Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
GENETIKA

11-masala. Izoh. Qovoqda U- geni mevaning sariq rangini, u- 
geni yashil rangini ifodalaydi. S- dominant suppressor, s- retsessiv 
suppressor. 
Oq va yashil rangli qovoqlarni chatishtirish natijasida hosil bo‘lgan 
F
1
ning o‘zaro chatishtirishda F
2
da 12 ta oq, 3 ta sariq, 1 ta yashil 
qovoq olindi. 
a) Ota-ona va F
1
, F
2
duragaylarning genotipini aniqlang. 
b) Olingan natijaga qarab noallel genlar orasidagi o‘zaro ta‘sirni 
tushuntiring.
12- masala. Genotipi har xil bo‘gan ikkita piyozbosh guli 
chatishtirilgan edi. F
1
oq piyozboshli o‘simliklar hosil bo‘ldi. Ular 
o‘zaro chatishtirilib, F
2
da 160 o‘simlik olindi. Ulardan 130 tasi oq 
piyozboshli, 30 tasi rangli piyozboshligi ma‘lum bo‘ldi. Ota-ona , 
F
1
va F
2
duragay piyozboshlarning genotipini aniqlang.
13-masala. Sulida donning rangi ikki juft allel bo‘lmagan, bir-
biriga birikmagan genlar tomonidan ifodalanadi. Bitta dominant 
gen-qora rangni, ikkinchisi-kulrangni belgilaydi. Qora rang geni 
kulrang genga epistatik ta‘sir qiladi. Ikkita retsessiv allellar esa oq 
rangni rivojlanishini ta‘minlaydi. 
Qora donli suli o‘simliklari kulrang donli o‘simliklar bilan 
chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% 
qora, 25% kulrang va 25% oq donli bo‘lgan. Chatishtirishdan 
olingan qora donli o‘simliklarning ayrimlari oq donli o‘simliklar 
bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o‘simliklarning ½ 
qismi qora, ½ qismi oq donli bo‘lgan. Ayrim donli o‘simliklar oq 
donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda esa, 2/4 qismi qora, ¼ 
qismi kulrang va ¼ qismi oq donli bo‘lgan. Olingan natijalarga 
asoslanib, o‘rganilayotgan belgilarning irsiylanishi haqida nima 
deyish mumkin? Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan 
keyin olingan o‘simliklarni genotipini aniqlang. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling