Kodominantlik (Odamda qon guruxlari)
1. Genotipi qanday bo‘lgan ota-onalardan 4 ta qon guruhli, malla sochli, chapaqay farzandlar tug‘ilishi mumkin? (sochning to‘q rangi malla rangi ustidan, o‘naqaylik chapaqaylik ustidan
dominantlik qiladi)
A) AaBbIAIO x AaBbIBIO B) AaBbIAIO x AabbIBIO
C) AaBbIAIO x aabbIBIO D) barchasidan
2. II qon guruhli, qo‘yko‘z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III guruhli, ko‘kko‘z, 5 barmoqli otadan I qon guruhli, ko‘kko‘z,
5 barmoqli farzand tug‘ildi (qo‘y ko‘zlik ko‘k ko‘zlik ustidan, polidaktiliya 5 barmoqlilik ustidan dominantlik qiladi). Ota-ona genotipini toping.
A) IAIOAaBb x IBIOaabb B) IAIOaaBb x IBIOAabb
C) IAIAAaBb x IBIOaabb D) IAIAAaBb x IBIBaabb
3. Odamda normal eshitish dominant, karlik retsessiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning necha foizi ikkita belgisi bo‘yicha gomozigota bo‘ladi?
A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%
4. Odamda normal eshitish dominant, karlik retsessiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning necha foizi ota-onaga genotip jihatdan o‘xshash bo‘ladi?
A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%
5. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qonguruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO,
to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. Qaysi qon guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan dunyoga kelgan farzandlarda qon
guruhi ota-onasinikidan farq qiladi?
A) I, II B) II, III C) I, IV D) I, III
6. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. I va geterozigota II-guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega
bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi?
A) IV B) II, III C) I, II D) I, II, III, IV
7. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi.Geterozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon
guruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi?
A) IV B) II, III C) I D) I, II, III, IV
8. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. Gomozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qonguruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi?
A) IV B) II, III C) I D) I, II, III, IV
Do'stlaringiz bilan baham: |