gavdaning bo’shliqlariga yoki tashqi muhitga ajratiladi. Bunday holda tashqi sekretsiya bezlari; so’lak, meda, yog’, ter bezlari tashqi sekretsiya bezlariga kiradi. Lekin organizmda yana shunday bezlar borki ularning alohida chaqiruv yollari bo’lmay balki ajratgan sekretlarini to’g’ridan to’g’ri qonga ajratadi. Bunda bezlar ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlari deb yuritiladi va bu so’z grekcha endon - ichki. Krinin ajratadi degan ma’noni beradi. Endokrin bezlarga gipofiz , epifiz, qalqonsimon bez yoki qalqonsimon bezoldi bezchalari, me’daosti bezi, jinsiy va ayrisimon bezlar kiradi. Me’daosti bezi jinsiy bezlar aralash bezlar hisoblanadi ya’ni ularning ayrim hujayralari tashqi sekretorik funksiyasini bajarsa ayrimlari ichki sekretorlik funksiyasini bajaradi. Jinsiy bezlar garmon ishlab chiqarish bilan birga jinsiy hujayralarni ham ishlabb chiqaradi. Me’daosti bezining hujayralarini bir qismini insulin va glyukogen gormonlarini ishlab chiqsa qolgan qismi me’daosti bezining hazm shiralarini ishlab chiqaradi. Odamning endokrin bezlari o’lchamlari jihatidan unchalik katta emas, lekin qon tomirlari bilan juda yaxshi ta’minlangan. Qon ularga zarur bo’lgan qurilish materiallarini olib keladi va undan kimyoviy jihatdan faol sekretlarini olib ketadi. Endokrin bezlarga juda katta tarmoqlarga asab tolalari keladi va ularning faoliyati doimiy ravishda asab tizimi bilan nazorat qilinadi. Ichki sekretsiya bezlari funksional jihatdan bir birini bilann uzviy bog’langan va bitta bezning jarohatlanishi boshqa biri bezning faoliyatini buzilishini chaqiradi. Buni gipofizning oldingi bo’lagi gormonlari va boshqa endokrin bezlar bilan o’zaro aloqasi orasidagi munosabati bilan tushuntirish lozim. Gipofizning oldingi bo’lagidan qalqonsimon bez gormonlari hosil bo’lishini stimullovchi tireotrop gormonning taqchilligi yuzaga keladi. Qalqonsimon bezning ichki sekretorik funksiyasining tireotrop gormoni bilan stimullanuvishida namoyon bo’luvchi gipofiz bilan qalqonsimon bezlar orasidagi to’g’ridan to’g’ri bog’liqlik shunday yo’l bilan bajaradi Ikkinchi tomondan qalqonsimon bezii gormonlarning me’yoridan ortiq darajada ko’payib ketishi gipofizning tireotrop gormoning hosil bo’lishini tormozlaydi bu holat tufayli qalqonsimon bez bilan gipofizning treotrop gormonining sekretsiyasi orasidagi qayta manfiy bog’lanish yuzaga keladi. Shunga o’xshash o’zaro bog’lanishlar gipofizning oldingi qismidan ajraladigan adrenokortikotrop gormon bilan buyrak usti bezining sekretsiya orasida hamda gipofizning gonadotrop gormoni bilan jinsiy bezlarning endokrin sekretsiyasi orasida ham kuzatiladi.




  1. kattalar va bolalarda tananing endokrin tizimi gormonlarni ajratib turadigan muhim tizimdir Ular xabarchi sifatida ish tutadilar jismoniy organlar o’rtasida bog’liqlikni ta’minlaydi. Kattalar va bolalar tananing ichki endokrin tizimining tuzilishi;

Agar ushbu tizim normal ishlayotgan bo’lsa butun tana uyg’undir. Tizimning muvozanati buzilganida kayfiyat tushib biz yomonroq ko’rinamiz va kasal bo’lib qolishini boshlaymiz. Endokrin tizimining asosiy funksiyalari
* Endokrin bezlar gormonlar ishlab chiqarishda ular ma’lum bir maqsadlar uchun ularni qonga chiqaradilar ma’lum bir kataklarni to’qimalarni va organlarga yetkazish
*Jinofiz bezining gormonlari uyatchan va oshqozon osti bezi buyrak usti bezlari va tuxumdonlar
*Shundan so’ng ushbu a’zolarining har biri o’z gormonlarini ishlab chiqarishini boshlaydilar ular kerak bo’lgan joyga yo’naltirilgan
*Masalan qattiq stress paytida buyrak usti bezlari bizni mashq uchun jalb qilgan yurakka adrenalinni yurakka yuborishadi.

Endokrin tizimining gormonlarni endokrin bezlar tomonidan ishlab chiqariladi va keyin qon oqimini kiriting. U larning rivojlanish xususiyatlari shundaki ular ma’lum bir retseptorlar bilan jihozlangan hujayralarga ta’sir qiladi. Ushbu moddalarning ba’zilarida immunitet hujayralari asab tizimi va boshqa ko’plab organlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling