Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat
Download 365.71 Kb.
|
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]
2-masala. Boshog'i qiltanoqsiz, qizil bo'lgan bug'doy navlari boshog'i qiltanoqli, oq rangli bo'lgan navlar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o'simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo'lgan. F2 da esa quyidagicha ajralish namoyon bo'lgan:159 ta qiltanoqsiz, qizil; 48 ta qiltanoqsiz, oq;54 ta qiltanoqli, qizil; 16 ta qiltanoqli, oq boshoqli o'simliklar olingan.
1-savol. O'rganilayotgan belgilar qanday irsiylanadi? 2-savol. F2 o'simliklarining necha foizi geterozigotali? 3-savol. Tahliliy chatishtirish o'tkazish uchun F1 o'simliklarini qanday fenotipga ega bo'lgan o'simliklar bilan chatishtirish kerak? 3-masala. Yumaloq, chipor tarvuz o'simliklari uzunchoq, yashil mevali o'simliklan bilan chatishtirilganda avlodda olingan o'simliklarning hammasi yumaloq, yashil mevali bo'lgan. Ikkinchi tajribada ham xuddi shunday chatishtirish o'tkazilganda avlodda olingan o'simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin bo'lgan: 20 ta o'simlik yumaloq, yashil mevali; 18 ta o'simlik yumaloq, chipor mevali; 19 ta o'simlik uzunchoq, yashil mevali; 21 ta o'simlik uzunchoq, chipor mevali. 1-savol. Chatishtirish uchun olingan barcha o'simliklarning genotipini aniqlang. o'rganilayotgan belgilarning qanday irsiylanishini tushuntirib bering. 4-masala. G'o'za o'simligida hosil shoxi cheklanmagan va cheklangan tipda, tola rangi esa qo'ng'ir va oq bo'ladi. Shoxning cheklanmagan tipda bo'lishligi cheklangan tipda bo'lishligi ustidan to'liq, tolning qo'ng'ir rangda bo'lishligi esa oq rangi ustidan to'liqsiz dominantlik qiladi. 1-savol. Cheklanmagan shoxli, qo'ng'ir tolali g'o'za o'simliklari cheklangan shoxli, oq tolali o'simliklari bilan chatishtirilganda F1 da olingan o'simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va tola novvotrang bo'lgan. F1 o'simliklari o'z-o'ziga chatishtirilib, keyingi avlod olinsa, ularning fenotipi qanday bo'ladi? Fenotipik sinflarning nisbatini aniqlang? 2-savol. F1 da olingan o'simliklar cheklangan shoxli va oq tolali o'simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o'simliklarning genotipi va fenotipini aniqlang?
a)gomozigotali kechpishar, normal bo'yli suli navi baland bo'yli, ertapishar navi bilan chatishtirish natijasida olingan duragaylar qanday belgilarga ega bo'ladilar; b)F1 duragaylarni o'zaro chatishtirishdan olingan avlod orasida baland bo'yli, ertapishar o'simliklar necha foizni tashkil qiladi; d) ertapishar, normal bo'yli sulini o'zaro chatishtirilganda 22372 ta o'simlik olingan. Ulardan 5593 tasi baland bo'yli va xuddi shunchasi kechpishar bo'lgan. Hosil bo'lgan o'simliklar orasida nechtasi baland bo'yli, kechpisharligini aniqlang. 6-masala. Qoramtir, jingalak sochli, faqat birinchi belgisi bo'yicha geterozigotali ayol, qoramtir, silliq sochli, lekin birinchi belgisi bo'yicha geterozigota yigit bilan turmush qurgan. Ushbu oilada tug'iladigan farzandlarning fenotip va genotiplarini aniqlang (silliq soch — retsessiv). 7-masala. Har ikkala belgisi bo'yicha geterozigota kulrang, uzun qanotli urg'ochi pashsha, qora rangli, kalta qanotli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. Ushbu chatishtirish natijasida paydo bo'ladigan naslning fenotipi va genotipi qanday bo'ladi? 8-masala. Har ikkala belgisi bo'yicha geterozigota qora ko'zli va besh barmoqli erkak (lekin yoshligida ortiqcha barmog'i olib tashlangan) ko'k ko'zli, besh barmoqli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko'k ko'zli va olti barmoqli bola tug'ilishi mumkinmi? Download 365.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling