Genetika bo’limlarini yoriting reja: Odam genetikasi haqida ma’lumot
Aminokislotalar faoliyatini oshirish
Download 1.61 Mb.
|
GENETIKA BO’LIMLARINI YORITING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energetik almashinuv
1.Aminokislotalar faoliyatini oshirish. Bu bosqichda aminokislotalar ATF bilan birikib undagi energiya aminokislotalarga о‘tadi va ular polipeptid zanjirini hosil qilishda о‘zaro osonlik bilan birlashadi.
2.Initsiotsiya faollashgan aminokislotalarni T-RNK о‘zining I-RNK mos keladigan nukleotidlari bо‘lgan qismi bilan birlashadi. 3.Elongatsiya Ribosomada aminokislotalar bir-biriga ketma-ket birika boshlaydi. 4.TerminatsiY. Oqsil biosintezining tugallanishi haqidagi habarni 3 ta-U A A, U A G, U G A terminatsiya koddonlaridan biri beradi, chunki hujayrada bu kodonlar tо‘g‘ri keladigan I-RNK Antikodon yо‘q. Energetik almashinuv Energetik almashinuv asosan hujayralardagi mitoxondriyalarda bо‘lib, u uch bosqichdan iborat: 1.Tayyorgarlik bosqichi. Bu etapda di- va poli-saxaridlarning yog‘larning, oqsillarning molekulalari kichik monomerlarga Ya’ni gulyukoza, glitserin va yog‘ kislotalarga, aminokislotalarga parchalanadi. Natijada hamroh miqdorda energiya ajraladi. 2.Kislorodsiz bosqich yoki anaerab bosqich ham deyiladi. 1-bosqichda hosil bо‘lgan monomerlar, fermentlar ta’sirida parchalanadi. Masalan, muskullarda anaerab nafas olish natijasida glyukoza molekulalari 2 molekulaga pirouzum kislotaga va u ham sut kislotaga parchalanadi. Bu reaksiyada fosfor kislota ADF ishtirok etadi. Hosil bо‘lgan energiyaning 40% ATF saqlanadi, qolgani esa issiqlik energiya sifatida sarflanadi. 3.Kislorodli bosqich yoki aerob bosqichi parchalanishda fermentlar ishtirok etadi. Nafas olish natijasida hujayraga kirgan kislorod ishtirokida 2-bosqichda hosil bо‘lgan moddalar suv va CO2 gacha parchalanadi. Bu bosqichda kо‘p energiya ajraladi va ATF da yig‘iladi. Shunday qilib, 2 molekula sut kislotasi parchalanishda 36 molekula ATF hosil bо‘ladi. Energetik almashinuvda asosiy rolni aerob parchalanish о‘ynaydi. Tirik organizmlarning ikki xususiyatini – irsiyati va o‘zgaruvchanligini genetika fani o‘rganadi. O‘rganish obektiga ko‘ra biologik fanlar jumlasiga kiradi. Genetika o‘rganadigan irsiyat va o‘zgaruvchanlik yer yuzidagi olam evolyutsiyasini ta’minlovchi muhim 2 ta omil xisoblanadi. Irsiyat barcha organizmlarga xos bo‘lib ularning oila, avlod, tur va turkum navga xos bo‘lgan xususiyatlarni nasldan – naslga o‘tkazadi. Irsiyat tufayli ota-ona organizmlarining belgisi va xususiyatlarining kelgusi avlod uchun turgun saqlanib qolishi irsiyatning bir tomoni, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma’lum moddalar almashunuvi harakatlarini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Hujayraning jinsiy va jinssiz ko‘payishi orqali ota-ona belgi va xususiyatlari kelgusi avlodga beriladi. Jinsiy ko‘payishda erkak (sperma) va urg‘ochi (tuxum) hujayralar o‘zaro qo‘shilib, urug‘lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda bo‘lib, avlodlar shu orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Jinsiz ko‘payishda ham xuddi shunday bo‘ladi. Har qanday organizmning belgi va xususiyatlari indivudial rivojlanish jarayonida tashqi muxit ta’sirida shakllanadi. Har bir organizmning rivojlanishi uning irsiyati bilan bog‘langan. Shunday bo‘lmaganida edi bir turdan ikkinchi bir tur vujudga kelmasdi. Irsiyatning moddiy negizi – har bir hujayraning, qiz hujayraga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lishidir. Bunda asosiy rolni hujayra yadrosidagi xromosomalar o‘ynaydi. Xromosoma grekcha so‘z bo‘lib “xromos—bo‘yoq, rang, soma- tana” degan ma’noni bildiradi. Xromosoma o‘z nusxasini hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, hujayra bo‘linganda xromosomaning bu nus’halari uzunasiga ikkiga bo‘linadi. O‘zgaruvchanlik har bir organizmning ikkinchi xossasi bo‘lib avlodlarning bir yoki bir qancha belgilari bilan o‘z ajdodlaridan farq qilishdir. Bunday qaraganda o‘zgaruvchanlik irsiyatga teskari ko‘rinsada, u ham aslida tirik organizmga xos xususiyatdir. Organizmlar rivojlanish sharoitiga qarab o‘zgaradi. O‘zgaruvchanlikning o‘zi bir necha xil bo‘ladi. Ota-onada bo‘lmagan va uzoq ajdodlarda bo‘lmagan belgi va xususiyatlarni paydo qiladi. Organizmlarning belgi xususiyatlarining o‘zgarishi tashqi sharoit bilan birga bir qancha genlarning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgaruvchanlik mutatsiya deyiladi. Mutatsiya tasodif yuzaga keladigan sifat o‘zgarishidir. Bundan tashqari kombinatsion o‘zgaruvchanlik ham mavjud. Bu odatda chatishtirish yo‘li bilan, har xil genlarning birikishi natijasida hosil bo‘lib organizm belgilarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Misol: Sersut sigirni sergo‘sht buqa bilan chatishtirishda ona va ota belgilarining o‘tishi, ikki xil rangga mansub gulni chatishtirish natijasida boshqa bir xil belgilar olish, tik turadigan bug‘doy navini, ser hosil yotib qolishga moyil nav bilan chatishtirish va xokozo. Bu belgilar keyingi avlodlarga o‘tadi. Individual rivojlanish jarayonida organizmlarning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin. Buni ontogenetik yoki fenotipik o‘zgaruvchanlik deyiladi. Bu ham irsiyatga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi sharoit ta’sirida har qanday organizm rivojlanib boradi. Rivojlanish sharoitining farqi genlar ta’sirining yuzaga chiqishini ham o‘zgartiradi. Rivojlanish sharoitining o‘zgarishi natijasida genlar ta’sirining yuzaga chiqishida sodir bo‘ladigan o‘zgaruvchanlik modifikatsion o‘zgaruvchanlik deyiladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikda genlar o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bunday o‘zgarishlar keyingi avlodlarga berilmaydi. Irsiyat tufayli nafaqat avlodlar o‘rtasidagi o‘xshashlik emas, balki o‘zgaruvchanlik ham bir qator bo‘g‘inlarda saqlanib qoladi. Xulosa qilib aytganda bizga tirik organizmga xos bo‘lgan bir-biriga teskari va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarlarni, ya’ni irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganish genetika fanining bosh mavzusi hisoblanadi. Zamonaviy genetika fani irsiyat va o‘zgaruvchanlikni tirik tabiatning molekulyar xromosoma, hujayra, tirik mavjudot va populyatsiya darajasida o‘rganadi. Tekshirish usullari va manbalarning har xilligi uning bir qancha bo‘limlarini yuzaga keltirdi. Masalan: populyatsion genetika, matematik genetika, sitogenetika, o‘simlik, hayvon va odam genetikasi, mikroorganizmlar genetikasi kabilardir. Har qanday organizmning irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganishda genetik tahlil usuli asosiy hisoblanadi. Uni o‘zi bir qancha tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi. Chatishtirish natijasida olingan duragayning keyingi bir qancha bo‘g‘inlariga ota-onaning ba’zi bir belgilarining berilishi, genlarning o‘zgartirishi va birikishi (kombinatsiyasi) gibridologik tahlilning asosiy usuli hisoblanadi. Irsiyatning moddiy asosi Sitologik usul asosida o‘rganiladi. Bu usul irsiyatning anatomiyasini o‘rganishga xizmat qiladi. Hujayra tuzilishi har xil mikroskop orqali o‘rganiladi. Shu bilan birga irsiyatning asosini o‘rganishda sitokimyoviy, biokimyoviy, biofizikaviy fiziologik usullar qo‘llaniladi. Sitologik va gibridologik tahlil usullarini birga qo‘shib o‘rganish mustaqil sitogenetik usulini tashkil etadi. Fenogenetik yoki ontogenetik usul yordamida organizmlarning individual rivojlanish davrida genlar ta’siri natijasida ularda yangi belgilar paydo bo‘lishi, yuzaga chiqishi o‘rganiladi. Bu usulda genning ta’siri har xil bo‘ladi. Masalan: bir hujayra yadrosini ikkinchi hujayraga ko‘chirish, irsiy jihatdan har xil bo‘lgan to‘qimalar payvandlash kabilar o‘rganiladi. Keyingi vaqtlarda organizmlarning xo‘jalik uchun qimmatli miqdoriy belgilarining irsiylanishini o‘rganishda matematik usuldan foydalanmoqda. Hozirgi zamon genetika fanning asosiy vazifasi irsiy va o‘zgaruvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy masalalarni o‘rganish bilan birga qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni ham o‘rganishdir. Genetika—seleksiya va urug‘chilikning nazariy asosi xisoblanadi. Seleksiyada tur va navlarni, avlod va ajdodni o‘zaro chatishtirish geografik, sistematik yo‘nalishda bo‘ladi. Umuman bir biridan juda uzoq turlarni chatishtirishda qiyinchilik katta bo‘lib, olingan duragaylar ko‘p hollarda naslsiz bo‘lib chiqadi. Har tomonlama va puxta-pishiq mutantlar seleksiyaning oltin fondi hisoblanadi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling