Aralash turdagi masalalar
1- masala. Izoh. Daltonik va shapko‘rlik hosil qiluvchi genlar
retsessiv bo‘lib, X jinsiy xromosoma orqali iriylanadi.
Onasi shapko‘r, otasi daltonik bo‘lgan normal ko‘radigan ayol,
ikki belgi bo‘yicha sog` erkakka turmushga chiqsa, oilada har
ikki belgi bo‘yicha kasallangan bolaning tug`ilish ehtimolligini
aniqlang.
2-masala. II qon guruhli, qo‘yko‘z, polidaktiliya bilan kasallangan
ona va III guruhli, ko‘kko‘z, 5 barmoqli otadan I qon guruhli,
ko‘kko‘z, 5 barmoqli farzand tug`ildi (qo‘y ko‘zlik ko‘kko‘zlik
ustidan, polidaktiliya 5 barmoqli ustidan dominantlik qiladi). Ota-
ona genotipini aniqlang.
3- masala. Otasi ko‘k ko‘zli va daltonik bo‘lgan, sog`lom,
jigarrang ko‘zli ayol, ko‘k ko‘zli daltonizm bo‘yicha sog`lom
erkak bilan turmush qurdi. Bu oilada tug`ilgan bolalar qanday
fenotip va genotipga ega bo‘lishlari mumkin? Ma`lumki,
ko‘zning jigarrang bo‘lishi autosomada joylashgan dominant
gen orqali irsiylanadi. Daltonizm esa X-xromosomada
joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi.
4-masala. Odamlarda gemofoliya X-xromosomada joylashgan
retsessiv gen orqali nasldan naslga o‘tadi. Albinizm esa
autosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi.
Ushbu belgilari bo‘yicha sog`lom ota-onadan ikkala belgi
bo‘yicha kasal o‘g`il tug`iladi. Ikkinchi farzandi ham ikkita
belgi bo‘yicha kasal bo‘lib tug`ilish ehtimolini aniqlang.
5-masala. Daltonik va kar-saqov erkak rangni normal ajrata
oladigan, yaxshi eshitadigan ayolga uylanadi. Ularda kar- saqov
va daltonik o‘g`il va daltonik, ammo yahshi eshitadigan qiz
tug`iladi. Bu oilada ikkita belgi bo‘yicha kasal bo‘lgan qiz
tug`ilish ehtimolini aniqlang.
( Daltonizm va kar- soqovlik retsessiv belgilaridir, faqat
daltonizmni belgilovchi gen X- xromosomada, kar- soqovlikni
belgilovchi gen autosomalarda joylashgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |