Genetika organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. Irsiyat bu organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o‘tkazib turish xossasidir
Download 19.28 Kb.
|
Genetika asoslari
Genetika — organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. Irsiyat — bu organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o‘tkazib turish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma individlar o‘xshash bo‘ladi. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarga tur, zot, nav, shtamning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab berish uchun imkon beradi. Belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi ko‘payish orqali yuzaga chiqadi. Jinsiy ko‘payishda yangi avlodlar urug‘lanish natijasida bunyodga keladi. Irsiyatning moddiy asoslari jinsiy hujayralarga jo bo‘lgan xromosoma va undagi genlardir. Gen DNKning ma’lum bir qismi bo‘lib, alohida belgilarning rivojlanishini aniqlaydi yoki oqsil molekulasini shakllantiradi. Jinssiz va vegetativ ko‘payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali tuzilmalardan rivojlanadi. Ko‘payishning bu shakllarida ham avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanish genlar orqali yuzaga chiqadi. O‘zgaruvchanlik — organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish qobiliyatidir. O‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik organizmning bir-biriga qarama-qarshi, ammo o‘zaro bog‘langan xossalaridir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruvchanlik turni aksincha, har xil qilib qo‘yadi. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm genotipining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchanlik tashqi sharoitlar bilan ham belgilanadi. Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig‘indisi genotip deb ataladi. Organizmning barcha belgi va xususiyatlarining yig‘indisi fenotip deb yuritiladi. Bunga faqat organizmning ko‘rinadigan tashqi belgilari (teri rangi, soch, quloq yoki burun shakli, gullarning rangi) emas, balki biokimyoviy (oqsilning tuzilishi, ferment faolligi, qondagi garmonlar konsentratsiyasi va boshqalar), gistologik (hujayraning shakli, to‘qimalar va organlar tuzilishi), anatomik (tana tuzilishi, organlar joylashuvi) belgilari ham kiradi. Jinsiy ko‘payishda belgilarning bir qancha avlodlarida nasldan naslga o‘tib borishidagi asosiy qonuniyatlar dastlab chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1865- yilda chop qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to‘g‘ri baholanmay kelindi. 1900- yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G. de- Friz, E. Chermak va K. Korrenslar tomonidan qayta kashf etildi. Shuning uchun 1900- yil biologiyaning yangi paydo bo‘lgan sohasi — genetikaga asos solingan yil hisoblanadi. G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat ustida o‘tkazdi. Bu o‘simlikning har xil navlari ko‘p bo‘lib, ular yaxshi ifodalangan irsiy belgilari bilan bir-biridan aniq ajralib turadi. Masalan, gullari oq va qizil, poyasi baland va past bo‘yli, donlari sariq va yashil, silliq yoki burishgan navlari bor. Mana shu xususiyatlarining har biri mazkur nav doirasida nasldan naslga o‘tib boradi. No‘xat odatda o‘z-o‘zidan changlanadi, lekin chetdan changlanishi ham mumkin. Download 19.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling