Oksigemoglobin - Oksigemoglobin- gemoglobinning to’g’ridan-to’g’ri birikishidan xosil bo’ladi.bu birikma beqaror bo’lib, uning qondagi miqdori kislorodning parsial bosimiga qarab o’zgarib turadi: kislorod parsial bosimi baland bo’lgan o’pka alveolalarida qon kislorod bilan to’yinadi va oksigemoglabin miqdori ortadi. To’qimalarda kislorodning parsial bosimi past bo’lganidan oksigemoglobin bu yerda dissotsiyalanib, hujayralarga kislorod beradi.
- Oksigemoglobinda kislorod gem molekulasidagi temir atomiga kovalent bog’lar orqali birikkan emas, binobarin, temirning valenligi ikkiga tengligicha qoladi va kislorodning birikishi yoki ajralishi tufayli o’zgarmaydi.
-
- Gemoglobin eritmasi bilan muvozanatda bo’lgan kislorodning parsial bosimi kamaytirilganda qaytarilgan gemoglobin hosil bo’lib, unda temirning valentligi ham ikkiligicha qoladi.
- Kislorod gemoglobinga o’pkada qo’shiladi, u yerda qon bilan oksigemoglobin barcha organ va to’qimalarga tarqaladi. Bu yerda kislorod ajraladi va hujayra tomonidan foydalaniladi. Gemoglobin va kislorod orasidagi bog’ unchalik mustahkam emas va kislorodning parsial bosimi o’zgarganda oson uzilib ketadi. Gemoglobin kislorodni bergandan keyin hujayradagi moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlaridan biri- karbonat angidridni qo’shib oladi va uni o’pkaga tashiydi.
- Bu yerda korbonat angidrid gazi ajraladi va nafas chiqarishda organizmdan tashqariga chiqarib yuboriladi. Ozod bo’lgan gemoglobin qaytadan kislorodni bog’lab oladi va gaz tashilishi qaytariladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: - 1. Ermolayev M.V. ,,Biologik ximiya’’
- Toshkent. 1981.
- 2. To’raqulov Yo. X. ,,Bioximiya’’
- 3. M.Valixonov “Biokimyo” Toshkent 2008y
- 4. w.w.w. Ziyo net
- 5. w.w.w. Ziyo.Uz.com
-
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! -
- O`ylaymizki prezintasiyamiz orqali “Gemoglabinning tuzilishi va uning kislorod tashish mexanizmidagi ahamiyati”
- mavzusida ko`plab ma`lumotlar yetkazib berishga erishdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |