Genetika predmeti usullari genetikaning rivojlanish davrilar
Download 1.37 Mb.
|
genetika predmeti usullari genetikaning rivojlanish davrilar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genetikaning rivojlanish bosqichlari.
GENETIKA PREDMETI USULLARI GENETIKANING RIVOJLANISH DAVRILAR REJA Genetika fanining predmeti, mazmuni, rivojlanish tarixi Jinssiz ko’payishning sitologik va biokimyoviy asoslari Mendel qonunlari mono-di va poliduragay irsiylanish. Jins genetikasi. Belgilarni jins bilan birikkan holda irsiylanishi Belgilami birikkan holda irsiylanishi va krossingover Genetika yunoncha «geneticos» so’zidan olingan bo’lib, tug’ilish, kelib chiqish degan ma’noni ifodalaydi. Genetika tirik organizmlarning irsiyati va o’zgaruvchanligi to’g’risidagi biologiyaning alohida shaxobchasidir. Irsiyat barcha hayotiy hodisalarning asosini tashkil etib, tirik organizmlarning o’xshash belgi-xossalarini avloddan-avlodga o’tishini va rivojlanishini ma’lum tashqi muhit sharoitida ta’minlab beruvchi xossadir. O’zgaruvchanlik esa tirik organizmlarning ota-ona belgilaridan farq qiluvchi yangi belgilarni namoyon qilish xossasidir. Hozirgi zamon genetikasi tadqiqot ob’ektiga ko’ra kompleks fan bo’lib, uning bir qancha shaxobchalari bor. Umumiy genetika, mikroorganizmlar genetikasi, odam genetikasi, hayvonlar genetikasi, o’simliklar genetikasi, molekulyar genetika, immunogenetika, sitogenetika, tibbiyot genetikasi, populyatsion genetika, pedagogik genetika ana shunday shaxobchalardir. Genetikaning rivojlanish bosqichlari. asosan uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich G.Mendel kashfiyotlari bilan aloqador. Ikkinchi bosqich irsiyatning moddiy asoslarini o’rganish bilan bog’liq Uchinchi bosqich genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, matematika va kibernetika fanlari metodlarini tadbiq etish bilan tavsiflanadi Hujayraning bo’linishi. Hujayra bo’linishi natijasida bir hujayradan ikki hujayra hosil bo’ladi. Hujayra bo’linishi organizmlar ko’payishining markaziy qismini tashkil etadi. Hujayra bir necha usullar orqali bo’linadi. Ularning eng ko’p uchraydigani mitoz bo’linishdir. Mitoz bo’linish somatik hujayralarga xos bo’lib, ikki asosiy bosqich: yadroning bo’linishi (kariokinez) va sitoplazmaning bo’linishi (sitokinez)dan iborat. Mitoz uzluksiz jarayon bo’lib, natijada hosil bo’lgan ikkala qiz hujayra o’rtasida irsiy axborotning barobar taqsimlanishi amalga oshadi. Bundan avval esa xromosomalarning ikkilanishini ko’rish mumkin. Mitotik sikl 5 bosqichdan tashkil topgan. Bular: interfaza, profaza, metafaza, anafaza va telofaza. Ikki bo’linish o’rtasida hujayra yadrosi interfaza bosqichida bo’ladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling