Poliduragay irsiylanishiga oid mustaqil yechish uchun masalalar .
1-masala. Pomidorning gomozigota uzunpoyali, qizil va yumoloq mevali
formasiga bilan kalta poyali, sariq va noksimon mevali formasi bilan chatishtirilgan F
1 da duragaylarning ko’rinishi qanday bo’ladi
2-masala. Tovuqlarning gomozigota , oyog’da pati bor , oddiy tojli va
oq patli formasi gomozigota , oyog’ida pati yo’q gulsimon tojli va qora patli xo’rozlar bilan chatishtirilgan. F
1 va F
2 ning genotipi va fenotipini aniqlang?
3-masala. Qora va jingalak sochli , ko’k ko’z ayol sariq , silliq sochli qo’y ko’z yigitga turmushga chiqib , sariq sochli ko’k ko’z farzand ko’rdi.
Ota-onaning genetipi qanqay bo’ladi?
4-masala. No’xat donining sariq rangi (A),yashil rangi (a),tekkisligi (B),burulganligi(b), gultojbarglarining qizilligi(C),oq rangi(c) ustidan dominantlik qiladi .Quyidagi genotipga ega formalar chatishtirish natijasida xosil bo’lgan no’xotlarning fenotipini aniqlang?
a) AaBbCc x aabbcc
b) AaBbCC x aaBBCc
c) AABBCc x AaBbCC
d) AAbbCC x aaBbCc
e) aabbCC x AabbCc
5-masala. Agar AaBbCcDd genotipga ega duragay bilan aabbccdd forma chatishtirilsa ,u holda:
a) duragayda necha xil gameta olish mumkin ?
b) ularning nechtasi 4 ta dominant
c) nechtasi 4ta retsessiv genga ega bo’ladi ?
6-masala. Sulida poyaning balandligi , kechpishar va zang zamburug’larga chidamsizligi,
poyaning normalligi, ertapisharlik,zang zamburug’larga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir .Baland poyali ,kech pishar su’li navi bilan poyasining normal, ertapishar va zang kasalligiga chidamli navni chatishtirish natijasida olingan urug’lardan 123 ta o’simlik rivojlangan F
1 duragaylarning barcha belgilari dominant bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida 1472 ta o’simlik olingan :
a) F1 duragaylari necha xil gameta hosil qiladi ?
b) Fb necha xil genotipga ega bo’lishi mumkin ?
c) Fb necha xil fenotipga ega bo’lishi mumkin ?
d) Fb o’simliklar orasida genotipi F1 ga o’xshash o’simliklar qancha bo’lishi mumkin ?
7-masala. G’o’za o’simligida antotsian rang (Rp),yashil rang (rp),tolaning malla rangi (Br),oq rang (br), panjasimon qirqilgan barg (OL),oddiy barg(ol) ustidan qisman dominantlik qiladi .Quyidagi genotipli organizmlarning chatishtirilishidan qanday natija olinadi ?
a) RpRpBrbrOlol x rprpbrbrolol
b) RpRpBrbrolol x rprpBrbrolol
c) RpRpBrbrOlol x rprpBrbrolol
8-masala.
Cheklanmagan hosil shoxli,och antotsion rang poyali, novvotrang tolali g’o’za, cheklangan shoxli, yashil poyali, oq tolali g’o’za
bilan chatishtirilganda F1 da hosil bo’lgan o’simliklarning genotip va fenotipini aniqlang ?
9-masala. No’xot donining sariq rangi (A) yashilrangi (a) ustidan, tekisligi (B) burushganligi (b) ustidan, gultojibargining qizil(C) oq rangi (c) ustidan domimnantlik qiladi. Qanday chatishtirish natijasida faqat sariq,tekis-qizil hamda sariq ,burushgan,qizil duragaylar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: