Mustaqil yechish uchun masalalar
1-masala. Drozofila pashshasi qanotining uzun bo'lishligini dominant A geni va kalta bo'lishligini retsessiv a geni ta'min etadi. Gomozigotali uzun qanotli pashshalar kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda:
1-savol F1 pashshalarining qanotlari qanday bo'ladi?
2-savol F1 da olingan urg'ochi va erkak pashshalar o'zaro chatishtirilsa, F2 da olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi
3-savol F1 pashshalari uzun va kalta qanotli pashshalar bilan qayta chatishtirilsachi?
2-masala. Agar quyonlarning avlodida junning qalin va siyrakligi bo'yicha fenotipda 3 : 1 yoki 1 : 1 nisbatda ajralish kuzatilgan bo'lsa, ularning ota-onasining genotipini va fenotipini aniqlash mumkinmi?
3-masala. Ota-onasi qo'ng'ir ko'zli bo'lgan, ko'k ko'zli yigit, otasi qo'ng'ir ko'zli, onasi ko'k ko'zli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko'k ko'zli o'g'il farzand tug'ildi. Ota-ona va farzandning genotiplarini aniqlang.
4-masala. Ota-onasi malla sochli bo'lmagan, lekin akasi malla sochli bo'lgan ayol, onasi malla sochli, otasi esa malla sochli bo'lmagan malla sochlik erkakka turmushga chiqqan. Ushbu nikoh dan malla sochli bo'lmagan o'g'il va malla sochli qiz tug'ilgan. Ushbu oila a'zolarining genotipini aniqlang va shajarasini tuzing.
5-masala. Ipak qurti urug'ining rangi bo'yicha bir nechta mutantlari mavjud: oq, qizil, pushti, och jigarrang va hokazo. Barcha sanoatbop zotlar uchun xarakterli bo'lgan urug'ning qoramtir rangi boshqa rangdagi mutantlardan dominantlik qiladi. Agar qoramtir urug'dan chiqqan gomozigota kapalakni qizil urug'dan chiqqan gomozigota kapalak bilan chatishtirilsa:
1-savol .Birinchi va ikkinchi avlod duragaylarining urug'i qanday rangda bo'ladi?
2-savol .Birinchi avlod duragaylari bilan qizil rangli urug'dan olingan gomozigotali dastlabki kapalak o'rtasida tahliliy chatishtirish o'tkazilsa qanday avlod hosil bo'ladi?
6-masala. Qora ko'zli geterozigota erkak bilan ko'k ko'zli ayol turmush qurishdi. Farzandlarning ko'zi qanday rangda bo'lishini aniqlang (ko'k ko'z-autosoma bilan bog'langan retsessiv belgi).
7-masala. Oilada ota-onalardan biri normal, ikkinchisi polidaktiliya (oltita barmoq)li. Ularda normal (besh barmoqli) bola tug'ildi. Keyingi bolaning normal tug'ilishi ehtimoli qanday? (polidaktiliya-autosoma bilan bog'liq dominant belgi).
Do'stlaringiz bilan baham: |