Gеnetik va sitologik xaritalar. Оdam kariotipi va xromosoma guruhlari
Krossingoverning sitologik mexanizmi
Download 27.04 Kb.
|
Gеnetik va sitologik xaritalar . Оdam kariotipi va xromosoma guruhlari .
Krossingoverning sitologik mexanizmi. Sitogenetik tadqiqot-larning rivojlanishi natijasida :
krossingover gomologik xromosomaning bitta, ikkita va undan ortiq qismida namoyon bo‘lishi mumkin ekanligi isbotlandi; bitta xromosomada sodir bo‘ladigan krossingoverlar soni uning uzunligiga va ichki tuzilishiga bog‘liqligi ko‘rsatildi; xromosomada krossingover qanchalik ko‘p joyda sodir bo‘lsa, ularda birikkan genlar rekombinatsiyasi doirasi shunchalik keng bo‘ladi. Endi biz xromosomada ikki marta sodir bo‘ladigan qo‘sh krossingover bilan tanishib chiqaylik. Rasmda gomologik xromosomalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sitologik jarayon to‘rt xil variantda, yuqoridan pastga yo‘nalishida tasvir-langan. 1 - gomologik xromosomada krossingover sodir bo‘lmagan variant (kontrol); 2 - va 3 - variantlarda gomologik xromosomalarda krossingover faqat bir marta, lekin uning har xil joyida kuzatilgan holatlar; 4- vari-antda gomologik xromosomalarda birdan ikki joyida krossingover sodir bo‘lganligi aks ettirilgan. SHuni ham ta’kidlash kerakki krossingoverni birikkan genlar rekombinogenezi ko‘rsatkichlariga qarab aniqlanadi. SHuning uchun tajribadagi gomologik xromosomada joylashgan birikkan genlar albatta geterozigota holatda bo‘lishi kerak. Mulohaza qilinayotgan holatda uchta birikkan genlar gomologik xromosomalarning bittasida dominant A B C, ikkinchisida retsessiv a b c holatda bo‘ladi. SHunday qilib rasmda gomologik xromosomalarning to‘rtta holati aks ettirilgan. Qo‘sh krossingoverning soddalashtirilgan sxemasi. 1-krossingoversiz; 2- A-V qismda yakka krossingover; 3- V-S qismda yakka krossingover; 4- bir vaqtning o‘zida har ikki qismda qo‘sh krossingover
Birinchisida birikkan genlar o‘rtasida krossingover sodir bo‘lmagan, shu sababli unda ikkita krossover bo‘lmagan (A V S, a b c) gametalar hosil bo‘ladi. A va V genlari orasida ro‘y beradigan ikkinchi variantda bir martali krossingover tufayli yangi genotip hosil bo‘lib, u A b c a V S krossoverli gametalar hosil qiladi. Uchinchi variantda V va S genlari orasida krossingover sodir bo‘lib
To‘rtinchi variantda gomologik xromosomada krossingover ikki marta A va V genlari hamda V va S genlari o‘rtasida sodir bo‘ladi. genotipda A b S , a V s krossoverli gametalar hosil bo‘ladi. Qo‘sh krossingoverlarni ayniqsa xromosomalarning xaritalarini tuzish vaqtida hisobga olish muhim o‘rin tutadi. Gomologik xromosomalar o‘rtasida nafaqat bir marta, balki qo‘sh, uch marta, to‘rt marta va boshqa krossingoverlar yuz berishi mumkin. Ikki gen orasida sodir bo‘ladigan juft sondagi chalkashishlar bu genlar bo‘yicha rekombinantlarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi, toq sondagi chalkashishlar esa olib keladi. Xromosomaning bir joyida sodir bo‘lgan krossingover uning atrofiga yaqin joylarda krossingover ro‘y berish ehtimolligini kamay-tiradi, hatto to‘xtatib qo‘yishligi aniqlangan. Bu hodisa interferensiya deb ataladi. Har xil genotipga ega bo‘lgan organizmlarda krossingoverni tadqiq qilish natijasida ularning genotipida krossingover ko‘rsatkichini oshiradigan yoki kamaytiradigan genlar mavjud degan xulosaga kelinadi. 4. Xromosomalarning genetik xaritasi. Xromosomalarning genetik xaritasi deb muayyan xromosomada birikish guruhidagi birikkan genlarning ma’lum tartibda va bir-biridan muayyan masofada joylashganligini hamda genlarning nomlarini ifodalovchi simvollar aks etdirgan sxemaga aytiladi. Xromosomalarning genetik xaritasi genetik yaxshi tadqiq qilingan quyidagi organizm turlarigagina tuzilgan: drozofila, makkajo‘xori, pomidor, laboratoriya sichqonlari, neyrosporalar, ichak tayoqchasi bakteriyasi va boshqalar. Genlar xromosomada ma’lum tartibda chiziq bo‘ylab joylashganligi sababli krossingover chastotasi bu genlar orasidagi masofani ko‘rsatadi. SHuning uchun olingan dalillarga asoslanib genning xrosmosomada joylashgan o‘rnini aniqlash mumkin. Genlarning xromosomada joylashgan o‘rinlarini ya’ni lokuslarini aniqlashdan oldin mazkur gen qaysi xromosomada joylashganligini aniqlash lozim. Bitta xromosomada joylashgan va birikkan holda irsiylanadigan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi. Birikish guruhlarining soni har bir turning gaploid sondagi xromosomalar to‘plamining soniga teng bo‘lishi kerak. Ayrim hayvon va o‘simlik turlarida birikish guruhlari va xromosomalarning gaploid sonlari
Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling