Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Monoduragay chatishtirish (to’liq) ga oid mustaqil yechish uchun masalalar


Download 365.71 Kb.
bet9/74
Sana08.01.2022
Hajmi365.71 Kb.
#241612
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Bog'liq
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]

Monoduragay chatishtirish (to’liq) ga oid mustaqil yechish uchun masalalar.

1-masala.Tovuqlarning gulsimon tojli bo’lishi dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo’rozlar bilan chatishtirildi.

Fl duragaylarning genotip va fenotipi qanday ?

a) agar Fl duragaylari o’zaro chatishtirilsa , F2 da qanday natija kutish mumkun ?

b) Fl duragaylari oddiy tojli xo’rozlar bilan qayta chatishtirilsa-chi



2-masala. Quyonlarda normal junning uzunligi dominant (B), qisqaligi retsessiv belgi (b) xisoblanadi.

Tubandagi genotipli organizmlar chatishtirilsa qanday fenotipli organizmlar olinadi ? a) Bb x Bb. b) BB x bb. c) Bb x BB



3-masala. Pomidor mevasining qizil rangi (A), sariq rangi(a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlar qizil ranga ega edi, lekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo’ldi. Ota onaning va Fl duragaylarning genotipini aniqlang ?

4-masala. Odamda qo’y ko’zlik dominant, ko’k ko’zlilik retsessiv belgi. Nikohlanyotgan yigit va qizning biriqo’yko’z(geterozigota), ikkinchisi ko’k ko’z bo’lsa, ularning farzandlarining ko’zi qanday rangda bo’ladi ?

5-masala. G’o’zaning hosil shoxi gomozigota cheklanmagan (S) va cheklangan (s) formalari o’zaro chatishtirildi. Fl va F2 bo’ginning genotip va fenotipini aniqlang ?

6-masala. Miopelagiya kasalligi (hujayralarda kaliy elementining kamayib ketishi natijasida ro’y beradigan muskul paralichi) dominant belgi bo’yicha nasldan-naslga o’tadi. Ota shu kasallik bo’yicha geterozigota, ona sog’lom bo’lgan oilada miopelagiya kasalligi bilan tug’ilish ehtimolligi qanday?

7-masala. Odamda kar-soqovlikning ma’lum bir formasini keltirib chiqaruvchi gen normal eshitishni ta’minlovchi genga nisbatan retsessiv:

a) getorozigota ota-onadan qanday avlod kutish mumkin?

b) kar-soqov erkak va ayolning nikohidan kar-soqov bola tug’uldi ota-ona genotipini aniqlang

8-masala. Drozofilla meva pashshasining normal qanoti dominant, egilgan qanoti esa retsessiv gen ta’sirida rivojlanadi. Naslda 3:1 yoki 1:1 nisbatda olish uchun qanday genotipli pashshalar o’zaro chatishtirish kerak ?

9-masala. Ipak qurti lichinkasining yo’l-yo’lligi (A), bir xil rangi (a) ustidan dominantlik qiladi.Yo’l-yo’l geterozigotali qurtdan chiqqan kapalaklar, bir xil rangli qurtdan chiqqan erkak kapalaklar bilan chatishtiriladi. Fl bo’g’inning fenotipi va genotipini toping ?

10-masala. Ipak qurti urug’ining qoramtir rangi (A), oq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotalik urg’ochi kapalak shunday erkak kapalak bilan chatishtirilishdan qanday nasl hosil bo’ladi ?

11-masala. Labning qalinligi dominant (A),yupqaligi (a) retsessiv belgi hisoblanadi.

Agar qalin labli gomozigota erkak yupqa labli qizga uylansa, farzandlar labining qalinligi qanday bo’ladi?



12-masala. Kiprikning uzun bo’lishi (L)dominant, kalta bo’lishi(l) retsessivdir.Gomozigota uzun kiprikli qiz va yigitdan kalta kiprikli farzand tug’ilish extimoli qanday bo’ladi?

13- masala. Qalin qoshli yigit, yupqa qoshlik qizga uylangan edi. Tug’ilgan farzandning qoshi yupqa ekanligi ma’lum bo’ldi. Yigit va qizning, ularning farzandini genotipini aniqlang.

14-masala. Drozofila pashshasining qanotining uzun bo’lishligini dominant(A)geni va kalta bo’lishligini retsessiv (a) geni ta’min etadi.Gomozigotali uzun qanotli pashshalar, kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda F1 pashshalarining qanoti qanday bo’ladi? F1da olingan urg’ochi va erkak pashshalar o’zaro chatishtirilsa, F2da olinadigan pashshalarining genotipi va fenotipichi? F1 pashshalari uzun va kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilsachi?

15-masala. Agar quyonlarning avlodida junning qalin va siyrakligi bo’yicha fenotipda 3:1 yoki 1:1 nisbatda ajralish kuzati lgan bo’lsa, ularning ota-onasining genotipini va fenotipini aniqla

16-masala. Ota-onasi qo’ng’ir ko’zli bo’lgan, ko’k ko’zli yigit, otasi qo’ng’ir ko’zli , onasi ko’k ko’zli ayolga uylangan ushbu nigohni ko’k ko’zli o’g’il farzand tug’uldi. Ota – ona va farzandning genotiplarini aniqlang

17-masala. Ota-onasi malla sochli bo’lmagan, lekin akasi malla sochli bo’lgan ayol, onasi malla sochli, otasi esa malla sochli bo’lmagan malla sochli erkakka turmushga chiqqan. Ushbu nikohdan malla sochli bo’lmagan o’g’il va malla sochli qiz tug’ulgan ushbu oila a’zolarining genetipini aniqlang va shajarasini tuzing .

18-masala. Ipak qurti urug’ining rangi bo’yicha bir nechta mutantlari mavjud: oq, qizil, pushti, och jigarrang va hokazo barcha sanoatbop zotlar uchun xarakterli bo’lgan urug’ining qoramtir rangi boshqa rangdagi mutantlardan dominantlik qiladi agar qoramtir urug’idan chiqqan gomozigota kapalakni qizil urug’dan chiqqan gomozigota kapalagidan bilan chachishtirilsa:

a) birinchi va ikkinchi avlod duragaylarining urug’i qanday rangda



b) birinchi avlod duragaylari bilan qizil rangli urug’idan olingan gomozigotali dastlabki kapalak o’rtasi tahliliy chachishtirish o’tkazilsa qanday avlod hosil bo’ladi

19-masala. Qora ko’zli geterozigota erkak bilan ko’k ko’zli ayol turmush qurushdi. Farzandlarning ko’zi qanday rangda bo’lishini aniqlang (ko’k ko’z – autosoma bilab bog’langan retsessiv belgi).

20-masala. Oilada ota onalardan biri normal, ikkinchisi polidaktiliya (oltita barmoqli)li. Ularda normal (besh barmoqli) bola tug’uldi. Ota ona genotipini aniqlang? (polidaktiliya-autosoma bilan bog’liq dominant belgi).


Download 365.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling