Gen--bir molekula oqsil sintezini belgilovchi DNK molekulasining bir fragmenti yoki qismidir.
O'zgaruvchanlik organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi belgilarini yuzaga chiqarish xossasidir. O'zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o'zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi, ammo bir-biri bilan uzviy bog'liq xossalardir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o'zgaruvchanlik uni xilma-xillikda yetaklaydi. Bir tur individlari o'rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining moddiy asoslarini (genlarni) o'zgarishiga bog'liq. O'zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi. Hamma organizmlarda belgilarning rivojlanishini ta'minlaydigan genlar xromosomalarning muayyan lokusi(joyi)da joylashgan bo'lib, gomologik xromosomalarning o'xshash lokus (joyida) larida joylashgan genlar juftiga allel genlar deb ataladi. Genlar ta'sirida bir-birini istisno qiluvchi belgilarga alternativ belgilar deb ataladi. Bir juft alternativ belgilarning rivojlanishini ta'minlovchi genlar allel genlardir (masalan, donning sariq yoki yashil, junning hurpaygan yoki silliq bo'lishi). Organizmlarning genlar majmuasi genotip deb ataladi. Lekin genotip genlarning mexanik to'plami emas, aksincha, genlar o'zaro ta'sirlashadi va yonidagi genlarning ta'sirini kuchaytirishi yoki aksincha susaytirishi mumkin.
Organizmning barcha belgilar (tashqi va ichki) majmuasi fenotip deb ataladi.
Organizmning barcha genlari yeg’indisi genotip deb ataladi
Do'stlaringiz bilan baham: |