Monogibrid duragaylashga doir masalalar.
1. Odamlarda sochning jingalak bo‘lishi silliq bo‘lishidan dominantlik qiladi. Gomozigotali jingalak sochli yigit silliq sochli ayolga uylansa, ularning farzandlarining sochi qanday bo‘lishi mumkin? Geterozigotali jingalak sochli yigit silliq sochli ayolga uylanganda bu nikohdan silliq sochli bolalar tug‘ ilishimumkinmi?
2. Odamlarda polidaktiliya ( 6 barmoqlilik) dominant holatda nasldan naslga o‘tadi. Geterozigotali 6 barmoqli erkak barmoqlari normal (5 ta) bo‘lgan ayolga uylanganda ularda ikkita farzand tug‘ilgan, bittasining barmoqlari 6 ta, ikkinchisiniki 5 ta. Bu bolalarning genotipini aniqlang. Ota-onalarning bittasi shu belgiga nisbatan kasal, ikkinchisi esa sog‘lom (uning ota-onasi ham sog'lom) bo‘lsa oilada kasal bolalar tug‘ilishi mumkinmi?
3. Vilson kasalligida mis elementining almashinishi buziladi. Bu belgi retsessiv bo‘lib, autosoma xromosomasiga bog'liq. Ota onalarning bittasi shu belgiga nisbatan kasal, ikkinchisi esa sog'lom (uning ota-onasi ham sog'lom) bo‘lsa oilada kasal bolalar tug'ilishi mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |