25-masala.
Biror kasallik retsessiv bo’lib, X xromosomada joylashgan. Onasi tashuvchi, otasi sog`lom bo’ganda, bolalarning necha % i da kasallik uchraydi?
26-masala.
Gemofiliya kasalligi retsessiv bo’lib, X xromosomada joylashgan. Otasi sog`lom, onasi tashuvchi bo’lganda, o’g`illarning necha % i da kasallik uchraydi?
27-masala.
Mushuklarda ranglarni ifodalovchi genlar X- xromosomada joylashgan. Qora rang- dominant, lekin malla rang ustidan to’liq dominantlik qilolmaydi, natijada geterozigotalarda oraliq belgi-toshbaqa rang xosil bo’ladi. Toshbaqa rangli mushukchalarning jinsi va genotipi qanday bo’ladi?
28-masala.
Onasi gemofiliya tashuvchisi, otasi sog`lom bo’lgan oilada qiz bolalarning necha foizi gemofiliya bilan kasallangan bo’ladi?
29-masala.
Drozofila pashshasida ko’zning oq rangi X- xromosomadagi resessiv gen bilan ifodalanadi. Agar oq ko’zli urg`ochi pashsha qizil ko’zli erkak pashsha bilan chatishtirilsa, F1 da olingan duragaylarning qaysi birida ko’zning rangi oq bo’ladi?
30-masala
Izoh. Gemofliya va daltonizm xastaligini tashuvchi genlar retsesssiv bo’lib, X jinsiy xromosomaga birikkan holda avlddan-avlodga beriladi.
Otasi gemofliya va daltonizm bilan kasallangan, onasi har ikki belgi bo’yicha sog’ oilada tugilgan qiz, sog’ yigitga turmushga chiqsa, bu nikohdan tug’ilgan farzandlarning genotipi qanday bo’lishi mumkin?
31-masala
Izoh. Gemofliya va daltonizm xastaligini tashuvchi genlar retsesssiv bo’lib, X jinsiy xromosomaga birikkan holda avlddan-avlodga beriladi.
Onasi daltonizm, otasi gemofiliya bilan kasallangan ayol, daltonik va gemofilik erkakka turmushga chiqadi. Bu oilada har ikki belgi bilan kasallangan bolalarning tug`ilish extimoli qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |