“Nursux Nuri”ATM
Mirzayev Husniddin
Noallel genlarninig epistaz ta’siriga oid mustaqil yechish uchun
masalalar.
1-masala. Otlar junining kulrang belgisi
ikki xil noalel dominant
gen ishtirokida rivojlanadi. Ularda B qora, b malla junning
rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Boshqa xromosomada joylashgan I
gen esa, B va b genlar funksiyasini susaytiradi.Ot
zavodida
gomozigota kulrang biya bilan malla junli ayg‘ir chatishtirilgan. F
1
da kulrang otlar xosil bo‘lgan. Ular o‘zaro chatishtirilganda F
2
da
12 ta kulrang, 3 ta qora va 1 ta malla junli otlar xosil bo‘lgan
Chatishtirishda ishtirok etgan biya va ayg‘irni, F
1
va F
2
duragay
otlarning genotipini
aniqlang
2-masala. Tovuqlar patining rangli bo‘lishi C genga bog‘liq. Bu
genning retsessiv c geni esa rang xosil qilmaydi. Boshqa
xromosomada joylashgan I geni, C gen ustidan dominantlik qilgani
sababli, pati oq rangli bo‘ladi. i gen esa c geniga ta‘sir etmaydi.
Quyidagi genotipli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilsa F
1
da
tovuqlarning pati qanday rangda bo‘ladi
a)IiCc x iicc ; b)IICC x IiCc
3-masala. G‘o‘zaning malla va yashil
tolali liniyalari
chatishtirilgan F
1
da malla tolali duragaylar yetishtirildi. F
1
duragaylar o‘zaro chatishtirilganda F
2
da asosan malla, qisman
yashil va oz miqdorda oq tolali o‘simliklar hosil bo‘lgan.
Chatishtirishda ishtirok etgan ota ona genotipini aniqlang.
4-masala. Izoh: Suli donining rangi ikki xil gen ta‘sirida
rivojlanadi. Ulardan biri
donning qora, ikkinchisi kulrang bo‘lishini
ta‘minlaydi.Qora rang hosil qiluvchi gen kulrang rang hosil
qiluvchiga nisbatan dominantlik qiladi. Mazkur genlar retsessiv
holatda don rangini oq bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Seleksioner qora donli sulini o‘z-o‘zi bilan changlatganda, naslda
1205 ta qora, 306 ta kulrang, 99 ta oq donli sulilar hosil bo‘lganligi
ma‘lum bo‘ldi. Tajribada ishtirok etgan ota-ona organizmlarni
genotipini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: