Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Diduragay irsiylanishi (to’liq) ga oid mustaqil yechish uchun


Download 365.71 Kb.
bet17/74
Sana08.01.2022
Hajmi365.71 Kb.
#241612
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]

Diduragay irsiylanishi (to’liq) ga oid mustaqil yechish uchun

masalalari.
1-masala. No’xotning uzun poyali, oq gultojibargli formasi, kalta poyali, qizil gultojibagli navlar bilan chatishtirilganda F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojibargli osimliklar hosil bo’lgan. F2 da 720 ta osimlik olindi.

a) F1 dan necha xil gameta hosil bo’ladi?

b) F1 da necha xil genotipga ega?

c) F2 dagi o’simliklarning nechtasi uzun poyali, qizil gultojibargli bo’ladi?

d) F2 dagi o’simliklarning nechtasi kalta poyali, oq gultojibargli bo’ladi?

2-masala. Tarvuzning mevasi yumoloq shakli uzunchoq shakli ustidan, yashil po’choqlisi chipor po’choqlisi ustidan dominantlik qiladi. Uning yumaloq chipor formasi,uzunchoq yashil formasi bilan chatishtiriladi. F1 da 120 ta , F2 da 960 ta o’simlik xosil bo’ladi ,

a) ota-onaning , F1 va F2 ning genotip va fenotipini aniqlang:

b) F2 necha xil fenotip xosil qiladi:

c) Ular orasida yumaloq yashilli, uzunchoq chipor qancha ?



3-masala. G’o’zaning hosil shohi cheklanmagan (S), gultojibarglari sariq-limon rangdagi (Y), hosil shohlari cheklangan (s), giltoji barglari och sariq rangli (y) formasi bilan chatishtirilgan. Olingan o’simliklarning ¼ qismi hosil shohi cheklanmagan, gultojibarglari sariq-limon rangda, ¼ qismi hosil shohi cheklanmagan, gultojibarglari och sariq rangda, ¼ qismi hosil shohi cheklangan, gultojibarglari sariq-limon rangda, ¼ qismi hosil shohi cheklangan, gultojibarglari och sariq rangli bo’ldi. Ota-ona genotipini aniqlang.

4-masala. Odamda o’n qo’lni ko’p ishlatish va uzoqni ko’ra olmaslik dominant belgi, chap qo’lni ko’p ishlatish va normal ko’rish retsessiv belgi xisoblanadi. Uzoqni yaxshi ko’ra olmaydigan chapaqay erkak, ikkita belgisi bilan normal gomozigota ayolga uylandi:

a) Ota necha xil gameta hosil qiladi ?

b) Farzandlar qanday genotipga ega bo’lishi mumkin?

c) Ayolning 8 ta farzandidan nechtasi normal ko’radigan o’ngaqay bo’lishi mumkin?

d) Farzandlarning nechtasi uzoqni ko’ra olmaydigan , o’ngaqay bo’ladi?

5-masala. Qovoq mevasi etining oq rangi (B), sariq rangi (b), mevasining disksimon shakli (D), yumaloq shakli (d) ustidan dominantlik qiladi. Quyidagicha genotipga ega formalar o’zaro chatishtirilsa qanday natija olinadi

a) BbDd x bbdd

b) BbDD x Bbdd

c) Bbdd x bbDd .



6-masala. Odamda ko’r bolishning ikki turi uchrab ,ularning har biri retsessiv gen orqali nasldan-naslga o’tadi. Mazkur retsessiv genlar har-xil xromosomalarda joylashgan.

a)agar ota-ona ko’rlikning bir turi bilan kassallangan bo’lsa, ikkinchi turi bilan normal bo’lsa, bu oilada bolalarning ko’rish qobilyati qanday bo’ladi?

b)quydagi ma’lumotlardan foydalanib, oilada ko’r bola tug’ulish extimolini aniqlang :

ota-ona normal ko’radi, buvilarining ikkisi ham bir turdagi kasallik bilan kasallangan, ikkinchi turi bilan gomozigota holatda, sog’lom buvalarining avlodida ko’rlik kuzatilmagan .



7-masala. Normal eshitadigan birining sochi to’lqinsimon, ikkinchisinikining sochi silliq bo’lgan ota-onadan birinchi farzand kar, silliq sochli, ikkinchisi normal eshitadigan to’lqinsimon sochli bo’lib tug’ildi.Agar to’lqinsimon soch,silliq soch ustidan dominant va karlik retsessiv belgi ekanligi ma’lum bo’lsa, shu oilada keyingi farzandlarning kar, to’lqinsimon sochli bo’lib tug’ilish ehtimoli qanday?

8-masala. Itlar yungining qora rangi jigarrang ustidan, kalta yungi uzun yungdan to’liq dominantlik qiladi. Ikkala juft genlar har-xil autosoma xromosomalarda joylashgan .

Ovchi qora va kalta yungli itlarni ko’paytirish maqsadida huddi shunday fenotipli itlarni chatishtirgan. Lekin, ularning avlodidagi kuchuklarnig ma’lum qismiga qora,kalta yungli bo’lgan. Qolganlari esa qora, uzun yungli yoki jigarrang, uzun yungli bo’lgan, chatishtirish uchun olingan itlarning genotipini aniqlang. Ovchi itlari gomozigota qora, kalta junli ekanligini tekshirish uchun qanday chachishtirish o’tkazilishi lozim ?



9-masala. Boshog’i qiltanoqsiz, qizil bo’lgan bug’doy navlari boshog’i qiltanoqli, oq rangli bo’lgan navlar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o’simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo’lgan F2 da esa quyidagicha ajralish namoyon bo’lgan :

159 ta qiltanoqsiz qizil; 48 ta qiltanoqsiz oq; 54 ta qiltanoqli qizil;16 ta qiltanoqli oq boshoqli o’simliklar olingan. F2 o’simliklarning necha foizi geterozigotali? Tahliliy chatishtirish o’tkazish uchun F1 o’simliklarini qanday fenotipga ega bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirish kerak?



10-masala. Yumaloq, chipor tarvuz o’simliklari uzunchoq, yashil mevali o’simliklari bilan chatishtirilganda avlodda olingan o’simliklarning hammmasi yumaloq, yashil mevali bo’lgan. Ikkinchi tajribada ham huddi shunday chatishtirish o’tkazilganda avlodda olingan o’simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo’lgan:

20 ta o’simlik yumaloq, yashil mevali ;

18 ta o’simlik yumaloq, chipor mevali ;

19 ta o’simlik uzunchoq, yashil mevali;

21 ta o’simlik uzunchoq, chipor mevali ;

Chatishtirish uchun olingan barcha o’simliklarning genotipini aniqlang .



11-masala. Sulida normal bo’ylik-balandlikdan, ertapisharlilik-kechpisharlilikdan ustunlik qiladi. Bu belgilrni ifodalovchi genlar xar-xil xromasomalarda joylashgan:

gomozigotali kechpishar, normal bo’yli suli navi bilan baland bo’yli, ertapishar navi chatishtirish natijasida olingan duragaylarda qanday belgilarga ega bo’ladilar?

a) F1 duragaylarni o’zaro chatishtirishdan olingan avlod orasida baland bo’yli, ertapishar o’simliklar necha % ni tashkilqiladi?

b) ertapishar, normal bo’yli sulini o’zaro chatishtirishdan 22372 ta o’simlik olingan. Ulardan 5593 tasi balnd bo’yli va huddi shunchasi kechpishar bo’lgan. Hosil bo’lgan o’simliklarni orasida nechtasi baland bo’yli, kechpisharliligini aniqlang.



12-masala. Qoramtir, jingalak sochli, faqat birinchi belgisi bo’yicha geterozigotali ayol, qoramtir, silliq sochli, lekin birinchi belgisi bo’yicha geterozigotali yigit bilan turmush qurgan. Ushbu oilada tug’iladigan farzandlarning genotipi va fenotiplarini aniqlang (silliq soch-ressesiv).

13-masala. Har ikkala belgi bo’yicha geterozigota kulrang, uzun qanotli urg’ochi pashsha, qora rangli, kalta qanotli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. Ushbu chatishtirish natijasi hosil bo’ladigan naslning fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?

14-masala. Har ikkala belgi bo’yicha getrozigota qora ko’zli va besh barmoqli erkak(lekin bolaligida ortiqcha barmoq olib tashlangan), ko’k ko’zli, besh barmoqli ayolga uylangan. Ota ona fenotip va genotipini aniqlang.


Download 365.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling