Genetika bo’limlarini yoriting reja: Odam genetikasi haqida ma’lumot


Download 1.61 Mb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1413447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GENETIKA BO’LIMLARINI YORITING

Dermatoglifika 3 bо‘limdan iborat: palmaskopiya, plantaskopiya, daktiloskopiy.
Palmaskopiya kaft terisidagi naqshlar tasvirini о‘rganadi.
Daktiloskopiya barmoq uchi terisidagi chiziqlar tasvirini о‘rganadi.
Populyatsiyalarda irsiyatni о‘rganish usuli. Odatda turlar alohida-alohida bо‘lgan populyatsiyalardan tashkil topgan. Odamlar har tur sifatida bir qancha populyatsiyalardan iborat. Populyatsiya- bir turga mansub bо‘lgan, bir joyda har xil genotipli organizmlar tо‘plami. Odam populyatsiyalariga misol qilib respublika, viloyat, tuman, shahar va qishloqdagi kishilarni olish mumkin. Demak, populyatsiyalar katta va kichik bо‘lishi mumkin ekan. Populyatsiyalarda kuzatiladigan genetik jarayonlarni genetikaning maxsus bо‘limi-populyatsiyalar genetikasi о‘rgatadi. Odam populyatsiyalarini bir-biridan geografik, sotsial, diniy e’tiqod va boshqa belgilari bilan ajratish mumkin. Odamlarda katta populyatsiyalar odatda, bitta emas, bir necha antropologik guruhlardan, Ya’ni genetik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan populyatsiyalardan tashkil topgan.
Sitologiya hujayralarning taraqqiyoti tuzilishi va faoliyatini о‘rganadi. Sitologiya sо‘zi lotincha, yunoncha sо‘zdan olingan, hujayra haqidagi ta’limot degan ma’noni bildiradi. Bu fanning predmeti tirik organizmdagi hujayralardir.
Hujayra–barcha tirik organizmlarning takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bо‘lib hisoblanadi. Tirik organizmning butun hayot davomidagi hayotiy jarayonlar: moddalar almashinuvi, hujayralarning hosil bо‘lib, doimo yangilanib turishi, irsiy belgilarning ijro etilishi, nasl qoldirishi va organizmni tashqi muhit bilan bog‘lab turish hujayraning harakterli xususiyatidir. Sitologiya fani о‘z oldiga quyidagi aniq asosiy vazifalarni qо‘yadi:

  1. Hujayralarning ultrastrukturasi, funksiyasi va rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganish.

  2. О‘simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog‘liq о‘zgarishlarni.

  3. Hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun sistemalarning rolini aniqlashtiradi;

  4. Turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta’sirida tirik organizm hujdayralarning moslanishuvini, о‘zgarishlarni analiz qiladi;

  5. Hujayralarning differensiallanish va regeneratsiyasi qonuniyatlarini о‘rganadi.

Sitologiyaning rivojlanishi hujayraning о‘rganilishi, mikroskopning kashf etilishi bilan bog‘liqdir. Birinchi mikroskop 1609-1610 yillarda G.Galiley tomonidan loyihalashtirildi. Mikroskop iborasini birinchi bо‘lib 1625 yilda Iogan Faber tavsiya qildi. R.Guk mikroskop yordamida о‘simlik hujayralarini о‘rgangan.


Hujayralardan tashkil topgan tirik tabiatdagi barcha organizmlar 2 ta yirik guruhga bо‘linadi.
1.Prokariotlar (pro-avvalgi karyon-yadro) Ya’ni bakteriyalar, kо‘k-yashil suv о‘tlari yadrosiz hujayralar. Ular geterotrof, xemavtrof yoki fotoavtrof oziqlanadi.
2.Eukariotlar (tо‘la yadroli Ya’ni zambrug‘lar) о‘simlik va hayvon hujayralari ular turli xil yо‘llar bilan oziqlanadi. Jinssiz va jinsli kо‘payadi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling