Gender tadqiqotlari tahlili


Gender statistikasi nima uchun kerak?


Download 247.3 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi247.3 Kb.
#1387302
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gender tadqiqotlari tahlili

Gender statistikasi nima uchun kerak?

Gender statistikasi ko`p maqsadlar uchun hizmat qiladi, lekin birinchi navbatda, u ayol va erkaklarning turli holatlari va sharoitlariga taalluqli bo`lgan yashirin muammolarini aniqlash uchun kerakdir. Shunga ko`ra gender statistikasi muvaffaqiyatli rejalashtirish, manzillilikni kuchaytirish, samarali monitoring yuritish va rivojlanish dasturlarining ta`sirini baholash uchun zarurdir. Shuni inbobatga olgan holda, gender statistikasi – adolat va tenglikni ilgari surish, shuningdek aholining barcha guruhlari hayoti darajasini yaxshilash uchun xizmat qiladigan vositadir. Shu tariqa, gender statistikasi barqaror va har tomonlama rivojlanish va iqtisodiy o`sishga o`z hissasini qo`shadi.
O`zbekistonda gender statistikasining holati

O`zbekistonda mustaqillik yillarida gender tenglikka erishish choralarini ro`yobga chiqarish yo`lida juda katta ishlar amalga oshirildi. Oilaning ijtimoiy muhofazasi, onalik va bolalik masalalariga ma`sul bo`lgan Bosh vazir o`rinbosari rahbarligida 1991 yilda Xotin-qizlar qo`mitasiga asos solinganligi bilan institutsional rivojlanishda sezilarli o`sishga erishildi. Xotin-qizlar qo`mitasi barcha hududlarda va jabhalarda vakolatli bo`lgan takomillashgan tizimga ega. Qo`mita raislari orasida viloyat darajasidagi 14 ta xokim o`rinbosarlari, shuningdek munitsipal va tuman darajasidagi ma`muriyat rahbarlarining 219 ta o`rinbosarlari faoliyat ko`rsatishadi.
Xotin-qizlar qo`mitasi, hamda Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo`yicha milliy markaz Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to`g`risidagi Konventsiya, Pekin harakati dasturining bajarilishi, Mingyillik rivojlanish maqsadlari bilan yuklatilgan xalqaro majburiyatlar bo`yicha hisobotlarda Davlat statistika qo`mitasi bilan uzviy hamkorlikda ish olib boradi.
O`zbekistonda gender statistikasi bo`yicha ma`lumotlarni yig`ish bir qator manbalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Jinsiy guruhlar, aholini ro`yxatga olish va statistik kuzatuvlar bo`yicha mavjud ma`muriy hisobotlarga qo`shimcha ravishda, ko`p ko`rsatkichli klaster kuzatuvi (MICS), hamda DHS, LSS va uy xo`jaliklari kuzatuvi asosida shakllangan ma`lumotlar mavjud.
Mazkur ishlar jamiyatni demokratlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish bilan shart qilingan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yangi jihatlarini holisona aks ettirishga yo`naltirilgan, milliy statistika sohalarini rivojlantirishning bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2012 yil 21 dekabr kuni Senatning Tashqi siyosat masalalari qo’mitasi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan BMTning O’zbekistondagi Taraqqiyot Dasturining «Parlamentni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash» loyihasi bilan birgalikda tashkil etilgan «Gender rivojlanish masalalari» mavzuida seminar-trening bo’lib o’tdi.
Ushbu seminar-trening 1979 yil 18 dekabrda qabul qilingan, respublikamiz tomonidan 1995 yil 6 mayda ratifikatsiya qilingan «Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risida»gi BMT Konventsiyasini ijro etish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy madaniyatini oshirish, ularning davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi, saylov va boshqaruv organlaridagi ishtiroki, shuningdek jamiyatimiz hayotining turli sohalarida jinslarning teng huquqliligi masalalariga bag’ishlandi.
Seminar-treningda ta’kidlanganidek, O’zbekiston ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini kuchaytirishga va ularning jamiyatning barqaror rivojlanishidagi rolini oshirishga, onalar salomatligini yaxshilash va bolalar o’limini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirib kelmoqda. 
Seminar ishtirokchilarining chiqishlarida mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki yillardanoq davlat tomonidan hayotiy faoliyatning turli sohalarida ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek xotin-qizlar va erkaklarning tengligini rag’batlantirishga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi qayd etib o’tildi. Sanoatda, ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlarida, savdo va xizmatlar ko’rsatish va boshqa sohalarda ayollar bandligi sezilarli darajada ortib borayotganligi alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, qishloq joylarda ayollar tadbirkorligi qo’llab-quvvatlanmoqda, xotin-qizlar, xususan an’anaviy hunarmandlik sohalaridagi kasanachilik mehnatiga, oilaviy biznesga jalb etilmoqda. Shu bilan birga ayollarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga jalb etish masalasida ijobiy dinamika kuzatilmoqda, davlatimiz Rahbarining hokimiyat vakillik (qonunchilik) organlariga saylovlarda nomzod ko’rsatishda ayollar uchun 30 foiz o’rinni kvotalash tizimini joriy etish to’g’risidagi tashabbusi bunga yordam berdi.
Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma yilligiga bag’ishlangan tantanali majlisdagi ma’ruzasidan kelib chiqib, ishtirokchilarning alohida e’tibori xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida to’laqonli ishtirok etishini ta’minlash borasida tizimli va izchil ish olib borish, tegishli qonunlar va normativ hujjatlar ijro etilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, reproduktiv salomatlikni saqlash sohasida aholining bilim darajasini oshirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, tibbiy madaniyatni yaxshilash, shuningdek jamiyat faoliyatining barcha sohalarida huquqiy hujjatlarga rioya etilishining borishini yoritish zarurligiga qaratildi. 
Seminar-trening ishida senatorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, parlament ikkala palatasi devonlarining xodimlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitalari raislari, etakchi ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralarning, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.
Seminar-trening o’quv-munozara jarayonini tashkil etishning zamonaviy interfaol usullaridan foydalangan holda o’tkazildi va ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Download 247.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling